Ansipatsiya- matnning davomini oldindan ko'ra bilish mahorati.
Amaliy ahamiyati (qimmati) - mazkur tadqiqotchilik ishi nati- jalaridan
amaliyotda foydalanish tusi.
Dolzarblik - ushbu muammoning hozirgi fan va amaliyot uchun o'rganilishining
muhimligi; dolzarblik darajasi global tusda (fan, jamiyat ehtiyojlari, umuman
amaliyotni qamrab olishi) yoki lokal tusda (fanning alohida tarmog'i, alohida
mintaqa, muayyan tusdagi ijtimoiy institutlarni va shu kabilarni qamrab olishi)
bo'lishi mumkin.
Deduksiya - fikrlashning umumiy qonuniyatlardan xususiy faktlarga tomon
rivojlanishini nazarda tutadigan fikriy operatsiya.
Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi - tadqiqot, mushohada) -muayyan ilmiy
(akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy
muhokamaga va himoyaga qo'yil- adigan asar.
Ilmiy mavzular turlari: amaliy, aralash, nazariy.
Ideallashtirish - tadqiqotchining nuqtai nazarida hodisa yoki jarayonning ideal
obrazini, ya’ni nazariy modelning yaratilishi; fara- zlarni ishlab chiqishda
qo'Ilaniladi.
Induksiya - xususiy faktlarni umumlashtirish mantiqiga asoslangan fikriy
operatsiya.
Ilmiy tadqiqot uslubi - bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda
muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy
operatsiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir.
Ilmiy muammo - bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilay- digan murakkab
nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, tarmoqlararo,
global bo'lishi mumkin.
Ilmiy ish - boshqa har qanday ishdan o'zining maqsadi yangi ilmiy bilimni olishi
bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob'ektiv bilimlar ishlab
chiqiladi va bir tizimga solinadi.
Ilmiy mavzu - bu yechimni talab qiladigan murakkab vazifadir.
Ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo'nalishga yoki ilmiy muammoga
tegishli bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |