Fevral oy mavzusi: ajoyib olam kirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Феврал 1- ҳафта ривожлантириш pdf
FEVRAL
FEVRAL Oy mavzusi: AJOYIB OLAM 1-hafta: QO‘SHNI DAVLATLAR QURILISH, KONSTRUKTORLASH VA MATEMATIKA MARKAZI 1.1 DO‘STLIK KO‘PRIGINI QURAMIZ Maqsad: ko‘prikdan foydalanish maqsadini tushunadi, qurilish bloklaridan ko‘prikni rejalashtiradi va quradi, ko‘prik inshootlari bilan tanish; yangi so‘zlarning ma’nosini tushunadi: (viaduk, estakada); Ko‘priklarni rejalashtirish va qurish ko‘nikmalari shakllantirildi; jamoada ishlash tegishli ko‘nikmalar rivojlantirildi. Vazifa: 1. bolalarning ko‘prikdan foydalanish maqsadi haqidagi bilimlarini kengaytirish; 2. qurilish bloklarini o‘lchamlari bo‘yicha birlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 3. qurilishni rejalashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlash; 4. jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kerakli jixozlar: qurilish materiallari, turli xil geometrik modullar to‘plamlari, mashinalar, o‘yinchoqlar. Faoliyat jarayoni: 1. Turlixilko‘ priklartasvirlanganrasmlarnitomoshaqilish (temir yo‘l ko‘prigi, avtomobil ko‘prigi, ikki qavatli ko‘prik va boshqalar); 2. Ko‘prik qurilishini rejalashtirish; 3. Kerakli qurilish materiallarini tanlash va ko‘prikni qurish. Qo‘shimcha ravishda: tarbiyachi bolalarga o‘z ishini kichik o‘yinchoqlar bilan to‘ldirishni taklif qilishi mumkin. E’tibor qaratish: jamoada ishlash qobiliyati, tasavvur va konstruktiv qobiliyatlarni rivojlantirish, hayot xavfsizligi asoslari. Tarbiyachi uchun ma’lumot: Estakada Ko‘prik yo‘lni qurish uchun odatda har biri 10–30 metr uzunlikdagi 2–4 oraliq talab qilinadi, lekin estakadani hosil qilish uchun ushbu oraliqlarning soni ko‘p bo‘lishi kerak. Aslida, bu muhandislik tuzilmalari orasidagi asosiy farq hisoblanadi. Bundan tashqari boshqa farqlar ham mavjud: ko‘prik yo‘l faqat yo‘lni kesib o‘tadi, estakada esa bir vaqt- ning o‘zida bir nechta turdagi to‘siqlarni kesib o‘tishi mumkin — bu daryo, avtomobil va temir yo‘llari bo‘lishi mumkin. Ya’ni, estakada shu tarzda o‘zida ko‘prik va ko‘prik yo‘lni birlashtirishi mumkin. Viaduk (teshik ko‘prik) Yo‘llar va suv havzalaridan tashqari yana bir turdagi to‘siqlar mavjud — bu relyef, ya’ni jarliklar, daralar, chuqurliklardir. Balandligida farqlari mavjud joylarda qurilgan ko‘prik- lar viaduklar deb ataladi. An’anaviy yo‘llar o‘rniga ularni qurish, qirg‘oqni yaratish foyda- siz bo‘lganda, iqtisodiy jihatdan oqlangandir. Umuman olganda, barchasi jarlikning chuqurligiga va uning magistral yo‘nalishi bo‘ylab uzunligiga bog‘liq. Bundan kelib chiqadiki, viadukning estakadadan farqi – bu ko‘prik ostidagi tekis sirt yo‘qligidadir! Shu sababli, bu yerda bir xildagi ustunlar va oraliqlar bo‘lmaydi. Odatda viaduklar, juda chiroyli va mahobatli inshootlardir.Aytaylik, Fransiyada joylashgan dunyodagi eng baland Miyo viadukining ustunlaridan birining balandligi taxminan 340 metrni tashkil qiladi! Birinchi rasmda biz temir yo‘l ko‘prigini ko‘rishimiz mumkin. Poyezdlar bunday ko‘priklar orqali suv to‘siqlaridan o‘tadi. Ikkinchi rasmda — avtomobillar uchun maxsus qurilgan yo‘l ko‘prigi tasvirlangan. Uchinchi rasmda — piyodalar ko‘prigi tasvirlangan.Bu ko‘prikda faqat odamlar yuri- shadi. To‘rtinchi rasmda — ikki qavatli ko‘prik tasvirlangan.Mashinalar birinchi qavatda, poyezdlar esa ikkinchi qavatda harakatlanadi. Avtomobillar va piyodalar uchun ikki qavatli ko‘priklar ham bo‘lishi mumkin. Ko‘priklar nafaqat temir yo‘l, avtomobil va piyodalar uchun ko‘priklarga bo‘linadi. Ular qurilish turi bo‘yicha ham farqlanadi. Beshinchi rasmda — osma ko‘prik tasvirlangan. Bunday ko‘priklar odatda tog‘larda tash- kil qilinib, ko‘p hollarda piyodalar ko‘prigi hisoblanadi. Garchi hozirdan zamonaviy texnologiyalar avtomobillar uchun ham osma ko‘priklarni yaratish imkonini beradi. Oltinchi rasmda daryo ustida emas, balki temir yo‘l ustidan o‘tadigan ko‘prik tasvirlan- gan. Bunday ko‘prik estakadalar deb ataladi. Bunday ko‘priklar odamlar, mashinalar yoki poezdlar tomonidan ishlatilishi mumkin. Yettinchi rasmda daryo yoki boshqa yo‘l ustidan o‘tmaydigan ko‘prik tasvirlangan. Bunday ko‘prik viaduk deb ataladi. Uning estakadadan farqi shundaki, u tekis yuzadan o‘tmaydi. Sakkizinchi rasmda poyezd viaduk bo‘ylab ketmoqda. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling