Fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish. Reja: Ish sohasini tekshirish. Ish sohasini tanlashdagi asosiy omillar
Download 69.91 Kb.
|
Fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish
Kreativ fikrlashni qoʻllab-quvvatlashi yoki unga toʻsiq boʻlishi mumkin boʻlgan oʻquvchining atrof-muhitiga kelsak (bundan keyin «ijti- moiy yordamchi omillar» deyiladi), sinfda shakllangan madaniyat, maktab- larning va umuman olganda taʼlim tizimining taʼlimga yondashuvi va umu- miy ijtimoiy muhitlarning barchasi oʻquvchining ijtimoiy muhitini tash kil etadi. Bularning bari oʻquvchi kreativ fikrlashga bergan ahamiyatga taʼsir oʻtkazadi va kreativ fikrlash yoʻlida yo toʻsiq, yo madad boʻlishi mumkin. Oʻquvchilarning shaxs sifatida yoki guruh boʻlib kreativ fikrlashini kuzatish va baholash uchun maktablar qulay joydir. Sinfdagi ijodiy marralar va ilgarilash deb, ijodiy ifodaning shakllari (yaʼni, ichki dunyosi va kechinmalarini yozish, chizish, musiqa yoki boshqa sanʼat usullari orqali ifodalash) bilimni orttirish (yaʼni, guruh uchun yangi boʻlmish bilimni yaratish) yoki muammoni yechishga ijodiy yondashishga aytiladi. Taʼlim jarayonida kreativ fikrlashning ushbu turli yordamchi omillari oʻzaro chambarchas bogʻliqdir. Ijtimoiy yordamchi omillar madaniy qadriyatlar ostida shakllanadi, bu esa, oʻz navbatda, oʻquvchining shaxsiy yordamchi omillari qanday taraqqiy etishiga taʼsir qiladi.
Download 69.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling