FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page 33
4-курс
Ilmiy yo'nalish - deganda tadqiqot o'tkazish sohasidagi fan, fan- lar yoki ilmiy
muammolar majmui tushuniladi.
Ilmiy ish rejasi - jamuljam holida uning mohiyatini aks ettiradi. Bu muallif
aytmoqchi bo'lgan narsaning sxematik ifodasidir.
Konspekt - o'rganilayotgan manbani qisqa, izchil bayoni bo'lib, asarning mantig'i
va aloqadorligini saqlab qoladi. U asosiy xu- losalar va qoidalar, faktlar, dalillar,
usullarni o'z ichiga oladi; tuzuv- chining materialga nisbatan munosabatini aks
ettiradi.
Konspekt turlari:
Rejali - oldindan'tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga
konspektning tegishli qismi mos keladi.
Tahliliy - ko'pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzu- ni ochib beradi.
Erkin - ko'chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo'ladi.
Matnli - ko'pincha mantiqiy o'tishlar bilan bog'langan ko'chirma- lardan tashkil
topadi.
Tematik - matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq
mavzuni ishlaydi, qo'yilgan savolga javob beradi.
Xronologik - hodisalarning o'zini 'ko'rsatish asosida ularning xronologik
izchilligini aks ettiradi.
Kuzatish - eng ko'p axborotli tadqiqot uslubi bo'lib, u bo'lgan va o'rganilayotgan
jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko'rishga imkon beradi.
Ko'zdan kechirish uchun mutolaa - Matn bilan tanishib chiqish va o'rganishdan
oldin odatda kitobga ko'z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki
paragraflar nomlari, asar muallifi bilan tanishib olish.
Maqola - bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo'lib, u dolzarb ilrniy mua- mmo bo'yicha
o'z fikrlarini bayon qilishdir.
Metodologiya - bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tam- oyillari va usullari
tizimi haqidagi ta’limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |