Fermer xo’jaliklarida pul mablag’lari hisobi va ularning tahliliy xususiyatlari annotatsiya


BOB. “Sadoqat-Nargiza” fermer xo’jaligi moliyaviy faoliyati tahlili


Download 165.9 Kb.
bet2/9
Sana11.05.2023
Hajmi165.9 Kb.
#1452777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplom ish

BOB. “Sadoqat-Nargiza” fermer xo’jaligi moliyaviy faoliyati tahlili.

  1. “Sadoqat-Nargiza” fermer xo’jaligi moliyaviy holati tahlili.

  2. “Sadoqat-Nargiza” fermer xo’jaligida mahsulot yetishtirishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini aniqlash.

  3. “Sadoqat-Nargiza” fermer xo’jaligida yangi texnologiyalar asosida xarajatlarni va mahsulot tannarxini qisqartirish.


XULOSA………………………………………………………………………….

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………………………….

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz qishloq xo’jaligida ijobiy o’zgarishlarni ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiq-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari»ga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 2016 yilda qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o’zgarishlar yuzasidan tanqidiy fikirlar, xato va kamchiliklar aytib o’tildi. Shuningdek «2017 yilda Qishloq va suv xojaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bog’indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishlari shart»1 ligi belgilandi: birinchi –ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg’or agrotexnalogiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum etishtirishni ko’paytirish; ikkinchi-fermer xo’jaliklarning moliyavi iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi o’n yil mobaynida mineral o’g’itlar, yoqilg’i , moylash materiallari, urug’lik narxining o’sishi bilan paxta xom-ashyosi va g’allani xarid qilish narxlari o’sishi o’rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda; uchunchi-o’tkan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg’arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur. 1 «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak» SH.M.Mirziyoev Toshkent-«O’zbekiston»-2017, 41- bet 4 Respublikamizda keyingi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlariga yanada kengroq e’tibor berilmoqda. Ayniqsa qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini hisobga olib fermer xojaliklarini rivojlantirishga har tomonlama talab oshib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risidagi» va “Qishloq xo’jaligi kooperativ (shirkat xo’jalik)lari to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining « Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida » gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning « » O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risidagi 2012yil 22 oktabrdagi farmoni hujjatlarining qabul qilinishi fermer xo’jaliklarining huquqi-me’yoriy bazasi yaratilgan desak adashmaymiz. Bu esa fermer xo’jaliklarining iqtisodiyotdagi ahamiyatlilik darajasining oshib borayotganligidan dalolat bermoqda. Jamiyatda islohotlarni o’tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub o’zgarishlarsiz, ya’ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Bunday islohotlar hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish va uni fermer xo’jaliklarida sodda va qulay tarzda tadbiq qilish bugungu kunning dolzarb mavzularidan biri sanaladi. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish sohasidagi jahon tajribalariga milliy andozalar talablariga tayangan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish , mavjud tajribalarga suyanib mulkchilikning yangi bo’g’ini hisoblangan fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllarini qo’llash va fermer xo’jaligini qanday mulk evaziga tashkil etishning afzalligini ko’rsatib berish bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashning, uni dolzarbligini va katta nazariy hamda amaliy ahmiyatga ega ekanligini ko’rsatib turadi. Yuqoridagi fikrlar, fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi borasida hanuzgacha muhim va o’z echimini kutayotgan zaruriy masalalar mavjudligi va 5 shu bois, bu borada buxgalteriya hisobi tizimida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda. BMI ob’ekti va predmeti. BMI ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari va ularda ibuxgalteriyahisobiga oid iqtisodiy ma’lumotlari hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti bo’lib, Respublikamiz fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish va uni takomillashtirish masalalari hisoblanadi. BMI maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda uni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish hamda uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Yuqorida qo’yilgan maqsadga erishish va bitiruv malakaviy ishi mavzusining mazmunini ochib berish uchun malakaviy ishda quyidagi vazifalarni o’rganishni maqsad qilib oldik: - Bozor munosabatlari sharoitida fermer xo’jaliklarining iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; - Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy asoslarini tadqiq etish; - Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini buxgalteriya hujjatlari va schyotlarida aks ettirish xususiyatlarini o’rganish; - Fermer xo’jaliklarida mahsulot tannarxini shakllanishi va uni kalkulyatsiya qilish tartibini tadqiq etish; - Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobot shakllarida umumlashtirish xususiyatlarni amalga oshirish; - Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etish. Bu vazifalardan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda uni yuritishni chuqur o’rganish, amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. 6 Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tadbiq qilish va uni takomillashtirish bo’yicha keltirilgan xulosa hamda takliflardan Respublikamiz fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga oshirishda foydalanish hamda bitiruv malakaviy ishidagi ko’pgina nazariy qoidalarni o’quv yurtlarida iqtisodiy fanlarni o’qitish jarayoniga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Bitiruv malakaviy ishni amaliy ahamiyati uning asosiy natijalarini Respublikamiz fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda uni takomillashtirish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qo’llash mumkinligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishda axborotlarning to’liq va aniq aks ettirilishini ta’minlaydi. BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, mazmunan bog’langan uchta bob, 6 savol, xulosa qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.


Download 165.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling