Finlandiya — suveren respublika


Download 148.5 Kb.
bet5/8
Sana22.06.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1650631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
finlandiya uzb

Darsliklar


Finlyandiyada darsliklar Sanoma ProOtava yoki Edita kabi ko‘plab nashriyotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Nashriyotlar odatda o‘z mahsulotlari namunalarini maktablarga yuboradi, shuningdek, pedagoglarni bozorda mavjud mahsulotlar bilan tanishib, o‘z tanlovini amalga oshirishi uchun yangi darsliklarning taqdimotlariga taklif qiladi. Xarid qilinadigan darsliklar masalasidagi hal qiluvchi qaror maktab direktorlari va munitsipalitetlar rahbariyati tomonidan qabul qilinadi. Maktablar darsliklarni o‘quvchilarga bepul taqdim etadi va kelgusi avlod o‘quvchilari ham ushbu darsliklardan foydalana olishlari uchun ehtiyotkorlik bilan foydalanishni so‘raydi. Ko‘plab nashriyotlar darsliklarning raqamli talqinini va darsliklarga ilova qilish mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab resurslarni ham taqdim etadi.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, darsliklar umumta’lim maktabida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi va aksariyat o‘qituvchilar uchun «o‘quv dasturining ekvivalenti»ga aylanadi.
Internetdan topish mumkin bo‘lgan darsliklar namunalari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, qandaydir o‘ziga xos «fincha standart» mavjud emas: fin noshirlarining darsliklari, masalan, Kembrij, Pirson yoki Xodder kabi jahonning yetakchi nashriyotlari chiqargan darsliklari kabi umumqabul qilingan pedagogik tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Misol uchun, Finlyandiyaning Otava nashriyoti tomonidan boshlang‘ich maktab uchun chiqarilgan ona tili darsligi bilan Britaniyadagi Cambridge University Press’ning shunday darsliginiSanoma Pro va Hodder’ning tarix bo‘yicha yoki Sanoma Pro va Pearson’ning biologiya bo‘yicha darsliklarini taqqoslab ko‘ring.
Muallif tomonidan ushbu maqolani yozish davomida o‘rganib chiqilgan ekspertlarning fikricha, Finlyandiyaning PISA’dagi muvaffaqiyatiga darsliklar emas, balki yuqorida sanab o‘tilgan omillar (nomarkazlashuv (detsentralizatsiya), o‘qituvchilarni tayyorlash va barcha uchun bir xil ta’lim olish imkoniyati) sabab bo‘lgan.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling