Filialda bloggerlik faoliyati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi filial talabalari va boshqa ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari uchun filialning rasmiy telegram kanali faoliyat yuritib kelmoqda


Download 1.95 Mb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1324814
  1   2
Bog'liq
o\'zbek va chet el talabalari

Filialda bloggerlik faoliyati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi filial talabalari va boshqa ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari uchun filialning rasmiy telegram kanali faoliyat yuritib kelmoqda. Rasmiy telegram kanalining manzili https://t.me/tuitfb_news deb nomlangan. Filial rasmiy telegram kanali (https://t.me/tuitfb_news) da talaba va kanal kuzatuvchilari uchun oliy ta’limga oid yangiliklar, abituriyentlar uchun qo‘llanmalar va O‘zbekiston hududida hamda chet elda joylashgan oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot, ta’limga bo‘lgan qiziqishni ortiruvchi motivatsion videoroliklar, yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan iqtisodiy hamda ilmiy yangiliklar, sport yangiliklari berib borilmoqda hamda filial talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion dasturlar ham joylanib kelinmoqda. Yuqoridagilardan tashqari ushbu telegram kanalida turli xil qiziqarli anonim so‘rovnomalar, kanalimiz ishtirokchilari uchun sovrinli musobaqalar uyushtiriladi, musobaqalar asosan AKT soxasiga oid bo‘lib, ushbu anonim musobaqada barcha telegram foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin. Filial rasmiy telegram kanali (https://t.me/tuitfb_news) kuzatuvchilari hozirgi kunda asosan filial talabalari hamda turli viloyatlardagi abituriyentlar hisoblanadi. Telegram kanali imkoniyatlari – ushbu telegram kanali filial rasmiy veb sayti (http://tatuff.uz/) bilan bog‘langan hamda kanal adminstratori tomonidan yaratilgan telegram maxsus boti yoki adminstratorga murojaat tugmachasi orqali kanal ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini yo‘llashlari mumkin. Hozirda ushbu filial rasmiy kanalida (https://t.me/tuitfb_news) 1740 nafardan ziyod ishtirokchilar mavjud bo‘lib ushbu kanal filial iqtidorli talabasi J.To‘ychiyev tomonidan yuritilib kelinmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 yanvardagi 87-04-81-sonli xatiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘onga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining 2019 yil 5 martdagi 01-08/195-sonli xatiga asosan 2019 yil 6 mart kuni filial talaba-yoshlari o‘rtasida “OITS inson umrining kushandasi” mavzusida targ‘ibot davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining xodimlari talabalarga OITS va uning inson tanasiga salbiy tasirlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Davra suhbatlari guruhlar kesimida olib borildi.

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 yanvardagi 87-04-81-sonli xatiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘onga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining 2019 yil 5 martdagi 01-08/195-sonli xatiga asosan 2019 yil 6 mart kuni filial talaba-yoshlari o‘rtasida “OITS inson umrining kushandasi” mavzusida targ‘ibot davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining xodimlari talabalarga OITS va uning inson tanasiga salbiy tasirlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Davra suhbatlari guruhlar kesimida olib borildi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling