«fil» rasmi testi
Download 14.9 Kb.
|
fl rasmi testi
«FIL» RASMI TESTI Odamning jismoniy, axloqiy va emosional holatini baholash imkonini beradigan diagnostikaning turli metodlari mavjud. Shunday metodlardan biri «Fil» nomli rasmli metodika yordamida odamni tadqiq qilish mumkin. Tadqiq qilinmoqchi bo’lgan odamga bir varaq oq qog’oz beriladi va fil rasmini chizish so’raladi. Daraxt rasmini chizayotib odam o’z hayotini u bilan ifoda qilganidek, fil rasmini chizayotib, ham u o’zini, o’z muammolarini va hayotga bo’lgan o’z qarashlarini ifodalaydi. Agar filning qulog’i, ko’zi, ogzi, xartumining uchi va umuman sezgi organlari bilan bog’liq tomonlarini hammasi aniq chizilgan bo’lsa. demak, ushbu rasmni chizgan odam hayotga yetarlicha sezgir, uni ko’ra olish va eshita olish qobiliyatiga ega. Sezgi organlari, shu jumladan xartumi chizilgan, lekin e’tiborsizlik bilan chizilgan. Eng muhim qism, ya’ni filning oyogida tirnoqlari yo’q. Bu shundan dalolat beradiki, bu odam palapartish, tartibli emas, puxta emas, hayot sifatiga alohida e’tibor bermaydi, hayotda kichikroq narsalarni ko’rmaydi. Agar oyoqlar ham e’tiborsizlik bilan chizilgan bo’lsa, bu shundan dalolat beradiki, bu odam asosli o’ylamaydigan odam. Rasmning tashqi ko’rinishi mantiqiy proporsional, haqiqiy filni umumiy ko’rinishi bilan mos kelsa, demak, rasmni chizgan odamda me’yor hissi bor, hayotga kompleks yondosha oladi, garmoniya nima ekanini biladi. To’rtta oyog’i ham bir xil uzunlikda bo’lsa, bu odamning hayotda yetarlicha mustahkamligidan, asosan faqat o’ziga ishonishga odatlanganidan va o’zini ishonchli hamda turg’un his qilishidan dalolat beradi. Filning boshi dumaloq. Umuman rasmda bunday dumaloqliklar ko’p. Dumaloqlik ayollik prinsipidagi energiyaning borligidan dalolat beradi. Yumaloqlik - ochiq ko’ngillik. Katta, yuqoriga qayrilgan dandon tishlar odamning o’zini himoya qila olish imkoniyati va shunga tayyorgarligini ko’rsatadi. Agar dandon tishlar chizilgan bo’lsa, lekin kichkina va yuqoriga qayrilmagan bo’lsa, bu rasm chizgan odamning tajovuzkor emasligini bildiradi. Filning boshi bo’yinga o’tayotgan joyida, ya’ni boshni orqasida chuqurcha mavjud. Agar bu chuqurcha yaqqol ifodalangan bo’lsa, demak, rasm chizgan odamning ko’ngli nozik, u hayotda ko’p narsalarni unutishni xohlagan bo’lardi. Filning dumi va xartumi pastga tushgan. Odatda bu fikrlovchi - xomush, yuvvosh (bo’shroq) xarakterni ifodalaydi. Lekin, bu bilan birga rasmda har xil aylanalar va to’lqinlik bo’lsa, tasavvur qilish mumkinki, rasm muallifi kayfiyatini o’zgartirib turishga moyil. Quloqlar tinch holatda ifodalangan bo’lsa, johil yoki asabiy xarakter egasi degan xulosaga kelishga asos bo’ladi. Agar filning quloqlari yuqoriga ko’tarilgan bo’lsa, rasm muallifi doim xavfsirash holatida, u hayotdan fitnalar va noxushliklarni kutadi. Agar fil kuloqlari yuqoriga ko’tarilgan, dandon tishlari ko’tarilgan, dumi cho’zilgan, xartumi yuqoriga qayrilgan holatda chizilgan bo’lsa, demak, odam ortiqcha asabiylik va tajovuzkorlikka ega. Uni tinchlantirish, unga hayot har doim ham changalzor emas, har doim ham ortiqcha safarbarlik zarur emas degan fikrni singdirish kerak. Filning rasmini chizgan odam faqatgina o’zining rasmini chizgani yo’q, u qog’ozda muammolarini namoyon qildi. Siz ularni ko’rar ekansiz, odamga hayotda to’g’ri yo’l tanlashiga yordam berasiz. Download 14.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling