Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?


FIN TA’LIMINING TAMOYILLARI


Download 357.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana24.01.2023
Hajmi357.72 Kb.
#1118031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fin ta\'limi amaliyotda

FIN TA’LIMINING TAMOYILLARI 
 
Yoxanna 
Järvinen-Taubert, Learning Scoop kompaniyasining pedagogika 
masalalari b
o‘yicha direktori, Tampere, Finlyandiya 
Finlyandiya ta’limi o‘zining yuqori sifati bilan mashhurligi hech kimga sir emas. Fin 
o‘quvchilari o‘n besh yildan ortiq vaqt davomida xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni 
egallab kelishmoqda. Butun dunyo b
o‘ylab mutaxassislar Finlyandiya ta’limini bunchalik 
muvaffaqiyatga olib chiqqan narsa nima ekani bilan doim qiziqadilar. Shu 
o‘rinda haqli 
savol tu
g‘iladi: Biz Finlyandiyadan nimani o‘rganishimiz mumkin? 
Finlyandiya ta’limini tushunish bir nechta asosiy tamoyillarni tahlil qilishni talab 
etadi. Ushbu tamoyillar Finlyandiyada butun ta’lim tizimi va amaliyoti uchun asos bo‘lib, 
ushbu nashrning kirish maqolasida taqdim etilmoqda. Bu yerda keltirilgan tamoyillar, 
asoslarni bilish - 
Finlyandiya ta’limini tashkil etish va uning amaliyotda qanday ishlashini 
tushunish uchun zaruriy shartdir. Pasi Sahlberg (2007, 163) buni ta’kidlab shunday degan 
edi: 
“O‘quvchilar natijalarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar ko‘pincha 
siyosatchilar tomonidan mamlakatlarning reyting jadvallaridagi 
o‘rni nuqtai nazaridan 
qabul qilinadi. Aslida esa bu qiyosiy tadqiqotlar tizim samaradorligini tushuntirishi mumkin 
b
o‘lgan milliy xususiyatlarni o‘rganishga qaratilishi lozim”. 
Finlyandiya ta
’limi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1. 
Tenglik va adolat 
2. 
Ishonch va mas’uliyat 
3. 
Mustaqillik 
4. 
Hamkorlik 
5. 
O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik 
6. 
Tadqiqotlarga asoslanganlik 
Tenglik va adolat
Teng huquqli jamiyat
Fin ta’limidagi eng muhim atamalardan biri, shubhasiz, tenglikdir. 
Skandinaviyadagi 
farovon jamiyatlarning barchasida tenglikka e’tibor har doim 
muhokama markazida b
o‘lgan. Finlyandiyada ijtimoiy hayot, umuman olganda, har bir 
shaxs teng imkoniyatlarga va 
o‘z ehtiyojlariga ko‘ra yordam olish huquqiga ega bo‘lishi 
kerak degan 
g‘oyaga asoslanadi. Aytish mumkinki, Finlyandiya nafaqat tenglikni (barcha 
uchun bir xil narsani berish), balki adolatni (odamlarga haqiqatda kerak b
o‘lgan narsalarni 
berish; har qanday vaziyatda adolatli b
o‘lish) ham ta’minlashga intilmoqda. Teng 
imkoniyatlar va adolat haqidagi bu 
g‘oya Finlyandiyada deyarli barcha tomonidan tan 
olinadi. Faqat 
jamiyat a’zolarining tengligini qanday ta’minlash kerakligi haqidagi talqin 
turlicha b
o‘lishi mumkin. 
Skandinaviya mamlakatlari daromadlar tengsizligi bilan emas, balki barcha 
fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini ta
’minlagani bilan mashhur. Barcha 
shimoliy mamlakatlarda, shu jumladan Finlyandiyada ham, soliqlar nisbatan yuqori.


K
o‘proq daromad oladiganlar ko‘proq soliq to‘lashi hisobga olinsa, bu ham progressiv 
jarayondir. 
Buning evaziga finlar ta’lim va sog‘liqni saqlash, shuningdek hukumatning 
k
o‘plab boshqa xizmatlaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Finlyandiyada 
barcha fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga intilish jamiyat rivojining 
kafolati sifatida qaraladi. Xargrives va Shirli ta’kidlaganidek (2008, 137), kuchli va farovon 
jamiyat Finlyandiya rivojining fundamental asosi b
o‘lib, bu o‘z navbatida mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror 
o‘sishiga ham xizmat qiladi.
Skandinaviya mamlakatlari gender tengligi masalalari bilan ham yetakchi 
davlatlardan sanaladi. Misol tariqasida Fin ayollarining 1907-yilda dunyoda birinchi b
o‘lib 
ovoz berish va saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etish huquqiga t
o‘liq ega bo‘lganligini 
keltirish mumkin
1
. Bugungi kunda ham butun dunyoda Finlyandiya Milliy parlamentdagi 
ayollar soni b
o‘yicha eng yuqori foiz ko‘rsatkichiga ega. Bundan tashqari, Finlyandiya 
hukumatida ayol va erkak vazirlar soni teng miqdorda b
o‘lishi kerakligi haqidagi qoida 
ham mavjud. 
Ta
’lim jamiyatning o‘ziga xos qadriyatlari va madaniyati bilan chambarchas 
bo
g‘liqdir. Sahlberg (2006, 278) ta’lim tizimi jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning 
o‘zaro bog‘langan qismi sifatida rivojlanishini ta’kidlaydi. Shu jihatdan qaralsa, 
Finlyandiya ta’lim tizimida ham barchaning teng huquqliligi g‘oyasini ko‘rish mumkin. Fin 
ta
’limining asosiy poydevorlaridan biri shundaki, barcha uchun teng va yuqori sifatli ta’lim 
olish huquqi ta’minlanishi kerak. Ijtimoiy va etnik kelib chiqishi, yoshi, mavqeyi yoki 
yashash joyidan qat
’i nazar, barcha fuqarolar uchun bir xil ta’lim imkoniyatlari mavjud 
b
o‘lishi kerak. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 6.) Shu nuqtai nazardan aytish 
mumkinki, Finlyandiyada har qanday ta
’lim islohoti tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Download 357.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling