1.4. DARSI QONUNINING QO’LLANISH CHEGARALARI.
FILTRATSIYANING CHIZIQLI BO’LMAGAN QONUNLARI.
Darsi qonuning qo‟llanilish chegaralariga doir juda ko‟p ilmiy – tadqiqot
ishlar qilingan. Ilmiy - tekshirish protsesslari natijasida Darsi qonunining
buzilish sabablari ikki guruhga ajratiladi:
1) filtratsiyaning yuqori tezliklarida (Darsi qonuni qo‟llanilishining yuqori
chegarasi) inertsiya kuchlarining paydo bo‟lishi bilan Darsi qonunining
buzilishi;
2) filtratsiyaning kichik tezliklarida sodir bo‟ladigan suyuqliklarning
nonyuton reologik xossalari, hamda ularning g‟ovak muhit qattiq skeleti
bilan o‟zaro ta„siri natijasida Darsi qonunining buzilishi. (Darsi qonuni
qo‟llanishining pastki chegarasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |