Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-16 ball bilan baholanishi mumkin


Download 0.84 Mb.
bet20/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

4) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-16 ball bilan baholanishi mumkin:

  • testlar va savollarga berilgan javoblarning aniq emasligi;

  • mustaqil fikr yuritishning yo‘qligi;

  • savollarning mazmun – mohiyatini anglamaslik;

- ishda imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish (yozma bo‘lganda);

  • o‘tilgan mavzular bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lmaslik;

  • ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan bexabarlik.

Yakuniy nazoratni baholash mezonlari:
26-30 ballga qo‘yiladigan talablar:
- talaba “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanida o‘rganiladigan masalalar mohiyatini atroflicha bilsa, savollarga aniq va to‘liq javob bersa;
-“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani mazmuniga oid savollarga mustaqil javob bersa, mavzuga ijodiy yondashsa, savollar mohiyatini tushunib, o‘z fikrini misollar yordamida asoslay olsa.
- imlo va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilmasa, javoblarda tahliliy yondashuv sezilsa, to‘g‘ri xulosalar chiqarilgan bo‘lsa.
22-25 ballga qo‘yiladigan talablar:
- talaba dunyo tillari va tillar tasnifi, til oilalari, til guruhlari, turkiy tillar oilasi, turkiy tillarning agglyutinativ tabiatiga doir asosiy masalalarni bilsa, biroq mustaqil fikr bildira olmasa;
- turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi masalalari to‘g‘risidagi fikrini izchil, maqsadga muvofiq bayon qila olmasa;
- imloviy, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, xulosalarda noaniqlik sezilsa.
17-21 ballga qo‘yiladigan talablar:
- talaba savollarga javob berishga harakat qilgan bo‘lsa, til oilalari, turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi, grammatikasi, leksikasi masalalari borasida qisman tasavvurga ega bo‘lsa;
-“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani masalalariga doir mulohazalarini qisman aks ettirsa, berilgan savollarga to‘liq va aniq javob bermagan bo‘lsa, mustaqil yondashuv sezilmasa;
- imlo xatolari va uslubiy nuqsonlar 8-10tadan oshmasa.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling