Filologiya fakulteti 182- guruh (sirtqi) talabasi
Download 86.24 Kb.
|
Sakkokiy g`azallari matni ustida ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- QASIDA Mirzo Ulug’bek madhi
G’AZALLAR
* * * Yolg’uz menga yo’q aning balosi. Tushti bu zaif jonimg’a dardi, O’lmaktin izin yo’q ul davosi. Bergusi g’arib boshimni yelga, Ruxsora-u zulfining havosi. Kim ko’rsa aning ko’zini aytur: Ne turfa erur bu turk balosi? Turkona ir irlag’uncha oning, Kuydurdi meni yalay-bulosi. Oyina sening yuzing ko’rubon, Lof ursa, yuzunda yo’q safosi. Dardu, g’amu, ranju menu o’lmoq Sakkokiyga bo’ldi jon g’izosi. «O’zbek adabiyoti» 4 jildlik antologiyasi 1 jildida (Toshkent, 1959) so’nggi satr quyidagicha berilgan: Sakkokiyga bo’ldi jon azosi. * * * Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni, Toltek bo’yung ozodi erur sarvi ravoni. Xo’blar soni yo’q Chinu, Xitoy, Xo’tan ichra, Yetmas sanga lekin tilagan dunyoda soniy. Ul tishingu erningni ko’rib bir kularingda, Bu ikki ko’zum la’lu guhar bahri-yu koni. Yuzingni qilur toza ko’zum yoshi-yu ohim, Gul toza bo’lur topsa vale obu havoni. Ushshoq qonin to’kkali el*ga qilich olsang, Kim ilgaru tutmas bo’yun – o’z bo’ynina qoni. Oydur sening olingda bu kun bir habashiy qul, Tonsa yuzida zohir o’lur dog’ nishoni. On derlar emish ko’rklu kishilar namakingga, Sakkokiy sening yuzunga boqsa ko’rar oni. * el — qo’l * * * Bo’yungtek butmadi bo’ston aro sarvi ravon, ey jon, Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon. O’qunguznung boshoqing’a ko’ngul mushtoq, ko’z oshiq, Bular tolashmoqin bo’ldi ul ikki ora qon, ey jon. Agar Rum ahlina zulfung habashning lashkarin solsa, Ko’ngul ilginda ul soat topilmas hech amon, ey jon. Sening la’lingdin uftonib qizorur la’l qon ichra, Hasad eltur mening yuzum ko’ribon za’faron, ey jon. Yuzung davrinda ko’zlarim gahi la’lu, gahi lo’lu, Chiqorur ko’rsa bu san’at, uyolur bahri kon, ey jon. Falak Sakokiga bukun qulunmen der,jihat zohir, Tun axshom itlaring birla o’turmush bir zamon, ey jon. * * * Qaro ko’z birla bir g’amza qilib yuz ming jafo qilma, Karashma birla olamni meningtek mubtalo qilma. Mening bu xasta jonimg’a sening darding erur marham, Qiyomatga tikin hargiz bu dardimg’a davo qilma. Meni, ey oy, qo’rqarmen qilib dunyoda sargashta, Eshiking tuproqin ko’zga topilmas to’tiyo qilma. Firoqing bo’tasi ishra qonimni sizg’irur har dam, Yuzumni oltun etkoli g’amingni kimiyo qilma. Axir,begona deb giryon eshigindin quvar bo’lsang, Kular yuz ko’rguzub avval kishini oshino qilma. Bag’ir qon aylading javru jafolar birla, sultonim, Ko’zum yoshi bila har dam yuzumdin mojaro qilma. E Sakokiy, bu shah qobqin g’animat tut, chu zulfig’a Ayoqin bog’lag’on qushsen, ucharg’a hech havo qilma. * * * Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora, Jigar ham qildi ul qon pora-pora. Jonim ko’rgan jafoning mingda birin, Bo’lur gar ko’rsa sandon pora-pora. Kularda ko’rsa og’zi birla tishin, Bo’lur gulnori xandon pora-pora. Netong munda o’zin chok etsa g’uncha, Aningtek bo’ldi chandon pora-pora. Bag’ir qon qildi amrindinu bo’ldi Ko’zumda la’lu marjon pora-pora. Saqoqin kish yaqosi o’pkanidin Jonim choku giribon pora-pora. Ko’ngul Sakkokiytek jon birla rozi, Jigarni qilsa ul jon pora-pora. * * * Furqatingda,ey pari, tan kuydi-yu jon yig’ladi, Dambadam xud qayg’udin ikki ko’zum qon yig’ladi. Hech davo yo’q dardkim jonimda bor, oni ko’rub To’nin chok etti tabibu doru darmon yig’ladi. Dur tishinggu gul yuzung vasfidin kechti hadis, Sham’ hayrat o’tina yondi-yu so’zon yig’ladi. Eshikingda it bikin bostim necha yil qovrulub, Ushbu holimni ko’rub kofir, musulmon yig’ladi. Yig’ladi hatto raqibning kelg’ondan rahmi manga, Bori ul qattiq ko’ngulluk chinmu yolg’on yig’ladi. Bildilar yuzdin ko’rub Sakkokiy holin so’rmayin, Xosu omu shahru deh, donovu nodon yig’ladi. * * * Agar qoshimda o’shal gul uzor bo’lsa edi, G’ame yo’q erdi, g’amim gar hazor bo’lsa edi. Jonim fidosi aning, koshki mening bu tanim Oti tuyoqidin uchqon g’ubor bo’lsa edi. Ko’zum bag’ir qonidin yuz nigor qilmas edi, Agar ko’ngulga muvofiq nigor bo’lsa edi. Biror ko’ngul g’amidin bo’lsa erdi voqif do’st, Ne qayg’u, dushman agar sad hazor bo’lsa edi. O’larda qolmag’ay erdi ko’ngulda bu hasrat, Raqib it bikin eshikda zor bo’lsa edi. Jonimg’a sahl erur erdi jafosi ag’yorning, Agar ko’ngul bila ul yor yor bo’lsa edi. Raqib tishlamas erdi seni, ey Sakkokiy, Aning iticha sanga e’tibor bo’lsa edi. * * * Sentek jahonda ko’zlari ayni balo qani? Mentek aning balosi bila mubtalo qani? Irning aqiqi garchi jahonda yagonadur, Chehrai mengizli ham yana bir qahrabo qani? Ko’zni g’ubor tutti firoqingda yig’la-yu, Izing to’zindan o’zga anga to’tiyo qani? La’ling sharobi bo’ldi ko’ngul dardina davo, Bu dard jong’a yetti, vale ul davo qani? Yuzumni oltun etti sening ishqing, ey sanam, Mundoq baqirni oltun etar kimiyo qani? Qaddu hadingg’a sarvu gul o’zin tutar shabih, O’nla bo’yu yuzinda bu obu havo qani? Husnung zakotin bergali bir qibla izlasang, Sakkokitek bu dunyoda bir benavo qani? * * * Jon hajr o’tina tushti, yana bizni unutma, Zulfung beki qad bo’ldi duto, bizni unutma. Qurbon bo’lubon vasling uchun shukr o’tagaybiz, ( To ) bu mahaldin, sanamo, bizni unutma. Yo’q erdi rizo ketgali bir lahza qoshingdin, Sendin chu yiroq soldi qazo, bizni unutma. Nortek yangoqing furqati ichra ko’ngulu jon, Ul kuydi judovu bu judo, bizni unutma. Iso damining bor asari har nafasingda, Jon dardina, ey xulqi davo, bizni unutma. Hijron evining kunjin olib kechavu kunduz, Zulfu yuzinga tilda sano, bizni unutma. Sakkoki ul oy manzilina xud eta bilmas, Sen yetsang agar anda, sabo, bizni unutma. * * * Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama, Yuz uza zulfung tog’itib, umrum parishon aylama. Har nokasu kas yuzuna xush toza gul yanglig’ kulub, Bag’rimni har dam g’unchatek hasrat bila qon aylama. Nortek yangoqing shu’lasin sen ko’rguzub ag’yorg’a, G’ayrat o’ti ichra yona bag’rimni baryon aylama. Barcha xaloyiq to’p bikin tashlar ayoqing uza bosh, Bu ishga zulfung dol erur, sen oni chavgon aylama. Bo’lsa qiyomat barchadin qilg’on ishini so’rg’usi, Oz qil jafou javrni, muncha farovon aylama. Zulmu sitamni zulfungu kofir ko’zungga o’gartib, Bu keng jahonni sen manga bir tor zindon aylama. Ey yinju tishlik dilbarim, la’li guharboring haqi, Sakkokining ikki ko’zin har lahza ummon aylama. Sakkokiy XV asr qasidago’ylar ichida eng ko’p turkiy qasidalar yozgan shoir bo’lib, bizgacha shoir qasidalari va g’azallari jamlangan devonining 2 ta noto’liq, deyarli bir xil: Britaniya muzeyida (taxminan XVI asr o’rtalarida ko’chirilgan nusxa) 2079, Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan ko’chirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan. Sakkokiy devonida bir hamd, bir na’t va o’n bir madh qasida mavjud. Madh qasidalarning bittasi Xoja Muhammad Porsoga, bittasi Xalil Sultonga, beshtasi Ulug’bek Mirzoga (ushbu qasidalarning bittasi Shohrux sultonga bag’ishlangan degan fikrlar ham mavjud), to’rttasi Arslon Xoja Tarxonga bag’ishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi. Bir necha yillar davomida shoir devonida Ulug’bek Mirzoga bag’ishlangan ikki qasida o’rtasida hech qanday belgi qo’yilmaganligi, aniqrog’i, keyingi qasida sarlavhasiz bo’lganligi uchun ular to’rtta sanalib kelinar edi. Bu sarlavhasiz, nasibsiz 21 baytli qasida Navro’z bayrami munosabati bilan yozilgan bo’lsa kerak. Chunki, matla’da bahor kelishi bilan olam shod bo’lganligi aytilib, bu kun bilan podshoh muborakbod etiladi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan bazm, mayin yog’ayotgan yomg’ir tasviri beriladi va shunday kunda Alloh yomon ko’zdan saqlashligi uchun duo o’qiylik, deya lutf etiladi: Keldi maymunu humoyun iydi olam bo’ldi shod, Maqdami sizga muborak, bo’lsin, ey Xusravnihod. Ishrat asbobi muhayyovu qamug’ boron zarif, Saqlasun ?odir yomon ko’zdin o’qili “In yakod”. Keyingi baytdan boshlab podshoh Mirzo Ulug’bekning madhi keltirilib, bunday bayramu saroy Jamshid, Faridun, ?ubodlar davrida bo’lmaganligi, Ulug’bek yuritayotgan adolatni No’shiravon umrida ko’rmaganligi ta’kidlanadi. Qasidada shoir Mirzo Ulug’bek davridagi din rivojlanganligi, bid’at ahli to’g’ri yo’lga kirganligi, zuhdu taqvo yuksalib, isyonu fasod ahli yo’qolganligi, adolat mezoni tuzilib, rostlik rivojlanganligi, fitna bozori buzilganligi, ushbu bayramda mukofot tariqasida kiyim olganlarning sanog’i bo’lmaganligi kabi ijtimoiy hayot tasvirini keltiradi. So’nggi ikki bayt duo bo’lib, unda shoir an’anaga muvofiq Ulug’bek Mirzoga boqiy hayot tilaydi: Bo’lg’onincha dunyoda har yilda iydu zavqu aysh, Yurugoncha yer yuzi ustida xodiyu javod. Surgonincha ablaqi ayyomni savti qazo, Sen minib davlat otin umrungg’a bo’lsun imtidod. Barcha davrlarning mashhur siymosi, davlat va ilm ishlarini teng yuritgan temuriylarning eng mashhur vakillaridan sanalgan Mirzo Ulug’bek o’z davrining turkigo’y shoirlari tomonidan din va dunyo homiysi sifatida e’tirof etildi. Ular tomonidan olim va podshohning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy faoliyati yuqori baholandi. Bu esa turkiy qasidalarning mag’zini tashkil etdi. QASIDA
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling