Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/72
Sana02.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1320983
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72
Bog'liq
Филологик тадқиқот 2019-2020

Ко`rib о ‘qish
 
Tanishib a ‘qish 
O‘rganib о ‘qish 
Manba bilan tanishish odatda, ko'rib o'qishdan boshlanadi. 
Bu hali ilmiy matnni o'rganish emas, bunda mundarija, pmlinrl ko'rsatgichi, 
annotatsiya, kirish va xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati o`rganib chiqiladi. 
Bunday o'qishdan maqsad muallifning umumiy nuqtai nazari va u ko'tarib chiqqan 
muammo, ishning tuzilmasi, o'rganilayotgan muammolar doirasi, eng ahamiyatli 
tushunchalar haqida tasawurga ega bo'lishdir. 
Ilmiy matnni batafsil tadqiq etish, o'rganish uni o'qishdan bosh- lanadi. 
Maqsad o'qilgan matn haqida umumiy tasawurga ega bo'lish: unda mavjud bo'lgan 
axborot turlari haqida, ularning o'rganilayot- gan mavzuga tegishlilik darajasi, 
bayon etishning xarakteri va uslu- blari, bo'lim va boblarni tashkil qilish 
tamoyillari kabi chuqur unsurlari haqida umumiy tasawurga ega bo'lish hamda 
manba bilan keyingi ish olib borishning strategiya va taktikasini aniqlab olishdir. 


FILOLOGIK 
TADQIQOT ASOSLARI 
Page 28 
4-курс 
Ko'rib o'qish jarayonida muallifning maqsad va vazifalari anglab 
olinadi.Unga xos fikr yuritish uslublarining va materialni yetkazib berilishining 
o'ziga xosligi aniqlanadi; mazkur tadqiqotning xususiyatlari haqida birlamchi 
tasavvur shakllantiriladi; o'qilayotgan matnning idrok etish uchun qiyin bo'lgan, 
anglash va qayta ishlovni talab qilgan lavhalari ajratib ko'rsatiladi. Tanishib 
o'qishda o'zga axborotni o'quvchi ehtiyojlariga mosligi doimiy tarzda o'rganiladi, 
tadqiq etilayotgan mavzu nuqtai nazaridan ahamiyatli va qiziqarli bo'lgan bo'laklar 
ajratiladi, ular nafaqat tushunish, balki keyingi ish olib borish uchun qayd etilib
muallif va o'quvchi nuqtai nazarlaridan yaqinlik darajasi baholanadi. 
Tanishib o`qish jarayonida matnda qaydlar qilinishi mumkin, ularga 
tayangan holda o'quvchi o'qishning keyingi bosqichiga o`tadi, biroq bunday 
qaydlarni qilganda kitob o'quvchining o'ziga tegishli bo'lgan holda ham, belgilarni 
qo'yganda matnga xalaqit bermasligi va uni bemalol o'qish imkoniyatini saqlab 
qolish haqida o'ylash lozim. Agarda kitob boshqa odamga tegishli bo`lsa yoki 
kutubxona mulki bo`lsa matnda hech qanday qaydlar qilish mumkin emas. Bu 
holatda alohida qog`ozda belgilar qilib, uni kitobning taalluqli o'sha varag'iga 
qo'yish lozim. Bunda asosiy matnga tegmagan holda tadqiqot uchun zarur 
bo`lmagan barcha qaydlarni qilish mumkin. 
O'rganib o'qish o`rganilayotgan materialning mantiqiy aloqalarini to'liq 
anglash, muallif nuqtai nazarini tushunish va bu nuqtai nazar tasvirlanayotgan 
narsaga nisbatan ilm-fanda mavjud bo'lgan qarashlarga qanday aloqadorligini 
tushunish, axborotni nafaqat bevosita shakllantirilgan holatdan, balki turli bilvosita 
va matn osti tuzilmalardan, ya'ni argumentatsiya qilish uslublari, tushuntirish va 
isbotlash uslublari, iqtibos nazariy holat va ko'rgazmali til materiali o'rtasidagi 
aloqalar xarakteri xulosalarning chuqurligi va asoslanganligi kabi tuzilmalardan 
axborotni olish mahorati nazarda tutiladi. O'rganib o'qishda o'quvchi o'zining 
tushunishi va anglashini muntazam ravishda tekshiradi. Matnni rivojlanishi 
o'rganilayotgan ishning butun hajmida kuzatilgan jabha, mavzularga bo'lish ilmiy 
manbani o'zlashtirishga yaxshi yordam beradi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling