Filologiya va ijtimoiy gumanitar


Download 16.24 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1532230
Bog'liq
fan oyliklari hisobot


Navoiy viloyat Nurota tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 54-o’rta maktab “Filologiya va ijtimoiy gumanitar” uslubiy birlashmasida 2020-2021-o’quv yili uchun o’tkazilgan fan oyliklari haqida
Ma’lumotnoma
Maktabning “Filologiya va ijtimoiy gumanitar” uslubiy birlashmasida 10 ta o’qituvchi faoliyat yuritadi.Uslubiy birlashma tarkibiga ona tili va adabiyot, tarix, ingliz tili, rus tili, huquq asoslari va tarbiya fanlari birlashtirilgan.
2020-2021-o’quv yili davomida uslubiy birlashma a’zolari tomonidan turli tadbirlar,ochiq namunaviy darslar o’tildi.Uslubiy birlashma yig’ilishlari yuqori saviyada tashkil etildi.
9-11-sinf o’quvchilari orasida o’tkazilgan fan olimpiadasining tuman bosqichida uslubiy birlashma tarkibidagi fanlar bo’yicha o’quvchilar faxrli o’rinlarni egalladilar. Jumladan, ona tili va adabiyot fanidan 10-sinf o’quvchisi Baxriddinova Ruxshona 2-o’rinni fan olimpiadasining viloyat bosqichida maktab sharafini yuqori ballar bilan himoya qildilar.
Oktyabr oyida Ona tili va adabiyot fan oyligi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Shukurova Saodat tomonidan 7A-sinfda ona tili fanidan “Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari” mavzusida ochiq namunali dars o’tildi . O’quvchilar darsda juda faol ishtirok etdilar.
Shukurova Saodat tomonidan 21 oktyabr “O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31-yilligiga bag’ishlab “TIL MILLAT KO’ZGUSI” mavzusida ochiq ma’naviyat soati o’tkazildi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi O’rinova Muhayyo 9-sinflarda adabiyot fanidan “A.Navoiy merosining inson ma’naviy dunyosi tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida yuqori saviyada ochiq dars o’tkazildi. O’qituvchi tomonidan shu sinf bilan “TILGINAM ONAM DEB ATAYMAN SENI” mavzusida tadbir o’tkazildi.
O’qituvchi Qobilova Dilshoda tomonidan 5-sinflarda “Mustahkamlash” mavzusida ochiq dars o’tkazildi. O’quvchilar darsga faol ishtirok etishdi.
Noyabr oyida “Xorijiy tillar” fan oyligi munosabati bilan maktabda ingliz va rus tillarida ochiq darslar o’tkazildi.Uslubiy birlashma raisi I.Nadorshina tomonidan fan oyligi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va reja asosida barcha tadbirlar amalga oshirildi.Noyabr oyi boshida o’quvchilardan kirish testlari olindi. Ingliz tili fani o’qituvchisi Nadorshina Iroda tomonidan 2-sinflarda “Eleven, twelve…” ko’tarinki kayfiyat va yuqori saviyada tashkil etildi. O’quvchilar faol ishtirok etdilar. O’qituvchi tomonidan 7A-sinfda “Present Perfect” mavzusida ochiq dars o’tildi. 1-2-3-4-8-sinflar kesimida maktabda “English in our school” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan ingliz tilida she’r , qo’shiq va raqslar ijro etishdi.
Kimyo fani o’qituvchisi Qurbonova Mohira tomonidan 7A-sinf o’quvchilari bilan kimyo fanidan rus tilida “Закон Авогадро” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dekabr oyi “Tarbiya va Ijtimoiy fanlar” oyligi munosabati chora tadbir rejasi tuzib olindi. Oy boshida kirish chiqish testlari olindi.
Tarix fani o’qituvchisi Halimova Nargiza tomonidan 10-sinflarda “O’zbekistonda SSRni tashkil topishi” mavzusida namunali ochiq dars o’tildi. O’qituvchi tomonidan Konstitutsiyamizning 28-yilligi munosabati bilan 5- 6-sinflarga “Qomusim or nomusim” mavzusida ochiq ma’naviy tadbir o’tkazildi.
O’qituvchi Shukurova Sabohat tomonidan 9-sinflar bilan Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari” mavzusida ochiq dars o’tkazildi. O’qituvchi tomonidan 5-sinflar bilan “Konstitutsiya hayotimiz qomusi” mavzusida ochiq ma’naviyat soati o’tkazildi.
7-11-sinflar o’rtasida Zakovat O’yini tashkil etildi. O’yin juda qiziqarli o’tdi.
O’qituvchi Mustafoyev tomonidan Jaloliddin Manguberdi vatan qahramoni mavzusida ochiq dars o’tkazildi.Darsda o’quvchilar juda faol ishtirok etishdi.

Uslubiy birlashma raisi: Nadorshina I
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling