Fiskal siyosat: byudjet defitsiti va davlat qarzi
Download 31.05 Kb.
|
dinamik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Fiskal siyosatning moxiyati va usullari.
Aim.Uz Fiskal siyosat: byudjet defitsiti va davlat qarzi Reja: Fiskal siyosatning moxiyati va usullari. Davlat xarajatlari mul’tiplikatori. Soliq mul’tiplikatori. Balanslashgan byudjet mul’tiplikatori. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat. Byudjet takchilligi va ortiqchaligi. Byudjet ortiqchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari. O`zbekiston Respublikasi soliq - byudjet siyosati. 1. Fiskal siyosatning moxiyati va usullari. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iktisodiyotni barkarorlashtirish xisoblanadi. Bunday barkarorlashtirishga monetar siyosat vositalari katori fiskal siyosat orkali xam erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-solik siyosati deb xam aytiladi. Byudjet-solik siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chikarish sharoitida iktisodiyotda to`lik bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iktisodiy o`sishni ta`minlashga karatilgan davlat xarajatlari va soliklarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iktisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan ragbatlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA`ni, davlat kiska muddatda iksodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliklarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaktning o`zida olib borish evaziga xal etadi. Uzok muddatda davlat xarajatlarining yukori bo`lishi va soliklarni kamaytirish ishlab chikarish omillarining o`sishiga va natijada, iktisodiy saloxiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini makbul xolatga olib kelish orkaligina erishish mumkin. Iktisodiyotda to`lik bandlik va ortikcha talab natijasida inflyatsiya kelib chikishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliklarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaktda olib borish orkali iktisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Kiska muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzok muddatli davrlarda esa yukori soliklar iktisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iktisodiy saloxiyatini izdan chikaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish ko`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Download 31.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling