Filologiya va tillarni o’qitish: Guruh : 202 Talaba: Jumayeva Rushana sergeyevna


Download 1.35 Mb.
bet6/13
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#226912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
850306.pptx

Totemizm


So‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda qayd etilishicha, “uning urug‘i”dan olingan ekan. Shimoliy Amerikada yashovchi qabilalardan biri kishilar bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida qon-qarindoshlik bor deb hisoblaganlar. U hayvonlar ov qilinmagan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeyilmagan. O‘simliklar esa e'zozlangan. Bu odat dunyodagi hamma xalqlarning e'tiqodida ham bor bo‘lib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.

Fetishizm


Fetishizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda portugalcha “feitico”, fransuzcha “fetiche” – sehrli narsa ma'nosini ifodalashi qayd qilingan. Uning asosini qadimgi zamon odamlarining jonsiz narsa-predmetlarda ilohiy fazilat bor deb tushunishlari tashkil etadi. Ma'lumki, inson hayoti davomida o‘zi bilmagani holda quyosh, oy, yulduzlar, tog‘, suv kabi narsalar bilan ham munosabatda yashaydi. Ayniqsa, quyosh, suv inson taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimiz o‘zlaricha pichoq, non, o‘choq, tandir, do‘ppi, kitob, supra, ayniqsa, o‘q, yoy kabi narsalarni ham muqaddas hisoblaganlar.

Fetishizm tushunchasida turli narsa-predmetlardan tashqari ranglar, tush ham saqlanib qolgan. Oq, qora, ko‘k, yashil, qizil, malla kabi ranglar muayyan ma'noni bildirgan. O‘zbekiston bayrog‘idagi yashil, oq, ko‘k, ular oralig‘idagi qizil, burchakdagi oy va 12 yulduzlarning hammasida ramziy ma'nolar mujassamlashgan. Odatda, yashil yoshlik, qizil, bir tomondan to‘kilgan qon, ikkinchi tomondan, qizlik g‘ururi, oq hayot, qora, bir tomondan fojia, ikkinchi tomondan, buyuklik, ulug‘lik, malla yetuklik, balog‘at ma'nolarini aks ettirgan.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling