Fizika -matematika fakulteti


Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana28.10.2021
Hajmi1.25 Mb.
#169169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash

Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari. 

 

Excel nafaqat berilganlarni kiritish, saqlash, tanlash  balki, tahlil qilish, ularni 

diagrammalar,  grafiklar  ko‘rinishida  tasvirlash,  xatto  so‘nggi  versiyalarida  Web-

sahifalarga  joylashtirish,  murakkab  ma‘lumotlar  bazasi  bilan  ishlash 

imkoniyatlariga  ham  ega.  Quyida  Exceldan  foydalanish  uchun  eng  zarur  

imkoniyatlar bilan tanishamiz: 

 Varaqlardan foydalanish. Bu elektron jadvaldan foydalanishdagi boshlang‘ich 



tushunchalardan  biri  bo‘lib,    unda  qatorlar  va  ustunlar  joylashadi.    Varaqlarga 

sarlavha qo‘yiladi. Uni o‘zgartirish, yo‘qotish va yangi varaqni qo‘shish mumkin. 




17 

 



 

Ma‘lumotlarni  kiritish.    Odatda  ikkinchi  qadam  bo‘lib,    kataklarga  turli 

ma‘lumotlarni kiritish tushuniladi. 

 



Ma‘lumotlarning  ko‘rinishini  o‘zgartirish.  Matn  va  sonlarga  o‘ziga  xos 

ko‘rinish berishni anglatadi. 

 

Formulalardan foydalanish.  Sonlar bilan ishlashda albatta ma‘lum xisoblarni 



bajarishga  to‘g‘ri  keladi.  Excelda  murakkab    formulalarni    yozish  yoki  tayyor 

standart funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud. 

 Grafik  va  diagrammalarni  hosil  qilish.  Jadvalga  kiritilgan  sonli 



ma‘lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi. 

 Rasmlarni qo‘shish. Jadvallarni tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlash 



uchun  diagrammalar  va  rasmlar  kiritiladi.  Shuningdek,  berilganlarni  tasvirlash 

uchun kartalardan ham foydalanish mumkin.  

 Web-sahifalardan  foydalanish.    Web-sahifalardagi  berilganlarni  olib  ulardan 



foydalanish va ularga qayta ishlangan ma‘lumotlarni jo‘natish.  

 Import qilish. Boshqa elektron jadvallarda tayyorlangan  ma‘lumotlarni  qabul 



qilish va turli formatlarda yozish.  

 Berilganlarni  tahlil  qilish.    Berilganlarni  tekshirish,  ulardan  umumlashgan 



jadvallar tayyorlash. 

Bundan tashqari, Excelda ishlash jarayonining o‘zini qulaylashtirish uchun qator 

imkoniyatlar yaratilgan. 

 



Ro‘yxatni avtomatik ravishda to‘ldirish; 

 



Diagrammalarni qurishda ko‘p qadamli tanlovdan foydalanish; 

 



Matnning rangi va o‘lchamlarini oldindan ko‘rish; 

 



Umumlashgan jadvallarni dinamik tasvirlash; 

 



Tayyor  jadvalni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  Web-sahifaga  kiritish,  Web-sahifadan 

olish va xokazo.  

Umuman elektron jadvallarning imkoniyatlarini ularda amaliy ishlash davomida 

kengroq o‘rganish mumkin bo‘ladi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling