Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/72
Sana02.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1320983
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Bog'liq
Филологик тадқиқот 2019-2020

Tadqiqot obyekti - bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon 
yoki hodisa, bu muammoning o'ziga xos tashuvchi- si, tadqiqotchilik faoliyati 
yo'naltirilgan narsa. 


FILOLOGIK 
TADQIQOT ASOSLARI 
Page 35 
4-курс 
Tadqiqotning obyektli sohasi - bu fan va amaliyotning tadqiqot ob'ekti 
joylashgan sohasi bo'Iib, amaliyotda u, masalan, matematika, biologiya, 
iqtisodiyotning u yoki boshqa ilmiy ixtisosligiga muvofiq bo'lishi mumkin. 
Tajriba ishi - birmuncha yuksak natijalarni olishni ko'zlab, jarayonga oldindan 
belgilangan o'zgarishlar, innovatsiyalarni kiritish uslubi. 
Tadqiqot predmeti - obyektning aniq bir qismi bo'lib, uning ichida izlanish olib 
boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo'lishi mumkin. 
Tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot obyekti haqida oladigan yangi 
ilmiy bilim sifatida belgilash mumkin. 
Tadqiqot dasturi - bu aniq mavzu ustidagi bo'lg'usi ishning mo- hiyati va tarkibiy 
qismlari haqidagi aniq tasavvurdir. 
Taqdimot - o'quv [ilmiy] ish yakunlari haqidagi og'zaki axborot. 
Tekshirish - bu tadqiq qilinayotgan obektning u yoki boshqa da- rajadagi teranlik 
va detallashtirish bilan o'rganilishi bo'lib, bu tadqiqot maqsadlari va vazifalari bilan 
belgilanadi. 
Tezislar - o'qib chiqilgan (yoki og'zaki bayon qilingan) parchani takrorlaydi, 
lo'nda ifodalaydi va xulosalaydi; har doim dalillarga ega bo'ladi, mazmun 
mohiyatini aniqlaydi; materialni umumlashtirish imkonini beradi; maqola, 
ma’ruza, dissertatsiyani tanqidiy tahlil etishda qimmatlidir. 
Umumlashtirish - muhim fikriy operatsiyalardan biri bo'lib, uning natijasida 
obyektlar va ular munosabatlarining nisbatan barqa- ror xususiyatlari ajratiladi va 
qayd qilinadi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling