Filologiya va tillarni o’qitish fakulteti Ozbek tili yo’nalishi


Download 33.97 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi33.97 Kb.
#1097956
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish fakulteti Ozbek tili yo’nalishi
4 07-guruh talabasi
Abdulakimova Oydinning
Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan yozgan kurs ishi
MAVZU
AVTOBIOGRAFIK QISSALAR TAHLILI
REJA
I bob
1. Kirish;
2. Adabiyotshunoslikda epik tur va qissa janri haqida ma’lumot.
II bob
1. Avtobiografik qissalarda yozuvchi shaxsiyatining badiiy talqini;
2. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Bolalik xotiralarim” qissasida avtobiografik metod ustuvorligi;
3. Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” qissasi tahlili.
III bob 1. Xulosa;
2. Foydalanilgan adabiyotlar.

I bob 1.1


Mustaqillikka erishganimizdan buyon yurtimizda har bir sohada ko’plab islohotlar va yangiliklar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz uzoq yillik istibdoddan keyin yana suveren davlatga aylandi. Istiqlol bois adabiyotimiz tarixi bilan bog’liq bir qancha masalalarniham hal etish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin adabiyotimizda o’zgacha , yangi go’ayalar va ayri o’zgarishlar kirib keldi. Adabiyotimiz tarixidagi shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini ham o’rganish bugungi kunning umuman, adabiyotning dolzarb muammolaridandir. Mustaqillik mafkurasi boshqa fanlarda ham yangicha fikr, yangicha qarash, engmuhimi, tarixni ro’yobga chiqarish ehtiyojini tug’dirdi. Jumladan, adabiyotimiz biografiyasini qaytadan xolis tiklash yo’lida ham ishlar boshlandi. Asrimiz boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, jadidchilik harakati, bolshiveklar tuzimining o’rnatilishi, 30-50-yillardagi siyosiy qatag’onlar, 74 yil hukm surgan sho’ro siyosati adiblarimiz ijodiga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymadi. Ta’kidlash joizki, adabiyot ahlining ijodiy biografiyasini o’rganish sho’rolar zamonida bir tomonlama olib borildi. Bugun esa Cho’lpon, Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosirlarning ijodi qayta o’rganilmoqda. Shuningdek, biografik o’rganishlar yangicha tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda. Bular esa o’z navbatida yangi tadqiqod metodologiyasini talab etmoqda. Shu bois ham o’sha davr ijodkorlarining tarjimayi hollarini ilmiy asosda o’rganish hamda ular hayoti va ijodining o’rganilmagan qirralarini tadqiq qilib, ijodkor biografiyasini to’ldirish bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb mavzuyiga, Qolaversa, hal qilinishi kerak bo’lgan muammoga aylandi. Ijodkor biografiyasini qayta yozish ehtiyoji esa adabiyotshunoslikda biografik metod muammolarini o’rganib chiqishni talab etmoqda.
Prezidentimiz SH. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Inson qadrini, dardi va tashvishlarini, xalqning orzu, intilishlari, vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini betakror so’z bilan tarannum etishni o’z hayotining mazmuni deb biladigan muhtaram adabiyot ahlining mehnati naqadar mashaqqatlidir. Adabiyot ahlining ijodiy barkamollikka erishishlari uchun qo’llab quvvatlashimiz, zarur shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Zero, adabiyotga e’tibor- xalqimizga e’tibor, kelajakka e’tibor ekanligini shoirimiz Cho’lpon qayta-qayta ta’kidlaganlar.” yurtimizda ijod ahli uchun, ilmiy tadqiqodchilar uchun keng ko’lamli islohotlar yaratilmoqda.

1.2 So'z san’ati - adabiyotning adabiy asarlar shaklida yashashini takidlash lozim. Har bir adabiy asar esa, ma’lumki, o'z holicha original, betakror hodisadir. Shuning uchun ham adabiyot taraqqiyotining qaysi davrini (qay ko'lamda ekanidan qat’i nazar) olib qaramaylik, unda o'zining g'oyaviy va badiiy jihatlari bilan bir-biriga o'xshamaydigan, turfa xil asarlarni ko'ramiz. Ayni chog'da, bir qarashda mutlaqo cheksizdek taassurot qoldiruvchi turfalik bag'ridagi konkret asarda boshqa ayrim asarlar bilan mushtarak jihatlar ham mavjudki, shu asosda ularni muayyan guruhlarga birlashtirish imkoniyati vujudga keladi. Mazkur imkoniyatning amalga oshirilishi, ya’ni adabiy asarlarni guruhlashtirish adabiyotshunoslik uchun zarurat maqomida, chunki predmetni muayyan tamoyillar asosi- da tartib (tizim)ga solmay turib uni yetarli darajada teran va atroflicha anglash mumkin emas. Shuning uchun ham an’anaviy ravishda adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, obyekt va subyekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhlari - epik, lirik va dramatik turlar ajratib kelinadi. Shu bilan birga, o'tgan asr adabiyotshunosiigida adabiy asarlarni turlarga ajratish zarurati yo'q degan qarash ham ilgari surilgan. Biroq bu fikrga mutlaqo qo'shilib bo'lmaydi. Nega deganda bunday qarashning yuzaga kelishi adabiyot ilmidagi yangicha - adabiy asarni ham adabiy-madaniy, ham ijtimoiy-tarixiy zamindan uzib olib o'rganuvchi, adabiyotshunoslikning


predmeti ko'lamini g'oyat tor oluvchi yo'nalishlar bilan bog'liq. Zero, bitta asar obyekt qilib olinar ekan, turlarga aj- ratish chindan-da keraksiz. Biroq obyekt qilib mingyilliklar qa’ridan kelayotgan, bashariyat hayotidagi ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ruhoniy, ma’rifiy jarayonlar bilan bevosita bog'liq va ming-minglab turli-tuman asarlar shaklida yashayotgan hod'sa olinsa, turlarga ajratish zarurat. Haqiqiy adabiyot- shunoslikning obyekti esa ayni shu hodisadir. Shu jihatdan qaralsa, turlarga ajratishning boshlanishi adabiyotshunoslik fan o'laroq shakllanish yo'lida tashlagan ilk tetapoya odimlardan deyilsa, aslo mubolag'a emas. Sirasi, ayni masala qadim zamonlardan beri diqqat markazida bo'lib kelayotganining sababi ham ma’lum darajada shu bilan izohlanishi mumkin. Adabiy asarlarni hozirgi tushunchadagi turlarga ajratish an’anasi, bugunda ma’lum va o'rganilgan manbalardan kelib chiqilsa, qadimgi yunon faylasuflari tomonidan boshlab berilgan. Garchi bu borada birinchilik ko'pincha Arastuga nisbat berilsa-da, manbalarda ba’zan turlarga ajratish Suqrotdan, goh esa Aflotundan boshlangani ham qayd etiladi. Aytish kerakki, bu shunchaki xato natijasi emas, buning o'ziga yarasha sabablari, izohi bor. Avvalo, uchala faylasuf ustoz-shogirdlik rishtalari bilan bog'langanini eslash joiz: Suqrot - Aflotunning ustozi, Aflotun esa Arastuning. Suqrot o'zining qarashlarini shogirdlar bilan suhbatlarda bayon qilish bilan kifoyalangan, ularni yozuvda muhrlagan emas - fikrlari boshqa mualliflar asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Jumladan, Aflotunning «Davlat» nomli dialogidagi suhbatdoshlardan biri Suqrot bo'lib, poeziyani turlarga ajratishga oid fikrlar uning tilidan beriladi. Turlarga ajratish borasidagi Arastu fikrlarining ko'proq e’tibor topgani va keng ommalashgani esa, bir tomondan, ularning poeziyaga bag'ishlangan maxsus asar - «Poetika»dan o‘rin olgani bilan, ikkinchi yoqdan, aynan shu asarning XVI - XVII asrlarda, Yevropada zamonaviy adabiyotshunoslikning tamal toshlari qo'yilayotgan bir paytda, beshak etalon sifatida qabul qilingani bilan izohlanadi.
Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o'zi- ning tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelik «plastik tasvirlangan» deya tavsiflanadi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, ular muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari, o'y-fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan
farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasavvurida gavdalanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg'un birikishi kuzatiladi: asar badiiy voqeligini shartli ravishda obyektiv ibtido desak, asar to'qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shun- day ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yo'lidan og'ishmay borilib, yozuvchi imkon qadar o'zini chetga olgan asarlarda ham muqarrar mavjuddir. Zero, bu - epik turning belgilovchi xususiyati, epik asarda obyekt (badiiy voqelik) bilan subyekt (muallif obrazi)ning qorishiq obrazi yaratiladi. Epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishi taqozo qilinadi, zero, ularning bari birlikda o'quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda yetakchi o'rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va b.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Adabiyot nazariyasiga oid manbalarda epik janrlar sirasida qayd etiluvchi janrlar hayotni badiiy qamrash ko'lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflanadi: 1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, adabiy ertak, afsona, badia,,; 2) o'rta epik shakllar: qissa (povest); 3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.
Qissa milliy kitobxonlikning, adabiy jarayonning qiyofasini ko'rsatuvchi o'ta muhim janr. Romanga yetmagan, hikoyaga sig'magan oraliq ijodiy quvvat qissada aks etadi. Aynan qissa chinakam kitobxonlarni saralab, tarbiyalab, romanga tayyorlab beruvchi oraliq janrdir. Qissa janri dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan. Qahramon hayoti va sarguzashtlarini qiziqarli hikoya qiluvchi asarlar (mas,: «Ibrohim Adham qissasi», «Qissayi Mashrab», «Zufunun qissasi») elda juda mashhur bo'lgan. Avvaliga qissalar ham ijro qilingan, keyinchalik ularning bir qismi iqtidorli kishilar (ko'plarining ismi noma’lum) tomonidan adabiy qayta ishlanib, kitobat qilingan: qissalar endi ;xalq kitoblari sifatida yashay boshlagan. Shuningdek, janrning shakllanishi va takomilida payg'ambarlar haqidagi qissalar ham g'oyat muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlash kerak. XX asrga kelib o'zbek adabiyotida yangi tipdagi qissa shakilandi: Hamzaning «milliy ro'mon» unvoni bilan chop qilingan «Yangi saodat»i, Cho'lpon janrini «xayoliy hikoya» deb belgilagan «Do'xtur Muhammadiyor» - ikkisi ham zamonaviy qissaning adabiyotimizdagi ilk namunalari sanalishi mumkin. Xullas, bu asarlarning barini umumlashtiradigan asosiy jihat - diqqat markazida qahramon turishi. Shu xususiyati bois «qissa» so'zi ilgari hamma vaqt qahramon ismi bilan birga qo'llangan, «qissa» so'zi qahramon ismi bilan assotsiatsiyalangan. Natijada bu so'z «kimdir birovning hayotidan hikoya» ma’nosini anglatadi, ya’ni mohiyatan janrning asosiy belgisini ataydi. Albatta, janr muttasil rivojlanish-o'zgarishda yashaydi, biroq uni belgilovchi javhar-xususiyat haqida bunday deb bo'lmaydi.
Mazkur qonuniyatni nazarda tutmagan holda, balki yangi tipdagi qissani farqlash maqsadi ham bo‘lgandir, sho'ro davriga kelib qissa o'rnida «povest» istilohini qo'llash keng ommalashdi. Natija shu bo'ldiki, bu ikki termin hanuz sinonim sifatida, goh esa boshqa-boshqa janr nomlari sifatida ham ishlatiladi. Holbuki, qissa bilan povestni boshqa-boshqa janrlar deya talqin qilishga asos yetarli emas, sinonim sifatida qo'llashga esa zarurat yo‘q: «qissa» istilohining o‘zi kifoya qiladi. Qissaning poetik qurilishi ham maqsadga - qahramonga qaratilgani bilan belgilanadi. Jumladan, qissa syujetidagi barcha voqealar qahramon atrofida uyushtiriladi, ya’ni syujet romanniki kabi ko‘p tarmoqli emas. Darvoqe, o'z vaqtida Belinskiy «povest ham romanning o'zginasi, faqat hajmi kichikroq» degan. Yoki G'arbda qissa (povest) o'rnidagi alohida janr ajratilmasligi ham ma’lum. Shunaqa ekan, qissani alohida janr sifatida tasniflashga zarurat bormi? Albatta, bor. Zero, bizda qissaga alohida janr deb qaralishi shunchaki, masalan, rus adabiyotshunosligining ta’siri emas. Yuqorida ko'rdik, adabiyotimizda qissa epos taraqqiyotining tabiiy hosilasi o'laroq vujudga kelgan, hodisa mavjud ekan, u haqdagi tushuncha ham, uni anglatuvchi istiloh ham zarur. Ikkinchi yoqdan, «hikoya - qissa - roman» uchligi epik janrlar tizimining umurtqasi - yadrosi deyish mumkin. Uchlik markazida joylashgan qissa g'oyaviy-badiiy jihatlari bilan hikoya tomon ham, roman tomon ham siljiy oladi. Masalan, «Muqaddas» (O.Yoqubov), «Chollardan biri» (M.Muhammad Do'st), «Hali hayot bor» (A.A’zam) kabi qissalarda hikoya bilan qondoshlik belgilari saqlansa, «Galatepaga qaytish» (M.Muhammad Do'st), «Guli-guli» (E.A’zam), «Yozning yolg'iz yodgori» (X.Sultonov) kabi qissaiarning romanga bo'ylashayotgani sezilib turadi.
Qissa odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga taqdiriga oid turli voqealarni o’ziga asos qilib olishi bilan epic turning hikoya, hajmi va mazmunining cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissalar hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter va voqelik ko’lamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi, u yoki bu shaxs hayotining ma’lum davri xironikl tarzda bayon qilinadi, rializm hikoya va romandagidan kuchliroq bo’lishi mumkin. Roman kabi qqissaning ham ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, fontastik, avtobiografik turlari mavjud.

II bob 2.1


Jahon va rus adabiyotida ham muallif hayoti bilan chambarchas bogiiq bo‘lgan voqealar, ijodkor yashagan davr, u voyaga yetgan muhit, oila a’zolari va do'stlarining realistik xarakteri kabilar avtobiografik qissalarning bosh xususiyati sifatida e'tirof qilinadi. Rus adabiyotida ulug’ adiblarning o'z bolaligi haqidagi avtobiografik qissalar XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlaridayoq alohida janr sifatida vujudga kelgan. Jumladan, L. N. Tolstoy, A. M. Gorkiy, I. A. Bunin, A. N. Tolstoy, A. Gaydar, K. Chukovskiy, S. Marshak, V. Katayev, V. Rasputin, V. Astafev kabi adiblarning "bolalik "lari, eng avvalo, o'z xalqlarining yosh avlodi, zamondosh kitobxonlari, qolaversa, dunyo bolalar kitobxonligida ham alohida ahamiyat kasb etadi. О'zbek bolalar adabiyotida ham avtobiografik xarakterdagi sarguzasht qissalar dastlab, o'tgan asrning 30yillaridan G'afur G'ulomning "Shum bola"si orqali boshlangan bo'lsa, so'ngra 60-yillardan Oybek, Abdulla Qahhor, Hakim Nazir ijodida namoyon bo'ldi. Oybekning "Bolalik" asari - "Xotiralarim" (1963), A. Qahhoming "O'tmishdan ertaklar'i - "Sarguzasht qissa"( 1979), H. Nazirning "Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim" - "Xotira~qissa"(1995) tarzida nashr etilgan bo'lsa-da, ular mohiyatan bir hodisa - adiblarning o'z bolalik xotiralari asosidagi hikoyalardir. Ijodkorning xotira. kundalik va yodnomalari bu - oddiy qaydlardan iborat emas, albatta. Bunda ancha olis yillardagi voqealar, tafsilotlar ijodkorning sohir qalb tug'yoni bilan qayta uyg'onadi, umr yo'llaridan ardoqlab o'tgan, yuragining eng tubida mudom o'ziga hamroh qilib yurgan kechinmalari qayta "tiriladi", goh alam, goh shodlikda kechgan bolalik xotiralari muallif ko'z o‘ngida yaqqol namoyon bo'lgandagina ijodkor o'tmish yodnomalarini marjon shodasidek ipga tizadi. Shu sababli bu asarlarda voqealar bolalik xotiralari andozasi yanglig' tasvirlansa ham ularda yetuk iste’dod sohiblarining nigohi sezilib turadi. Ayni paytda yozuvchining badiiy niyatiga ko'ra bunday qissalarda ham uslubiy jilolanish kuzatiladi. Zotan, S. Ayniyning “Eski maktab”, Oybekning "Bolalik" va Ch. Aytmatovning "Bolaligim" qissasi kompozitsion va mazmun ifodasi jihatdan yaqin bo’lsa, "O’tmishdan ertaklar" (A Qahhor) va "Oq fotiha" (H. Nazir) qissalari fasllarga ajratilib, mustaqil syujetli hikoyalar tarzida berilishi bilan mushtarak. Ayni paytda, Oybek, A. Qahhor va Hakim Nazirning bolalik xotiralarida o’sha yillardagi murakkab hayot, jamiyatning bolalikka munosabati, ijtimoiy tuzumdagi yaxshi-yomon voqealar hikoya qilinadi. Avtobiografik qissalarni o’rgangan A. Abrorov yozishicha, avtobiografik qissalar o'z uslubigako'ra ikki turli boladi. Bir necha turdagi avtobiografik asarlarda yozuvchi o’z boshidan kechirgan voqea va hodisalarni, faktlarni boshqa badiiy obraz orqali tipiklashtiradi. Aniqrogi, avtorning o’zi asarning markazida tursa ham, u boshqa nom bilan syujetda harakat qiladi. Ikkinchi tur avtobiografik asarlarda muallif bosh qahramon sifatida o‘z nomi bilan asarda mustaqil personaj bolib qatnashadi. Avtorning o’z hayotida yuz bergan voqea va faktlar, o’zi ko’rgan yoki ishtirok etgan epizodlar asaming asosiy materiali boladi. O’zbek bolalar adabiyotida G’ G’ulomning “Shum bola” qissasi birinchi turdagi avtobiografik qissa hisoblansa, yuqorida zikr etilgan asarlarni ikkinchi turdagi avtobiografik asarlarga kiritish mumkin. Chunki ularda muallifning o’zi mustaqil personaj - Sadriddin, Musavoy, Abdulla, Hakimjon nomi bilan qatnashadi.

2.2
O’zbek qissachiligi ming yillik tarixga ega. “Xalq kitoblari” zamonaviy qissachiligimizning genezisi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar adabiyotshunosligimizda qissachiligimizga oid bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Badiiy so’z psixologiyasi tahlil etilar ekan, qissa janriga murojaad qilish o’rinlidir. Psixologik tasvir jihatidan qissa janri katta ahamiyatga ega. Chunki ushbu janrning bosh talabi asar syujetlarining qahramon hayotining drammatizmga boy, lirik talqinga moyil lahzalarni tasvirlashga asoslangan. Qissalarni birlashtiruvchi umumiy xususiyat ularda biografik elementlarning ko’proq qamrab olinishidadir.


Oybekning “Bolalik” qissasi avtobiografik xarakterga ega bo’lib,asar bola tilidan hikoya qilinadi, uning markazida yosh Musaning sarguzashtlari, xotiralari yotadi.Lekin muallif o’z xotira va sarguzashtlari bilan cheklanib qolmasdan, o’sha davrning yirik voqealarini ham tasvirlaydi. Bola obrazining hayotdagi asosi adib Oybekning o’zidir. Asarda Musavoyning yetti yoshgacha bo’lgan davrdagi xarakteri sho’xlik, tegajoqlik., tinib- tinchimaslik va o’yinqaroqlikdan tashqari, ochiq ko’ngil, dangalchi o'tkir zehnliligi Oybekona tasvirga ega. “Bolalik” qissasida Turg’un, A’zam, Ahmad, Qodir, Hoji, Sobir kabi Musavoyning tengqurlarining obrazlari ham berilgan. Ularning har biri o'z shaxsiy qiyofalariga ega. Oybek o‘sha davr tashvishlari bolalaar hayoti va taqdirida ham ma’lum darajada aks etganligini mahorat bilan tasvirlaydi. Asar boshidagi lavhalar 4 yoshli bola xarakteriga mos: masalan: "Tor ko‘chada, qo‘shnimizning eski shaloq eshigi oldida mening chol bobom o‘z o'rtog'i uzun soqolli, yirik jussali kar quloq mo^ysafid bilan nimalar to’grisidadir ezmalanib so zlashadi. Bobom oriq, kichkina gavdasini devorga suyab, cho‘qqaygan: hassasini tizzalari orasiga qadagan. O’rtog‘i esa qo‘pol, eski sag‘ri kavush kiygan, uzun, sertuk oyoqlarini uzatib, oftobga yag‘rinmi tutgani holda yerga yonboshlab o‘tiribdi... Men chollarning atrofini aylanaman. Dam bobomning, dam o‘rtog‘ining gavronday uzun hassasini "ot" qilib minaman, tuproqda hassalar chizgan izga qiziqib qarayman. Keyin bu quruq tayoqlarni taraqlatib uloqtiraman... men hassalarni tixirlik bilan egalanga qaytaraman. Keyin bobomning tizzasini quchoqlayman, bir tutam soqolini ushlayman, og‘zini ochishga qistab, tishlarini qidiraman.
- Tishing qani? - so‘rayman labini cho'zib tortib. Bobom yuqori jag‘idagi qoraygan yarimta tishini ko'rsatib, barmogi bilan likillatadi, men kulaman” kabi, Qissa davomida asar qahramoni Musavoy obrazi faollashib, ijtimoiy hayot tozumi, shiddatli voqealar va kattalar suhbatiga aralashib borayotgani seziladi: "Odatdagidek Balandmachitga tushaman. Guzarda tirikchilik, qimmatchilik, ayniqsa, arpa-bug’doyning narx-navosi haqidagi gaplar, qayg'u-hasrat avjida... Ellik yoshlarga yetgan, gapga usta bir sartaroshning do'koniga boraman.
- Nima qilib zerikib, o‘tiribsan, savdo kasodmi? - so‘rayman men yoniga o'tirib. Sartarosh “ho-o-oy”, deb uzoq kerishadi va “voy-voy belim-ey” deydi. Biroz sukutdan keyin gapiradi:
- Og‘ayni, tirikchilik og‘ir, uyda hech vaqo yo;q, arpa nonga muhtojmiz. Boy akamlar doim aysh-ishratda, qo‘sh-qo‘sh xotin. Pul desang varaq-varaq, tilla desang xumlari to‘la. Falakning gardishi shunday, og‘ayni chalish! Olamning ishi shunday pachava! Bo‘lajak adib shunday suhbatlarning ko‘piga guvoh bolgani, sartaroshning yoniga kelib turadigan kattalarning xalq dardi, o‘z ahvollari haqida kuyinib gapirishi, mamlakat iqtisodini, turmush tarzini tahlil qilishlari, urush tafsilotlarini ham shu joyda eshitganini xotiralarida aks ettiradi. Maktabda o‘qiyotgani uchun chollarning ko‘proq rus tilini o qishi kerakligi haqidagi tanbehlarini ham eslaydi. Shundan ham bilish mumkinki, gap 1914-17-yillarning voqealari, kishilarning tafakkuri haqida ketyapti. Oktabr to‘ntarishi arafasida xalqning qiyinchiliklardan sillasi qurigani uchun butun umidi ana shu “mqilob”da ekani anglanadi. Katta- ;yu kichik narx-navoning oshib ketgani, qahatchilikdan aziyat chekayotgani ham asarning bir necha o‘nida ko‘zga tashlanadi. Hatto, Musavoy tengi bolalar -Turg‘un, Ahmadlarning goh o'ytnqaroq sho‘xligi, goh mehnatga qorishib, oila yukini tortayotgani hikoya qilinadi. Musavoy xarakteri esa, asosan, kattalar bilan inunosabatda, turli choyxona, do‘kon, sartaroshxona hamda qarindoshlar davrasidagi suhbatlar; shuningdek, oilada, oyisi, buvisi, dadasi yoki, bobo-yu tog‘alari orasidagi hangomalarni tinglashi orqali namoyon bola boradi. Ayniqsa, chollar, kampir otinlardan eshitgan-tinglaganlari orasida Russiya, Istambul, “anglis-u fairanglar” o’rtasidagi janglar haqidagi voqealar ko‘p uchraydi. Shuningdek, yosh Musaning qarollar va bovlar o‘rtasidagi tortishuvlari guvohi bolganini kuzatamiz. Qissada bolajak adib o‘z xotiralarida o‘qishga, kitobsevarlikka, husnixatga bo‘lgan qiziqishini ham alohida ta’kidlaydi. Ayniqsa, uning o‘sha davrda chiqib turgan kitoblarga e’tiborini quyidagi lavhalardan yaqqol ko'rish mumkin: “Yo lakda ikki yoshgina o'spirin, oliftanamo birisining qo‘lida kitob, nima haqdadir bahslashib bormoqdalar. Kitobga tikilib razm solsam, Tavalloning kitobi ekan.
- E, mulla aka, qatdan oldingiz bu kitobni? — so‘rayman ergashib. Yigitchalar kulishadi, novdiarog'i to'xtaydi:
- Ha, bola, maktabda o’qiysanmi? Mashhur shoir ajib Tavallo janoblarining yozgan kitobi bu. Ammo turmushning foje voqealaridan ibratli lavhalardir. Jaholat-u zulmatni, jahannamday hayotimizni yozgan bu shoir, - deb hamrohining orqasidan oshiqadi. Yugurib hovliga kelaman. Onam jiyak tikib o'tiribdi.
-Birovdan eshitdim. Tavallo juda yaxshi, ibratli baytlar yozarmish.
- E, qoch nariga, har kun bir mashmasha topasan. Turmushning mashaqqatini bilmaysan! Qoq boiib o‘tiribmiz. Isa akam tog'am yoniga kirishib mahsi tika boshlagan edi. Undan, yalinib-yalvorib, axir ellik tiyinmi, oltmish tiyinmi olaman-da, Xadraga yuguraman. Xadradagi tiamvay to‘xtaydigan joyda kichkina kitob do‘konchasi bor. Do‘konchada kitoblar ko‘p. Ulai' orasida Avloriiyning she’rlari, “Oyina” jumali, birinchi, ikkinchi, uchinchi sinf darsliklari, Munawiirqoriiimg namoz, ro‘za va axloq haqidagi nasihatlari, samarqandlik mashhur domla Vasliy janoblarining she’rlari, Hamzaning milliy ashulalari, kuylari, mashhur shoir Sirojiddin maxdum Sidqiy- Xandaqliyning “Toza hurriyat” kitoblari turibdi. Qani pul bolsa-yu, hammasini olsam.
- Amaki, menga “Ravnaqil istorri’ni bering, ana turibdi, Tavvallo majmuasi! - deyman kitobfurushga. Sovuqqina, badbashara, ammo oliftanamo sotuvchi poikadan kitobni o!ib oldimga tashlaydi. Kitobning narxini qarayman-u, bor pulimni sotuvchiga tutqazib, uyga yuguraman. Ayvonda muk tushib, Tavalloning she’rl arini o!qishga kirishaman Hajviy she’rlarida eski odamlarning to‘y-hashamlarini xo‘p tanqid qilgan. Ko‘pgina she’rlarida hayot lavhalari, manzaralari yaxshi tasvir etilgan. Menga juda qattiq ta’sir etadi. To‘y-u bazmlar, boylarning fisq-u fujuri, xalqning savodsizligi, madaniyatsizlik, qoloqlik to‘g‘risidagi har xil o‘tkir iboralar menga g‘oyat ta’sir qiladi. Ayniqsa maktab masalasi, teatr haqida, yoshlaming birinchi marta tomosha qo‘yganlari haqida yozganlari g‘oyat ta’sirli. o‘qiyman, diqqat bilan berilib uzoq o'qiyman. Ba’zi she’rlari esa yuzakiroq ko'rinadi. Ammo hajvialari o‘tkir, so‘zlari yurakdan aytilgan, samimiy”. Ko‘rinadiki, 9-10 yoshli bolaning zehni ancha o'tkir, o‘z davrining yetok shoirlari, teatrchi hamda gazetalarining nomini bilishiyoq uning o‘zi tengi, ammo hanuz savodi yo‘q bolalardan keskin farqi bo’lgan. Shunday kitoblarni ba’zan do‘stlari bilan baham ко'rib, she’rlari yod bol’ib ketguncha takror-takror o‘qishadi; aksar bolalar esa nuqul ко ‘ chaga chopishadi, Umuman, qissada, adibning bolaligi turli lavhalarda namoyon bo’ladi. Goh xotinlai gurungi, goh dadasi bilan sayohati taassurotlari, gohida do'sti Turg‘unning onasi betob bo lganida eshitgan, ko‘rgan folbinlar haqidagi taassuroti; bir tomonda parcha nonga zor oilaSat va ulaning jabrdiyda bolalari, ikkinchi tomonda esa boylarning, fo!bin-u zo‘ravonlarning to‘qlikka-sho‘xlik qilib, qiinor o‘ynab, chilim chekadigan, tekinxo‘r, nashavand bolalar qiyoslanadi. Bularning barchasi yosh Musaning ko'rganlari, mushohadalari, avvalo esa jamiyatga, xususan kattalarga munosabati tarzida talqin etiladi. Binobarin, “Bolalik’’ yozuvchining faqatgina o‘z oilasi, yaqinlari, do‘stlari hamda sarguzashtlari haqidagi tafsilotlardangina iborat bo’lib qolmay, o‘sha yillaridagi zamon va tuzum, davr va siyosat, xalq turmushi bilan bog’liq muammolar, muhim voqealar bayonining jonli lavhalaiidan iboratligi ayonlashadi. Bularning barchasi bolalik fonida ifoda etilgani esa yosh kitobxon diqqatini ko‘proq tortadi. Darhaqiqat, Oybekning serqirra ijodida bolalar olami alohida mavzuni tashkil etadi. “Qonli barmoqlar”, “Zafar va Zahro”, “Alisherning yoshligi” kabi qissa va dostonlarida ham turli yoshdagi, mamlakatdagi bolalar timsollari mavjud. Shunday tajribalar asosi yanglig' Oybek to‘rt yoshli Musavoyning qiliqlarini, bobosi va uning o‘rtog‘i, oila azolari, yaqin qarindoshlari portretini, hovli hamda ko‘chalarni, voqealar tafsilotini yuksak badiiy mahorat bilan aks ettira oladi. Natijada, kitobxon qarshisida o‘sha tarixiy davr lavhalari yaqqol namoyon bo’ladi.
Adabiyotshunos olim A.Rasulovning e’tirofi ham shu ma’noda o rinli. “Oybek - deb yozadi u - davrlarni yaxshi eslaydi. Aniqrog‘i, XX asrning 10-yillari voqeligi, odamlari Oybek ijodining o‘q ildizini belgilagan. Oybek ijodini o‘rganishda biografik metodni zinhor unutmaslik kerak”
Badiiy so’z tahlilida asar mohiyatini matn orqali anglagan muhim. Yani muallifdan matnga emas, matndan muallifga tomon borgan ma’qul. Garchi, “Bolalik” qissasi voqealari memuar tarzda bo’lsa ham, muallif unga bir qancha ijtimoiy ruh bag’ishlaydi. Bu narsa asarning keying boblarida ijtimoiy voqealarning yorqinlashuvida ko’rinadi. Mazkur qissadan bola rivojlanishida ijtimoiy muhid va sotsiogenetik omillar muhim ekanligini anglash mumkin. Chunki Musavoyning hayoti ijtimoiy muhitda : bozorda, ko’chada o’tadi. Musavoy ham Shum bola kabi o’smir yigit, faqat G. G’ulom Shum bolaning 5-6 oylik sarguzashtini tasvirlasa, Musavoyning kamida 10 yillik hayoti aks ettiriladi. Shu 10 yil ichida Musavoy bolalikdan o’smirlikkacha bo’lgan davrni tadrijiy tarzda bosib o’tadi. Natijada qissada tasvir ko’payib ketadi. Bu esa qahramon ruhiyatini ichki tug’yonlari bilan tasvirlashni cheklaganday bo’ladi. Ma’lumki, qahramon ruhiyati monolog va dialoglarda namoyon bo’ladi. “Bolalik”da dialoglarga katta vazifalar yuklanmagan. Musavoyning dialoglari faqat tenqurlari va tanishlari doirasida bo’ladi. Oybek avtobiografik uslubni qo’llab o’zini biroz cheklaganday bo’ladi. Qahramoniga to’la erkinlik bermaydi, shunday bo’lsa-da, ko’plab o’rinlarda ruhiyatidagi erkka tashnalikni qahramoniga ko’chirishga urinadi. Masalan, “Maktab Jahannam kabi tuyiladi. Har soat, har daqiqa [ozod] so’ziga intizormiz.”
Parchadagi [ozod] so’zi faqatgina “tanafus, uyga javob” ma’nosida emas, unda bir umr tazyiq ostida yashagan muallifning ruhiyati ham aks etgan. Matnda [ozod] so’zi qo’llanishining o’zi muallifning ruhiy erkinlikka tashna bo’lganini ko’rsatadi.
Oybek bolaligidagi xotiralarida nafaqat davr voqealari, balki, odamlarni, turli hunarmandlar, kasb egalarining portretini ham izchil tasvirlaydi. Ularning kiyimi, xatti-harakati, bajaradigan ishi, aytgan gaplari xotirasida yaqqol gavdalanadi. Masalan, quyidagi tasvirga e’tibor qaratamiz: “Dastyorchilikdan bo'shagach, guzardagi temirchining pastgina do'konxonasida o‘tiribman. Temirchi oriqqina yuzini ajin bosgan, soqollari siyrak, terdan, olovdan qoraygan manglayi keng kishi. Yordamchisi polvon, gavdasi pishiq yigit. Qish-u yoz egnida eskigina yirtiq kir chopon. Usta temimi choLg‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘zadi, yassilaydi, yana olovga soladi. Yigit esa tinmay dam bosadi. Usta ketmon, tesha, taqa, arava, mix, ishqilib, har xil ikir- chikimi boplaydi. Usta zerikib, o‘tgan-ketgan, oldi-qochdi gaplar, turmushning qiyinchiliklari, tashvishlaridan gapiradi.
- Chirog‘im, temirni Dovud payg‘ambartopgan, simobday eritgan. Ha, olovning tishi yo‘q, ho‘l-quruq bilan ishi yo‘q. Dovud payg ambar innaykigin omochga tish, ketmon yasagan, hamma ummatlariga bergan. U kishi katta usta bo’lgan, ko‘p hikmatlarning egasi bo’lgan. - Birpas sukut qiladi. - Falakning ishi doim g alvasozlik. Lekin maqol borki, buyurgan oshga tish tegar, yoz tegmasa qish tegar. Zamon o‘zgarib (uradi. Kambag‘allar, ochlar, qashshoqlar, bir kun kelarki, yorug'likka chiqar. Sudxo‘rlar, qorni katta boyonlar qilmishlarining jazosini tortar”
Qissadagi ko‘pgina tafsilotlar avvalo kichkina Musavoyning xotiralari ekanligi nazarda tutilsa, asl voqelik qanday bolsa, shundayligicha aks etgan deya olamiz; ijtimoiy-siyosiy voqealar tasvirining ko‘payib ketgani, uiarga bir yoqlama - zamonasozlik munosabatini esa ulug‘ yozuvchining bu qissani sobiq sho‘ro mafkurasi tazyiqli yillarida yozganligi bilan izohlash mumkin. Shu sababli qissaning mustaqillik yillaridagi nashrida tahririyat tomonidan berilgan izohda shunday jumlalar zikr etilgan: “Darhaqiqat, xalqimiz yozuvchi tilga olgan “inqilob”dan ko‘p narsa kutgan edi. Afsuski unday bo‘lmadi. Qo‘l uchida kun ko‘rayotgan hunarmand va kosiblar artellarga majburan birlashtirildi. Dehqonlar qo'lidagi uncha-muncha yerlar, chorvalar, mol-mulklar kollektivlashtirish bahonasi bilan tortib olindi. Boylarni ishbilarmonligi, tadbirkorligi uchun otishdi. Mo’min- musulmonlarni dindor deb osishdi. Millat manfaatini himoya qilib chiqqamlar xalq dushmaniga aylandilar. Xullas, otish va osishlar, surgun va qamashlar asr boshidan to elliginchi yillargacha davom etdi. Millatimizning guli bo‘lgan ne-ne insonlar yakson qilindi. Bu azob va sitamlair yozuvchimizni ham chetlab o ‘tmadi. Cheksiz va chegarasiz qayg u va iztiroblar katta notiq, so‘z ustasi Oybek domlani duduqlik kasaliga mubtalo qildi. Va bu dard umrlarining oxirigacha kishini ta’qib etdi. Shulardan qat’i nazar, qissa eng avvalo o‘zbek bolalar adabiyotidagi avtobiografik asarlarning yetuk namunasi bo'lib hisoblanishi, uning har bir satridan ulug‘ adibning sohir qalb nidosi, xotiralari, xarakteri hamda bolalik olami bo‘y ko‘rsatib turgani jihatidan qimmatli ahamiyat kasb eta oladi.

2.3
A. Qahhorning "O’tmishdan ertaklar" qissasi ham shu yo ‘nalishdagi asar. Unda ham ijtimoiy hayotdagi real voqealar, oilaviy-maishiy muammolar, o‘tmish jamiyatdagi g‘ayrinormaal hodisalardan iztirob chekkan yosh qalb tug’yonlari bayon qilingan. Shu sababli unda o‘tmish jamiyatidagi ijtimoiy adolatsizliklar bosh o‘ringa chiqqanki, natijada, asarda bola Abdulla obrazi emas, inson taqdiri, ya’ni Abduqahhor (yozuvchining otasi) oilasi boshiga tushgan falokat va kulfatlar orqali xalqning ayanchli turmushi umumlashadi, go’yo. A. Qahhorning bolalik yillari Farg'ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvaydi, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on degan qishloqlarda o‘tgan. Qissada ham muallifning ana shu joylar bilan bog’liq xotiralari, har bir qishloqdagi oilaviy ahvoli, qarindoshlari, yaxshi-yomon taassurotlari aks etib boradi. Yozuvchi o'tgan asrning 30-yillarida bolalik xotiralarini eslaydi, ammo ko‘p voqealar “chalakam-chatti tush ko‘rganday” bo‘lganidan, uni yozolmaydi. Keyinchalik, rus adabiyotining betakror hikoyanavis adibi A. P. Chexovning yigirma ikki jildlik to‘plamini qo’lidan qo‘ymay o‘qib chiqqan A.Qahhorda o‘z xalqining o‘tmishiga nazar solish istagi uyg'onadi. “Shunday qilib - deydi adib avtobiografik qissaning yozilish sababini oydinlashtirib - bolaligimda zehnimga cho‘kib qolgan xotiralar uyg‘ondi, yuzaga chiqdi: o‘sha vaqtdagi xalq hayoti ko‘z oldimga keldi.” Darhaqiqat, yozuvchining o‘zi ta’kidlaganidek, o'tmish mavzusida “o’gri”, “Bemor”, “Anor” singari qator hikoyalarini ana shu uyg‘oq xotiralar ta'sirida yozadi. 60-yillarda yozgan “Dahshat” hikoyasi uchun esa uydirmachilikka berilganlikda ayblanib, dashnomlar, “imzosiz, adressiz yuborilgan xatlarga javoban, o‘z ko‘zi bilan ko'rgan-kechirganlarini, o‘tmish hayot lavhalaridan esida qolganlarini qalamga olish ehtiyoji tug‘iladi. Qissaning gazeta va jumallarda e’lon qilingan ayrim parchalarini o‘qigan tanqidchilar “Juda zulmat-ku, kitob o‘quvchida juda og‘ir taassurot qoldirmasmikan?”, - degan tanbehlari sabab muallif kitobni “O‘tmishdan lavhalar” emas, “O‘tmishdan ertaklar” deb nomlashni ma’qul ko‘radi. Umuman, “Bolalik” va “O‘tmishdan ertaklar” qissalarinng dunyoga kelgan vaqti ham, unda aks etgan tarixiy davr, hatto aytish mumkinki, mualliflarning umr yo‘li ham bir-biriga juda yaqin. Ammo bolalar - bo‘lajak adiblarning qiziqishlari, “zehnlarida cho‘kib qolgan xotiralar” mazmun-mohiyati, bolalik olami, obrazlari ifodasi, shuningdek, qissalarning kompozitsion tuzilishi turlicha. “Bolalik”da bola obrazi ancha faol, Musavoy va uning do‘stlari haqidagi xotiralar keng qamrovli talqin etilib, quvnoq bolalik sarguzashtlariga ko proq o'rin ajratilgan boisa, “O‘tmishdan ertaklar”da kichkina Abdulla va G‘afforjonning qismati orqali kattalarning tashvish va muammolariga sherik, g'amgusor bolalar timsoli gavdalanadi. Ayniqsa, Abdulla obrazi ko’p lavhalarda xomush, qandaydir falokat, ko’rguliklar guvohi buvisining zulmi-yu hokisor onasining azoblanishidan ezilib, ruhan azoblangan holatlarda tasvirlanadi. Oiladagi muhit, uch qarama-qarshi qutp – otasining yangilikka o’chligi, buvisining haddan tashqari xurofotga berilgani, sakkiz farzandini yerga qo’yib, birgina bolasiga termulib qolgan onasining esa g’alvasiz yashashdan o’zga tilagi yo’qligi, shuningdek, bir yerda muqim yashamaslik Abdullaning voqealar ishtirokchisi emas, kuzatuvchisi, “indamas” bo’lib qolganini badiiy lavhalarda asoslay olgan.
Download 33.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling