Ferromagnetizm


Download 15.79 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi15.79 Kb.
#1169562

Ferromagnetizm - baʼzi kristall moddalarning magnit jihatidan tartiblashgan xolati. Bunda barcha atomlarning magnit momentlari parallel yoʻnalishda joylashadi. Magnit momentlarining bunday joylashishi Kyuri nuqtasi deb ataladigan kritik tradan pastda yuz beradi. Atom magnit momentlarining ferromagnit tartibi yuz beradigan moddalar ferromagnetiklar deb ataladi. Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi musbat va 104 ~ 105 qiymatlargacha yetadi. Ularning magnitlanganligi va magnit induksiyasi magnit maydon kuchlanganligi Nga nochizigʻiy bogʻlangan hamda N ~ 103 A/m qiymatlarda toʻyinishga erishadi. Ferromagnetiklarning magnitlanganligi tashqi maydon yoʻqolganidan keyin ham saqlanib qoladi. Kimyoviy elementlardan Gʻe, CoNiGd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm ferromagnetikdir. Materiallarning ferromagnetik xususiyatlaridan radiotexnik va elektrotexnik qurilmalar (mas, transformatorlar, axborotni yozishning magnit vositalari va boshqalar)da keng foydalaniladi.
Kyuri nuqtasi yoki Kyuri temperaturasi (9 yoki G.) — fazaviy oʻtishlar nuqtasiga yaqinlashgan sari modda holatining oʻzgara borishi bilan xarakterlanadigan 11-tur fazaviy oʻtishlar temperaturasi; modda bu temperatura G da sifat jihatidan yangi xossaga ega boʻladi. T — Kyuri nuqtasi deyilib, fazaviy oʻtishlarni ferromagnetiklarda mukammal ravishda oʻrgangan va 1895-yilda Ts=770° temperatura mavjudligini ochgan P. Kyuri sharafiga qoʻyilgan. Kyuri nuqtasidan past temperaturada ferromagnetiklar spontan (oʻz-oʻzidan) magnitlanganlik xossasiga ega boʻladi. Ferromagnit qizdirilganda va Kyuri nuqtasiga yaqinlashganda atomlarning issiqlik harakati mavjud magnit tartibni, yaʼni atomlarning magnit momentlarining oriyentatsiyasini buzib yuboradi. G dan yuqori temperaturalarda ferromagnetikning spontan magnitlanganligi yoʻqoladi, ferromagnetik paramagnetik qolatda oʻtadi.[1]
Download 15.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling