Firmaning turlari va ularni o’rganish uslubiyati
Download 18.59 Kb.
|
Firmaning turlari va ularni o’rganish uslubiyati
Firmalarni o’rganish uslubi.
O’rganilayotgan firmalar odatda 3 guruhga bo’linadi: harakat qilayotgan kliyentura (kontragentlar); taxmin qilinayotgan (potensial) kliyentura; raqib firmalar. Har bir kiziqtirayotgan firma EHMning ma’lumotlar bazasiga (roster) yoki kartotekaning tegishli bo’limiga kiritiladi. Har bir qiziqtiradigan firmalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: - Firma haqidagi umumiy ma’lumotlar: firmaning nomi, manzili, ro’yxatga olgan mamlakat, qayd etish raqami, teleks yoki telefaks nomeri. - Firmaning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar: aksiyador kapitalning, aktivlarning, sotuvlarning o’lchovi; band bo’lganlar soni; o’z mamlakatida ilg’or kompaniyalar orasida egallab turgan o’rni va dunyodagi yirik kompaniyalar orasidagi o’rni. - Firma xo’jalik faoliyatining turi: sanoat; savdo; transport-ekspeditorlik; injiniringli va h.k. - Firma mulkining xarakteri: xususiy; davlat; yarimdavlat; kooperativ. - Firmaning huquqiy holati: aksiyador jamiyat; korporasiya (AQSh); ommaviy kompaniya; mas’uliyati cheklangan jamiyat; xususiy kompaniya; to’liq o’rtoqlik; kommandit o’rtoqlik; shaxsiy firma. - Kapital va nazorat bo’yicha firmani taaluqligi: milliy; xorijiy; aralash. - Firmani tashkillanish tarixi va rivojlanish xususiyatlari: tashkil etilgan yili; asosiy birlashuvlar, qamrab olishlar; nomini o’zgarishlari. - Firma kiradigan birlashmaning turi va unda firmaning holati: asosiy kompaniya (materinskaya kompaniya); filial; qizlik kompaniya (dochernyaya); assosiasiyali kompaniya. Ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot nomenklaturasi: asosiy tovarlar yoki tovarlar guruhi; mutaxassislik yo’nalishi; eksport va import nomenklaturasi. - Muhim ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo’yicha firmani dunyo bozoridagi o’rni: asosiy tovarlarni milliy (dunyo bo’yicha) ishlab chiqarish (sotish)da firmaning (udelnыy ves); mamlakatning eksporti va importidagi ulushi. - Firma tashqi iqtisodiy faoliyatining ahamiyati va xarakteri: xorijdagi qizlik kompaniyalarning soni, shu jumladan ishlab chiqaruvchi, ularning joylashishi, faoliyat turi; firmaning (butunlay va muhim mahsulotlari bo’yicha) faoliyatida ishlab chiqaruvchi mamlakatdan eksportning ahamiyati (ulushi); firma faoliyatida import operasiyalarning ahamiyati, ularni geografik yo’nalganligi. - Firmaning ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasi: ishlab chiqarish korxonalarning soni, joylashishi va ularning quvvati; sotuv korxonalarining, skladlarning va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarning soni, ularning joylashishi. - Chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlarning asosiy turlari bo’yicha muhim firmalar-kontragentlar va raqib firmalar. - Boshqa firmalar bilan ishlab chiqarish-texnik va boshqa xo’jalik aloqalar (firmalarning nomlari, aloqa shakllari ko’rsatiladi). - Firma boshqaruv apparatining tarkibi: direktorlar kengashi va boshqarmaning sonli tarkibi; ishlab chiqarish bo’limlarning nomlari, ularga biriktirilgan mahsulot nomenklaturasi, xo’jalik mustaqillik va javobgarlik darajasi. Aksiyador kapital: mulkdorlar orasida aksiyalarni taqsimlash; aksiyalarning asosiy paketi, ularning taaluqliligi va egalari. - Firmani banklar bilan aloqasi va bu aloqalarning xarakteri. Download 18.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling