Fizik kimyodan nazariy savollar (blits savol-javob)
Download 47 Kb.
|
Blits savol-javob Termodinamika
FIZIK KIMYODAN NAZARIY SAVOLLAR (BLITS SAVOL-JAVOB) (3 daqiqa ichida eng ko’p savollarga to’g’ri javob berish) TERMODINAMIKA 1. Holat parametrlarini sanang? ( P,V,T) 2. V=constda sistemaning 1-holatdan 2-holatga o’tishi nima deb ataladi? (izoxorik jarayon) 3. Issiqlikning ishga aylanishini o’rganadigan fizik kimyo bo’limi qanday nomlanadi? (Termodinamika) 4. Issiqlik mashinasi qanday qismlardan tashkil topgan? (3 ta: isitkich, sovutkich, ishchi jism) 5. Izobarik jarayonda qaysi holat parametri o’zgarmas bo’ladi? (P) 6. Q=∆U+A formula qaysi qonunga tegishli? (Termodinamikaning I qonuni) 7. Karno tsikli nechta jarayondan iborat? (4 ta: 2 ta izotermik, 2 ta adiabatik) 8. “Issiqlik sovuq jismdan issiq jismga o’z-o’zicha o’tishi mumkin emas” bu ta’rif qaysi qonunga tegishli? (Termodinamikaning II qonuni) 9. I tur abadiy dvigatel qanday ishlashi kerak? (Tashqaridan energiya olmasdan) 10. Termodinamikada S harfi qaysi funksiyaga tegishli? (Entropiya) 11. Q=constda sistemaning 1-holatdan 2-holatga o’tishi nima deb ataladi? (Adiabatik jarayon) 12. Izotermik jarayonda qaysi holat parametric o’zgarmaydi? (T) 13. Ichki energiya qanday harf bilan belgilanadi? (U) 14. Termodinamik sistemaning 1-holatdan 2-holatga o’tishi nima deyiladi? (termodinamik jarayon) 15. Sistema tarkibiy qismlarining kinetik va potensial energiyalari yig’indisi nima deyiladi? (U) 16. II tur abadiy dvigatel qanday ishlashi kerak? (Tashqaridan energiya olib, uni to’liq ishga aylantirishi kerak) 17. Issiqlikni ishga aylantiradigan qurilmalar nima deb ataladi? (Issiqlik mashinalari) 18. Atrof-muhit bilan xayolan yoki chegara sirt orqali ajratilgan jismlar majmui nima deyiladi? (sistema) 19. Hajm birligi nima? (metr kub) 20. Termodinamikada bajarilgan ish birligi nima? (Joul) 21. Issiqlik sig’imi qanday harf bilan belgilanadi? (C) 22. Turli jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlik nima? (issiqlik effekti 23. O’zgarmas P yoki V dagi issiqlik effekti nima deb ataladi? (Entalpiya) 24. Gess qonuni kim tomonidan kashf qilingan? (Gess) 25. Kirxgoff qonuni nimani ifodalaydi? (Issiqlik effektining haroratga bog’liqligini) 26. Holat funksiyalaridan 3 tasini sanang? (m, S, H) 27. Sistemaning tartibsizligi belgisi nima? (S) 28. Bosim birligi nima? (Pa) 29. 1 metr kub suv qancha litr bo’ladi? (1000 l) 30. Holat funksiyalarini biror asbob bilan o’lchash mumkinmi? (Yo’q) 31. Gibbs energiyasi qanday harf bilan belgilanadi? (G) 32. Sirka kislota, suv va xloroformdan iborat aralasma qanday sistema hisoblanadi? (getrogen) 33. Harorat birligi nima? (0K) 34. Holat parametrlarini biror asbob bilan o’lchash mumkinmi? (Ha) 35. 25 0C necha kelvinga teng? (298) 36. Bosim qanday asbob bilan o’lchanadi? (barometr va monometr) 37. Sistema haroratini 10C ga ko’tarish uchun zarur bo’lgan issiqlikka nima deyiladi? (C) 38. Harorat qanday asbob bilan o’lchanadi? (termometr) 39. Bir-biriga tegib turgan turli haroratli jismlarning issiqligi muvozanatga kelishini qaysi qonun ta’riflaydi? (termodinamikaning 0 qonuni) 40. Gelmgols energiyasi qanday harf bilan belgilanadi? (F) 41. Issiqlik mashinalarida ishchi jism nima? (Ideal gaz) 42. Birinchi yaratilgan issiqlik mashinasi nima? (bug’ mashinasi) 43. “Energiya yo’qdan bor bo’lmaydi, yo’qolib ketmaydi. U bir turdan ikkinchi turga aylanadi”. Bu ta’rif qaysi qonunga tegishli? (Termodinamikaning I qonuni) 44. Ichki energiya birligi nima? (J) 45. Ish qanday asbobda o’lchanadi? (O’lchab bo’lmaydi) 46. Issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga o’tishi – qanday jarayon? (O’z-o’zicha boradigan jarayon) 47. Energiya va modda almashinadigan sistema qanday sistema deyiladi? (ochiq) 48. Molekulalari orasida ta’sir bo’lmaydigan gaz? (Ideal gaz) 49. Issiqligi o’zgarmaydigan gaz qanday gaz hisoblanadi? (Ideal gaz) 50. pV=nRT formula qanday nomlanadi? (Klapeyron tenglamasi) 51. Termodinamikada R-harfi nimani ifodalaydi? (Universal gaz doimiysi) 52. Teta harfi qaysi kattalikka tegishli? (FIK) 53. Yopiq sistemani izohlang? (modda almashinmaydigan, energiya almashinadigan) 54. -2730C haroratni olish mumkinmi? (yo’q) 55. harorat mutloq 0 ga kelganda entropiya qanday o’zgaradi? (0 ga teng bo’ladi) 56. 0 kelvin necha gradusga teng? (-273) 57. Ideal gazga misol ayting? (yo’q) 58. Adiabatik jarayonda qaysi kattalik o’zgarmaydi? (Q) 59. termo-issiqlik, dynamic-… (kuch, harakat) 60. sistema tashqaridan energiya olmasa, nimaning hisobiga ish bajarishi mumkin? (U) 61. 1 atm necha kilopaskalga teng (101,325) 62. “Sistemaga berilgan issiqlik sistema ichki energiyasining o’zgarishi va tashqi kuchlar ustidan ish bajarishga sarflanadi”. Bu ta’rif qaysi qonunga tegishli? (Termodinamikaning I qonuni) 63. Holat funksiyalarini to’g’ridan-to’gri o’lchab bo’lmaydi. Ushbu ta’rif to’g’rimi? (Yo’q) 64. pV=const. Bu formula qaysi qonunga tegishli? (Boyl-Mariott) 65. Sistemaning holatini belgilaydigan kattaliklar… deyiladi. (Holat parametrlari) 66. Sistemaning tarkibiy qismlari… nima? (Komponent) 67. sistemadan ajratilganda uzoq vaqt mustaqil tura oladigan qism… deyiladi. (Komponent) 68. Sirka kislota, suv va xloroformdan iborat sistemada nechta faza va komponent mavjud? (2 ta faza va 3 ta komponent) 69. Suv, muz va suv bug’idan iborat sistemada faza va komponentlar soni qancha? (3 ta faza va 1 ta component) 70. Qaysi issiqlik mashinaining FIK 100 % ga teng. (Hech qaysi) 71. Sharl qonuni gaz qonunlariga kiradimi? (Ha) 72. Issiqlik miqdori birligi nima? (J) 73. Sistemaning ichki energiyasi uni tashkil qilgan zarrachalarning kinetik va potensial energiyalari yig’indisiga teng. Ushbi ta’rif to’g’rimi? (ha) 74. Karno siklini fanga kim kiritgan? (Karno) 75. Issiqlik mashinalarida tashqaridan olingan energiyaning barchasini ishga aylantirish mumkin. Bu fikr to’g’rimi? (Yo’q). 76. Harorat o’zgarmas bo’lganda reaksiyada ajralgan yoki yutilgan issiqlik entalpiya deyiladi. Bu ta’rif to’g’rimi? (Yo’q) 77. Hajmni o’lchaydigan asbob nima? (menzurka, byuretka, kolba, stakan, probirka) 78. Sistema o’z ichki energiyasi hisobiga qanday ish bajaradi? (manfiy) 79. Sistema olgan issiqlik miqdorining haroratga nisbati…ni beradi. (S) 80. Bosim va hajm o’zaro bir-biriga teskari kattaliklar hisoblanadi. Bu fikr to’g’rimi? (Ha). 81. Silindr ichidagi porshen ostida turgan gazning bosimi ortganda, uning hajmi qanday o’zgaradi? (Kamayadi) 82. Harorat ortganda, gazning bosimi qanday o’zgaradi? (ortadi) 83. U=Ek+Ep formula qanday formula? (Ichki energiya) 84. Normal sharoitni ayting? (t = 0 0C, p=1 atm) 85. Standart sharoitni ayting? (t = 25 0C, p=1 atm) 86. Qaysi agregat holatdagi moddalar molekulalari orasidagi masofa eng kata bo’ladi? (Gaz) 87. “O’zgarmas bosimda gazning hajmi haroratiga to’g’ri proporsional”. Bu ta’rif qaysi qonunga tegishli? (Gey-Lyussak) 88. V/T=const formula qanday formula? (Gey-Lyussak) 89. Gaz molekulalarining haakati-xaotik. Bu ta’rif to’g’rimi? (Ha) 90. Harorat ortganda gazlarning diffuziyasi qanday o’zgaradi? (ortadi) 91. F=U-TS formula qanday formula? (Gelmgols energiyasi) 92. G=U-TS+pV formula qanday formula? (Gibbs energiyasi) 93. Diffuziya qaysi agregat holatdagi moddalarda sekin boradi? (qattiq) 94. Tashqaridan energiya olmasdan sistema ish bajarishi mumkinmi? (ichki energiyasi hisobiga mumkin) 95. Q=const sharoitda boradigan jarayon nima deb ataladi? (adiabatik) 96. III tur abadiy dvigatelni izohlang? (-2730C gacha sovitadigan qurilma yo’qligi) 97. Gaz isitilganda uning tezligi, harakatchanligi va bosimi ortadi. Bu ta’rif to’g’rimi? (Ha) 98. Gazning hajmi ortganda bosimi ham ortadi. Ushbu ta’rif to’g’rimi? (Yo’q) 99. E=mgh formula qanday formula? (Potensial energiya) 100. Holat funksiyalarini holat parametrlari orqali hisoblab topiladi. Ushbu ta’rif to’g’rimi? (Ha) Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling