Fing 2210 Baxtiyorova Shahodat


She’rning yozilish sabablarini o’rganing, qachon yozilganligi va kimga bag’ishlanganligini aniqlang


Download 14.57 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi14.57 Kb.
#1389620
1   2
Bog'liq
fing-2210 Baxtiyorova Shahodat

3. She’rning yozilish sabablarini o’rganing, qachon yozilganligi va kimga bag’ishlanganligini aniqlang.

Bu g'azal Paygambarimiz (S.A.V) vasliga atab yozilgan.


Bobomiz 7 yoshlarida Paygambarimiz (S.A.V) ni korganakanlar va ular aytganakalarki"Man yana qaytib kelaman" diganakanlar. Shu qachon kelarkanlar deb kechayu kunduz uyqum kelmadi digan manosiyam borakan.

4. She’rning janri va vaznini ko’rsating.
Gʻazal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Ushbu vaznning taqteʼsi quyidagicha:
Foilotun foilotun foilotun foilun
– V – – – V – – – V – – – V –
5. She’rning bosh mavzusi va g’oyasini izohlang hamda she’rdagi badiiy tasvir vositalarini, san’atlarni ko’rsating.

Ushbu gʻazal Alisher Navoiyning muhabbat mavzuida yozilgan oshiqona gʻazallaridan biridir. Gʻazal badiiy qurilma (lirik kompozitsiya) si jihatidan voqeaband gʻazallar turkumiga mansubdir. U muayyan hayotiy voqea taʼsiri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir. Gʻazaldagi lirik syujet oshiq, yaʼni lirik qahramon visol uchun vaʼda bergan sevikli yorini kutish iztiroblari tasviri asosiga qurilgan. Asar yetti baytdan iborat boʻlib, barcha baytlar matlada qoʻyilgan mavzuni maqtagacha izchil yoritishga safarbar etilgan.
Alisher Navoiy mukammal lirik kulliyoti – “Xazoyin ul-maoniy”ga asarlarini umr fasllariga muvofiq taqsimlab kiritganida, “Ul sarvi gulroʻ kelmadi” gʻazali “Badoeʼ ul-vasat”, yaʼni “Oʻrta yosh goʻzalliklari” devonidan oʻrin olgan boʻlsa ham, aslida, u shoirning yoshlik lirikasi mahsulidir. Chunki gʻazal Navoiyning “Ilk devon”i hamda ikkinchi rasmiy devoni “Navodir un-nihoya” devonlarida ham mavjud. Ulugʻ shoir oʻzining ijodiy takomili davomida gʻazalning matniy tarkibiga biror jiddiy tarkibiy oʻzgartirish kiritmagan. Gʻazal shoirning ilk lirikasi mahsuli ekanligi shundan dalolat beradiki, u yigitlik ishqining nozik sarguzashtlari, dunyoviy muhabbatning otashin ehtiros va tuygʻulari bilan yozilgan. Mazkur dalil esa gʻazal mazmunini sunʼiy ravishda “ishqi haqiqiy”ga bogʻlab talqin etishimizga asos bermaydi.
Matla baytda hijrondan shikoyat mavzusi ochilgan. Tasvirdan anglashiladiki, kecha boraman deb visolga vaʼda bergan sevikli yor oʻz vaqtida kelmay qoladi. Yaʼni, vaʼdasiga vafo qilmaydi. Visolga umidvor oshiqning koʻzlariga tong otguncha uyqu kelmaydi. U yorini tong otgunga qadar ham umidvor kutadi. Ammo yor tongotarda ham kelmaydi. Ushbu gʻazal sharhlarida “kecha” soʻzini turlicha tushunish tufayli, uni voqea sodir boʻlgan kechqurun yoki shoir iztiroblari ifodalangan kundan oldingi kun (oʻtgan kun) kabi talqinlar uchraydi. Biroq gʻazal mazmunidan, ayniqsa, uchinchi baytdan aniq anglashilib turibdiki, vaʼda va uning ijrosiga intizorlik gʻazal yozilgandan avvalgi kun voqeligidir. Matlada gʻazal lirik syujetining yaxlit mundarijasi oʻzining umumiy aksini topgan. Keyingi baytlarda oshiqning vaʼda olgan oydin kundan to tonggacha iztirobda oʻtgan qalb kechinmalari baytma-bayt batafsil tasvir etiladi. Ikkinchi baytdagi tasvirga koʻra, lirik qahramon dam-badam yor yoʻliga chiqib, uni intizor kutadi. Kelavermagach, yana manziliga qaytadi. Yana besabru betoqat boʻlib yor yoʻliga chiqib koʻz tutadi. Ammo yordan hamon darak boʻlmaydi. Mutolaa jarayonida oddiy muxlislarimiz “chektim yoʻlida intizor” shoirona soʻz birikmasini tushunishga qiynaladilar. Ayrimlarida “yor yoʻlida intizor oshiq nima chekdi ekan?” qabilidagi savol ham tugʻiladi. Bunga sabab shuki, Navoiy davri til ifodalari bugungi tilimizdan oʻzgacharoq. Aslida, yuqoridagi soʻz birikmasidagi uchta soʻzning aynan oʻzini hozirgi til tuzilishida ifodalasak, bugungi oʻquvchi uchun tushunarli, aniq mazmun kelib chiqadi: “yoʻlida intizorlik chekdim”. Oshiq yorini chuqur iztirob bilan sabrsiz kutaverganidan, joni ogʻziga keladi. Bu oʻrinda shoir “joni ogʻziga kelmoq” xalq iborasini mahorat bilan qoʻllaydi. Uni qoʻllashdan maqsad faqat frazeologizmni mazmunga mutanosib ravishda ishlatish emas, balki tazod – qarshilantirish sanʼatini vujudga keltirishdir. Tazod oshiq va maʼshuq holatlari oʻrtasidagi zidlikni ifodalashga safarbar etiladi: oshiqning joni ogʻziga keladi, biroq maʼshuqa kelmaydi, u oshiqning ahvoliga loqayd, beparvo.
Baytdagi “ shoʻxi badxoʻ” iborasi eʼtiborga sazovor. Gʻazal sharhlovchilarining lugʻat va izohlarida “badxoʻ” soʻzining “yomon odatli”, “yomon feʼlli”, “yomon qiliqli” kabi maʼnolari beriladi. Haqiqatan ham, bu soʻz fors tilidan olingan boʻlib, “bad” – “yomon”, “xoʻ” – “feʼl-atvor” maʼnolarini anglatadi. Biroq, oshiqning muhabbatiga sazovor sevikliga nisbatan “badqiliq” sifati juda dagʻal tuyuladi. Agar yori chindan ham “badfeʼl” boʻlganida, Navoiy lirik qahramoni uni sevmagan boʻlardi. Biz shoirning “shoʻx” soʻzini ham nazardan soqit qilmasligimiz lozim. Nazarimizda, shoirushbu iborani hazil-mutoyiba aralash erkalash maʼnosida qoʻllagan. Negaki, visolga vaʼda berib, oʻz vaqtida kelmay, oshiqning sabr-toqati, irodasi, sadoqatini sinash har bir qizga xos hayotiy xususiyat. Shu boisdan, uning “badxoʻ”ligi vaʼda berib, vaʼdasida turmasligi, xolos.
Keyingi bayt mazmunini shoir “tajohuli orif” sanʼati asosiga quradi. Yorning vaʼda qilingan vaqtda kelmaganligi sababini tusmollaydi, taajjub izhor etadi: agar yor kun xuddi uning munavvar jamolidek yorugʻ boʻlganida, birov koʻrib qolishidan uyalib, andisha qilib, sharm-hayo, ehtiyot yuzasidan kelmagan boʻlsa, ayriliq azobidan zulmat qoplagan mening hayotimdek tun qorongʻu boʻlganida ham kelmadi-ya ?! Baytda yana tazod sanʼati yaratilgan: yorning yuzi (orazi) – nurafshon, oshiqning hayoti (roʻzgʻori) esa qop-qorongʻu.
Toʻrtinchi baytda lirik qahramonning ahvoli mubolagʻali tasvirlanadi. U kuta-kuta toqati-toq boʻlib, majnunga aylanadi. Parisifat yorim hajrida shunday devonalarcha faryod chekib yigʻladimki, – deydi oshiq, – mening bu ahvolimni koʻrganda kulgisi kelmagan biror kimsa bormikin? Bu bayt mazmuni ifodasida shoirning yana bir badiiy mahorati shundaki, u xalq hayotida uchraydigan tipik tafsilga ishora qiladi. Odatda, odamlar koʻchadagi devona-jinnining xurmacha qiliqlariga beixtiyor kulishadi. Shuningdek, baytda yigʻi va kulgi holatlari asosida ifodalangan tazod sanʼati ham badiiyatni kuchaytirgan.
Beshinchi baytda lirik qahramonning ruhiy holati tasviri mubolagʻali tarzda davom etadi. Uning ahvoliga hayron qolganlarga lirik qahramon: buncha koʻz yoshlaringni oqizasan, deya taʼna-malomat qilmanglar, – deya iltijo etadi, – koʻzlarimdan hijron kechasi suv oqqani yoʻq, kelgani barisi yurak qonlari edi. Mubolagʻadan tashqari, koʻzlardan suv oʻrniga qon oqishi maʼlum darajada tazodni ham tashkil etadi.
Oltinchi bayt oddiy gʻazalxon mutolaasi uchun birmuncha murakkabroqdir. Ammo Navoiy davri oʻzbek tili va sheʼriyat tilining oʻziga xos grammatik qurilishini bilgan odam uni osongina tushunib oladi. Ushbu baytni toʻgʻri tushunmasdan, maktab darsliklarida “begona bayt” deya talqin etish holatlari ham bor. Ammo, adabiyotshunoslikda ham, xususan, gʻazalshunoslikda ham “begona bayt” degan tushuncha mavjud emas. Odatda, maqtadan oldingi baytda shoir lirik chekinish tarzida biror falsafiy xulosa, teran umumlashma fikr bayon etadi. Lekin u gʻazal baytlarining mazmunan izchilligiga raxna solmaydi. Oldingi baytlarga mantiqan bogʻlangan boʻladi. Bunday baytda izchil yoritilayotgan mavzu yuzasidan xulosa, hukm chiqariladi. Muammoning falsafiy yechimi bayon etiladi. Mazkur baytda ham xuddi shunday hodisani kuzatish mumkin. Maʼlumki, oldingi baytlarda lirik qahramon, yaʼni oshiq hijrondan shikoyat qilib kelayotgan edi. U zaif va nolakor bir vaziyatda turibdi. Baytda shoir oshiqning bunday mavqeiga tanqidiy munosabat bildiradi. “Tolibi sodiq”, yaʼni sadoqatli talabgor topilmas ekan, deya fikr yuritadi shoir. Vaʼdaga vafosiz yorning jabru sitamlaridan oh-voh chekish bilan kifoyalanish chinakam oshiqning ishi emas. “Yoʻqsa”, yaʼni boʻlmasa, yorning yoʻliga kim “avval”, yaʼni birinchi boʻlib jurʼatli, dadil qadam qoʻydikim, uning maʼshuqasi roʻparasidan peshvoz chiqmadi?! Yor diydoriga sadoqatli talabgor jurʼatli, jasoratli boʻlishi lozim. Chinakam oshiqlik tabiati shunday boʻladi! Oshiqlik jurʼat, jasorat, fidoyilik, kerak boʻlsa, qurbonlikni talab etadi.
Tugallanma baytda shoir may obraziga murojaat etadi. Lirik 
Lirik qahramonni hijronzada koʻngil uyini boda bilan shod-xurram etishga chorlaydi. Nima uchunkim, koʻngil uyi shod-xurramlik bilan obod ekan, unga qaygʻu yaqin yoʻlay olmaydi. Bu oʻrinda boda mayparastlikni ifodalamaydi, albatta. U qaygʻuga qarshi shodlik ramzi, tazod unsuri sifatida qoʻllangan.

Xulosa qilib aytganda, “Ul sarvi gulroʻ kelmadi” gʻazali Navoiy lirikasining shoh asarlaridan biridir. Gʻazalning “Munojot” kuyi bilan ashula qilib aytilishi xalqimizning eng sevimli asarlaridan biriga aylanishiga sabab boʻlgan. Munojotning mungli navosi Navoiyning hazin navosi bilan shu qadar bir-biriga mos tushib, uygʻunlashib ketganki, ashula mahoratli maqom ustasi, xalqimizning suyukli xonandasi Bertaxonim Davidova tomonidan birinchi marta radio orqali ijro etilganida, shaharu qishloqlardagi radiokarnaylardan yangraganida, yurib borayotgan odam borki, toʻxtab, vujudlari quloq boʻlib tinglagan. Hatto, ashulaning nomi ham “Munojot”ga aylanib ketgan. Keyinchalik bu ashulani Yunus Rajabiy, Orif Alimaxsumov, Muhammadjon Karimov, Munojot Yoʻlchiyeva, Mahmudjon Tojiboyev singari mahoratli hofizlarimiz ham qiyomiga yetkazib kuylaganlar. Umuman, musiqiy savod chiqargan biror sanʼatkor borki, bu ashulani ijro etmay qolmagan, desak mubolagʻa boʻlmas. Shu boisdan, xalqimizning birorta nazm va navo davrasi, toʻy va boshqa tadbirlari “Munojot” ashulasi navolarisiz oʻtmaydi. Gʻazalning musiqiy talqini undagi dard va mazmunni ming chandon oshirib yuborgan hamda asarning mumtozu mashhur boʻlishiga omil boʻlgan.

7. She’rdan olgan taassurotingizni yozing.
Ushbu gʻazal islomiy mazmundagi gʻazal hisoblanadi. Bu davrdagi yani aynan koʻproq A Navoiy ijodidagi asarlarda Yor misolida Alloh taolo nazarda tutilgan. Shuningdek Allohning elchisi boʻlgan paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga atab ushbu gʻazalni yozgan va shoir Navoiy oʻz chin muhabbatini gʻazalda har kecha uxlolmay kutganligida va bir qancha oʻrinlarda koʻrsatolgan. Mening gʻazal haqidagi shaxsiy taassurotim judayam ajoyib, yuqorida taʼkidlaganimdek Navoiy sevimli Paygʻambarimizga boʻlgan oshiqlikni yuksak darajada tasvirlab bergan bu esa meni nihoyatda taʼsirlantirdi.
Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling