So'zboshi - muallif qo'ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashrning zaruratini
asoslaydi.
So'ngso'z (xotima): yakun, qisqacha xulosalar.
Sintez - fikriy operatsiya, uning jarayonida aniqlangan element- lar va faktlardan
yaxlit manzara qayta tiklanadi.
Tadqiqot dolzarbligini asoslash - ilmiy bilishning umumiy jaray- oni sohasida
mazkur mavzuni o'rganish zaruratini izohlashni bildiradi.
Tahlil - bu tadqiqotning nazariy uslubi bo'Iib, tadqiq qilinayotgan jarayon yoki
hodisani maxsus va teran mustaqil o'rganish uchun uni tarkibiy qismlarga ajratishni
nazarda tutadigan fikriy operatsiyadir.
Tadqiqot farazi-bubevositakuzatilayotganhodisa,o'rganilayot- gan hodisaning
tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqa- lar tusi haqidagi ilmiy
asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. Xulosa
sifatidagi faraz ob’ektiv voqelikda o'z ildizlariga ega bo'ladi, fikrning bevosita
kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo'lgan harakati
hisoblanadi.
Tadqiqot vazifasi - bu ilgari surilgan ilmiy farazga muvofiq ma- qsadga erishish
uchun yo'llar va vositalarning tanlanishidir.
Tasniflash - o'rganiladigan ob'ektlar, faktlarni o'rganishning nazariy uslubi;
hodisalarni bir-biriga nisbatan tartibga solishga asoslanadi.
Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) - tadqiqot usullarining bir tizimli majmui,
tadqiqot uslublari, usuliari, texnikalarini qo'llanish va ular yordamida olingan
natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi. Uslubiyot o'rganiladigan ob’ekt
xarakteriga, tadqiqot metodologiya- si, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar,
tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog'liq bo'ladi.
Tadqiqot maqsadi - bu tadqiqotchi o'z ishini yakunlashda erish- ishni xohlagan
pirovard natijadir. Faraz asosida ifodalanadi.
Tajriba - umumiy empirik tadqiqot uslubi bo'Iib, u boshqariladi- gan sharoitda
o'rganilayotgan obyektlar ustidan qat'iy nazorat yurit- ilishiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |