FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
38
4-курс
Fanning ishchi o’quv dasturi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirliginig 2019
yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab
chiqildi.
Tuzuvchi:
L.Saidova – ADU, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Mamadaliyev – ADU, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,
filologiya
fanlari nomzodi
M.Shokirova – FarDU, Nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o’qituvchisi
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu fan tilning fonetik jihatlari,
grammatik strukturasi, tilning lug‘at
tarkibi, til birliklarining semantik xususiyatlari,
frazeologik birikmalari, so‘z
yasash usullari, til lug‘at
tarkibining etimologiyasi, lug‘atshunoslik, til
FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
39
4-курс
birliklarining shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, til variantlari,
shevalarning funksional jihatlari, tillar tarixi
hamda til taraqqiyotining
qonuniyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Talabalarni nazariy fonetika, nazariy
grammatika, leksikologiya, o‘rganilayotgan
til tarixi, stilistika kabi aspektlarning
ilmiy asoslari va filologik fanlar o‘rtasidagi o‘rni to‘g‘risidagi
bilimlar bilan
qurollantiradi.
“O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari” fani ixtisoslik fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib, bosqichma bosqich 2,3,4-kurslarda o‘qitilishi maqsadga
muvofiq. Ushbu fan xorijiy tillar bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlashga
ixtisoslashgan ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
boshqa umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining nazariy va uslubiy asosi bo‘lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: