Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo’nalishi I bosqich talabalari uchun Dasturlash asoslari fanidan yakuniy nazorat savollari
Download 17.45 Kb.
|
33-variant
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo’nalishi I bosqich talabalari uchun Dasturlash asoslari fanidan yakuniy nazorat savollari 33-variant Massiv haqida tushuncha bering. Dasturlash tillari evolyutsiyasi Shart operatorlari. Ikkita qiymatdan kattasini aniqlovchi funksiya tuzing dastur matnini yarating. Int a[4]= {4, 5, 18, 9} massivning 1 indeksli 2 chi elementning adresi 0x22ff14 ga teng bolsa, qolgan elementlar adresini ko`rsating. 1. Massivlardan bir turli, ko`p sonli qiymatlarni yozishda foydalaniladi. Massivdagi alohida elementga uning tartib raqami – indeksi orqali murojaat qilish mumkin. Massiv ma’lumotlar jamlanmasini yozishda ishlatiladi, lekin ko`proq massiv bir turli qiymatlar to`plami deb tushuniladi. Ko`p sonli qiymatlarni ta’minlash uchun son0, son1, son2, … sonN kabi ko`p sonli o`zgaruvchilarni e’lon qilish o`rniga faqat bitta nom bilan (masalan: son) massiv e’lon qilgan holda, son[0], son[1], son[2] … son[N] kabi alohida massiv elementlariga murojaat qilish mumkin. Massivni e’lon qilishda element turi va massiv hajmini belgilash quyidagicha sintaksis asosida amalga oshiriladi: double Sonlar[10]; Bu ko`rsatma bajarilgandan so`ng kompilyator Sonlar massivi uchun, xotiradan 10 ta double turiga loyiq joy ajratadi. Standart C++ da massivni e’lon qilishda uning hajmi o`zgarmas (const) turda ko`rsatilishi lozim. . Agar dasturda bir nechta massivlarni e’lon qilish kerak bo`lsa va barchasi bir xil ma’lumot turiga ega bo`lsa, ularni birdaniga e’lon qilish mumkin: ElementTuri MassivNomi1[hajm1], MassivNomi2[hajm2], … MassivNomin[hajmN]; 2, C, C++, Java va C# o`zaro bog`liq tillar. C++ C dan olingan. Java C++ dan keyin ishlab chiqilgan. C# C++ ning ichki tizimini o`zlashtirgan holda, Javaning ba’zi imkoniyatlarini o`zida mujassamlashtirgan. Agar mazkur tillarning bittasi o`rganilsa, qolganlarini o`rganish qiyin bo`lmaydi. C BCPL (Basic Combined Programming Language – Asosiy kombinatsiyalanuvchi dasturlash tili) asosida ishlab chiqilgan B tilida yaratilgan.C++ 1983-1985-yillar davomida “Bell Laboratories”da Bjarne Stroustrup tomonidan kengaytirilgan C ko`rinishida ishlab chiqilgan. Bunda C++ning eng muhim jixati shundan iboratki, u ob’yektga yo`naltirilgan dasturlashda sinf (class)lardan foydalanish imkonini beradi. Ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash orqali dastur tuzish, uni qayta qo`llash va rivojlantirish mumkin. C++ C dasturlash tili bilan mustaxkam bog`liqlikda tuzilgan. C dastur kodini C++ kompilyatorida ham to`g`ridan-to`g`ri mashina tiliga o`girish mumkin. C++ dasturlash tilini o`rgangan dasturchi C tilini ham yaxshi tushuna oladi. 3. dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‗ra boshqaruvni dasturning u yoki bu bo‗lagiga uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Bunday tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shart operatorlaridan foydalaniladi. if– shart operatori (ifoperatori, blok-sxemasi); if – shart operatori dasturga hisoblash uchun maxsus alternative tanlov qismni belgilovchi tuzilma. Dastur tuzish davomida ko`p hollarda masalani yechimini topish bir nechta holatlar uchun bajarilishiga duch kelamiz. C++ da tanlash operatorlarining bir necha xili mavjud: bir yo`nalishli if operatori, ikki yo`nalishli if-else operatori, ichma-ich if operatorlar, switch operatori va shartli ifodalar. Bir yo`nalishli if operatori shart faqat bitta (true) bo`lgan holatlarda ishlaydi. 4. #include using namespace std; int main(int argc, char *argv[]) { int a,b,max; /*Berilgan 2 ta o'zgaruvchiga sonli qiymatlar kiritish*/ cin>>a>>b; /*Dastlabki 2 ta sonning kattasini topib, max o'zgaruvchisiga qiymatlash*/ if (a>b) max=a; else max=b; cout<<"max="< system("PAUSE"); return 0
5. int main()
{
int a[4]= {4, 5, 18, 9} aPtr = &n; cout << "o'zgaruvchilar qiymati" << endl; cout << "n=" << n << endl; cout << "*aPtr=" << *aPtr << endl; cout << "\nxotira manzilii" << endl; cout << "n - o'zgaruvchisi joylashgan manzili. &n=" << &n << endl; return 0; Download 17.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling