Fizika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
vZcW7IrWMYasB3yHkc7kC4Ax4CrneTNczqwNHG8v
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri javob
Issiq havoda yugurish
Uzoq masofaga yugurish davomida tana harorati ko‘tariladi va terlash yuzaga keladi. Agar sportchilar terlash orqali yo‘qotilgan suvning o‘rnini qoplash uchun yetarlicha suv ichishmasa, ularning tanasi suvsizlanishi mumkin. Tana massasiga nisbatan 2% va undan ko‘proq suv yo‘qotilishi suvsizlanish holati deb baholanadi. Ushbu foiz suv yo‘qotilishini o‘lchaydigan quyida ko‘rsatilgan asbobda belgilangan. Agar tana harorati 40 0 C va undan yuqoriroq ko‘tarilsa, sportchilar issiq urushi deb ataladigan hayot uchun xavfli holatni boshdan kechirishlari mumkin. Bunday harorat quyida ko‘rsatilgan tana haroratini o‘lchaydigan termometrda belgilangan. Tanlang ∇ To‘g‘ri javob: yuguruvchining salomatligiga suvsizlanish xavf soladi, bu haqda suv yo‘qotilishi dalolat beradi. CS623Q03 savolga to‘g‘ri javob: havo namligi 60% bo‘lganda, havo harorati ko‘tarilsa, ajralgan ter hajmi ortadi. CS623Q04 savolga javob berish uchun yuqori haroratda ter ajralishining ortishi tana haroratini pasaytiradigan mexanizm ekanini tushuntirish kerak. Havo harorati 40 daraja, havoning namlik darajasi 50% dan past va undan yugori bo‘lganda, hatto suv ichganda ham yugurish xavfli bo‘lishi mumkin. Ushbu javobni tasdiqlash uchun jadvalning birinchi qatori (havo harorati 40 darajada 40% namlik va “Suv ichish”ni “Ha”) hamda ikkinchi qatori (havo harorati 40 darajada 60% namlik va “Suv ichish”ni “Ha”) ni belgilash zarur. Izohda ushbu sportchi havo harorati 40 daraja, havo namligi 40% va 60% bo‘lganda, suv ichsa hamki, issiq urishidan azaiyat chekishi ifodalangan bo‘lishi kerak; xuddi shunday sharoitlarda namlik 50% bo‘lganda ham issiq urishi xavfi mavjud. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling