1. Masalalar yechish - ilmiy bilimlar va tushunchalar sistemasini egallash vositalaridan biridir. Bilim va amaliy xarakterdagi o’quv va malakalarni egallashda masalalar yechish jarayonining roli juda kattadir. "Masala" tushunchasining ma’nosi juda xilma-xildir. Shulardan ayrimlari quyidagilardan iborat : 1) erishilishi kerak bo’lgan maqsad ; 2) eksperimental topshiriq; 3) ma’lum bilim va fikrlar asosida yechishni talab qiladigan savol ; 4) o’qitishning va bilim hamda amaliy o’quvlarni tekshirish usullaridan biri ; Masalalar amaliy va o’quv masalalariga ajraladi. O’quv masalalari o’quv faoliyatining asosini tashkil qiladi. Amaliy masalalar amalga oshirilganda esa masala yechish jarayoni qatnashadi, chunki u bevosita natija, ya’ni maxsulot bo’lib xisoblanadi. O’quv jarayonida fizik masala deb, odatda unchalik katta bo’lmagan biror konkret muammoga aytiladi. Bunday masalalar mantiqiy fikr yuritish, matematik amallarni bajarishni va fizikaning qonunlaridan xamda uslublaridan foydalanib, eksperiment o’tkazish asosida yechiladi. 2. "Masalani yechish" deyilganda, biror konkret masalani yechishni taxlil qilish va yechishning asosiy bosqichlarini ajratish jarayonida ayrim usullarni ishlab chiqish tushuniladi. 2. "Masalani yechish" deyilganda, biror konkret masalani yechishni taxlil qilish va yechishning asosiy bosqichlarini ajratish jarayonida ayrim usullarni ishlab chiqish tushuniladi. 3. Masala yechish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat: - Masala shartini o’qish. Masalaning fizik mohiyatini aniqlash va masala shartida qaralayotgan hodisani yoki jism holatini yaqqol tasavvur qilish maqsadida masala mazmunini taxlil qilish. Yuqoridagi bosqichda qaralgan masala mazmunini yanada to’laroq ochish uchun qo’shimcha chizma, sxema yoki sxematik rasmlar chizish. - Masala shartini qisqacha yozish. Berilgan masalaga tegishli fizik tushunchalarni va qonunlarni aniqlash. Berilgan va qidirilayotgan fizik kattaliklarni boglaydigan qonunlarni aniqlash va ularning formulalarini yozish. Tenglamalar sistemasini tuzish va uni izlanayotgan fizik kattalikka nisbatan umumiy kurinishdi yechish, ya’ni "ishchi formula" ni keltirib chikarish. Bunda tenglamalar sistemasini yechishga kirishishdan avval matematik prinsipga to’la rioya qilish, ya’ni vektor tenglamalardan skalyar tenglamalarga o’tish va noma’lumlar soni bilan tenglamalar sonini solishtirish kerak. - Fizik kattaliklarning qiymatlarini XBT (SI) birliklariga o’tkazish. - Fizik kattaliklarning qiymatlarini XBT (SI) birliklariga o’tkazish. Masala shartidagi fizik kattaliklarning kiymatlarini birliklari bilan birgalikda masalaning umumiy ko’rinishidagi yechimiga qo’yish. Fizik kattaliklarning birliklari yoki o’lchamlari orqali masala yechimining to’griligini tekshirish. - Izlanayotgan fizik kattalikni hisoblash. Hisoblashlarni tezlashtirish maqsadida logarifmik lineyka va kalkulyatorlardan foydalanish. Olingan javobni taxlil qilish, masala shartidagi soddalashtirishlarning javobga ta’sirini baholash, javobning ishonchli va real ekanligini aniqlash. Berilgan masalani yechishning boshqa mumkin bo’lgan usullarini qarash va ulardan eng ratsional usulini tanlash. Masala yechish jarayonida o’quvchilar har bir bosqichda quyidagilarni bajarishlari kerak : Birinchi boskichda talaba (yoki o’quvchi) masala shartini o’qishda masalaning mazmunini yuzaki tushunib oladi va o’zida fizik xodisa haqida fikran tasavvur xosil qiladi. Ikkinchi va uchinchi bosqichda masalaning mazmunini to’laroq tasavvur qilish uchun masalani chizma yoki sxemaga qarab, qaytadan sekinroq o’qib chikadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichda masalaning mazmunini to’laroq tasavvur qilish uchun masalani chizma yoki sxemaga qarab, qaytadan sekinroq o’qib chikadi. To’rtinchi bosqichda masalani muvaffaqiyatli yechish uchun masala shartida berilgan ma’lum fizik kattaliklarni aniqlaydi. Bu kattaliklarni yozish davomida o’quvchi masala shartini uchinchi marta uqiydi, bunda so’z va iboralar yoki gapning mazmuni bilan berilgan fizik kattaliklarni aniqlaydi. Bunday kattaliklar fizik doimiylar jadval ma’lumotlari va biror xodisaning shartlari bo’lishi mumkin. Masalaning shartini qisqacha, qator yoki ustun ko’rinishida yozish mumkin. Masala sharti qisqacha yozilganda barcha berilgan fizik kattaliklarni ularning xarfiy belgilari orqali son qiymatlari esa tegishli birliklari bilan birga yoziladi. Bitta fizik kattalikning bir necha qiymati qatnashayotgan bo’lsa, harfiy belgi ostiga indeks kiritiladi. Masala shartini ustuncha yozish tartibi qogoz betining chap tarafiga masala shartida bevosita berilgan chap tarafiga kattaliklar, keyin esa jadval ma’lumotlar yoziladi, chiziq chizib, ostiga masalaning savoli yuqoridagidek qisqartirib yoziladi. Agar masala yechish jarayoni davomida boshqa qo’shimcha ma’lumotlar zarur bo’lib qolsa, ular ustunning davomiga, ya’ni savoldan keyin yozilishi mumkin, chiziqdan yuqoridagi yozuvlarni zichlashtirish tavsiya etilmaydi. Ustun qilib yozilgan masala shartini vektikal chiziq bilan ajratib, fizik kattaliklarning birliklarini tegishlicha XBT (SI) birliklariga o’tkazishga joy qoldirib, o’ng tarafga masalaga tegishli rasm chiziladi. Masala shartini bunday yozishni rejalashtirish ixcham va ratsional xisoblanadi. Beshinchi va oltinchi bosqichda o’quvchi masalada qaralayotgan hodisani tavsiflovchi fizik qonuni masalaning mazmunidek aniqlaydi, izlanayotgan fizik kattalik qatnashgan qonun yoki formula yozilishi kerak. Beshinchi va oltinchi bosqichda o’quvchi masalada qaralayotgan hodisani tavsiflovchi fizik qonuni masalaning mazmunidek aniqlaydi, izlanayotgan fizik kattalik qatnashgan qonun yoki formula yozilishi kerak. U vaqtda bu ifodaga masala shartida berilmagan boshqa ifodacha masala shartida berilmagan boshqa kattaliklar uchun navbatdagi qonunlarni yozish talab qilinadi. Ketma-ket yozilgan qonunlarning eng oxirgisi masala shartidagi fizik kattaliklar orqali yozilgan bo’lishi kerak. Shunday qilib, formulalar bilan yozilgan fizik qonunlarning bu sistemasi n ta noma’lum tenglamalar sistemasini tashkil qiladi. Tuzilgan tenglamalardagi fizik kattaliklar vektor kattaliklar bo’lsa, u vaqtda tenglamalarni skalyar ko’rinishiga keltirish lozim. Buning uchun koordinatalar uslubidan foydalaniladi, ya’ni tenglamalar vektor kattaliklarning X va Y o’qlaridagi proyeksiyalari uchun yoziladi. Yettinchi bosqichda yuqoridagi xosil bulgan tenglamalar sistemasi faqat izlanayotgan fizik kattalikka nisbatan yechiladi. Bunda matematik jihatdan ratsional bo’lgan arifmetik, algebraik, geometrik, vektor va grafik usullardan foydalaniladi. Hosil bo’lgan "ishchi formula" masala yechish jarayonining natijasi bo’lib, unda izlanayotgan fizik kattalik masala shartidagi ma’lum kattaliklar orkal ifodalanadi. Talaba (yoki o’quvchi) masala yechishga kirishgan dastlabki paytda masala mazmunining fizik asoslarini o’ylashi kerak. Shuning uchun o’quvchi "ishchi formula" ni xosil qilgandan so’ng, sakkizinchi bosqichda masala shartida berilgan fizik kattaliklarning birliklarini XBT (SI) birliklariga o’tkazish bilan shugullanishi kerak. Bu yozuvlar masala sharti ustunning davomiga vertikal chiziq ketidan qoldirilgan joyga yozilsa, yozuvlarning estetik ko’rinishiga putur yetmaydi. Sakkizinchi bosqichda masala shartida berilgan fizik kattaliklarni "ishchi formula" ga quygan vaqtda ularning son qiymatlarini va birliklarini aloxida-aloxida yozib, barcha birliklarni bitta kvadrat qavs ichiga olish tavsiya etiladi. Bunday yozish esa masala yechimining to’griligini birliklar orqali tekshirishga imkon beradi. Sakkizinchi bosqichda masala shartida berilgan fizik kattaliklarni "ishchi formula" ga quygan vaqtda ularning son qiymatlarini va birliklarini aloxida-aloxida yozib, barcha birliklarni bitta kvadrat qavs ichiga olish tavsiya etiladi. Bunday yozish esa masala yechimining to’griligini birliklar orqali tekshirishga imkon beradi. Agar formulaga undagi har bir kattalikning o’lchov birligi yozilsa, izlanayotgan kattalikning o’lchamligi hosil bo’lishi kerak. Shundan so’ng javobning son qiymatini hisoblashga kirishish kerak. To’qqizinchi bosqichda olingan javobning qiymati masalaning shartiga mos kelishi tekshiriladi. Sonlarni ortig’i bilan yoki kami bilan yaxshilab hisoblashlar bajarish ba’zi hollarda masalaning javobiga keskin ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun talaba (yoki o’quvchi) olingan javobning ishonchli va real ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Undan tashqari quyidagilarga ham e’tibor berish kerak : kvadrat tenglamaning yechimi bo’lgan ikkala ildiz xamma vaqt masalaning shartini qanoatlantirmirmasligi mumkin : grafikni analiz qilish real tartiblarda egri chiziqning chegaralanganligini ko’rsatish mumkin. Turli bosqichdagi masalalarning yechimining yozganda, o’quvchi masala yechishning borishidagi o’z fikr va maulohazalarini qisqacha bayon qilishi tavsiya etiladi. Bunday yozish masala yechimining dasturiga muvofiq yaxlit ko’rinishda bo’lishi yoki har bir amalga qisqacha tushuntirishlar berish orqali bo’lishi mumkin. Shuning uchun fizika o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarni yechimlari batafsil yozilgan fizikadan ba’zi masalalar to’plami bilan tanishtirib borishdan iboratdir. Bu bilan esa o’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalari shakllanib boradi. Moddiy nuqta kinematikasi Old qo’shimchalar. Bizning yozish, o’qish hamda hisob-kitobimizni osonlashtirish uchun old qo’shimchhalar kiritilgan.
№
|
Nomi
|
Belgilanishi
|
Son qiymati
|
Daraja ko’rinishida
|
1.
|
Tera
|
T
|
1 000 000 000 000
|
1012
|
2.
|
Giga
|
G
|
1 000 000 000
|
109
|
3.
|
Mega
|
M
|
1 000 000
|
106
|
4.
|
Kilo
|
k
|
1 000
|
103
|
5.
|
detsi
|
d
|
0.1
|
10-1
|
6.
|
santi
|
s
|
0.01
|
10-2
|
7.
|
milli
|
m
|
0.001
|
10-3
|
8.
|
mikro
|
mk,
|
0.000 001
|
10-6
|
9.
|
nano
|
n
|
0.000 000 001
|
10-9
|
10.
|
piko
|
p
|
0.000 000 000 001
|
10-12
|
11.
|
femto
|
f
|
0.000 000 000 000 001
|
10-15
|
12
|
atto
|
a
|
0.000 000 000 000 000 001
|
10-18
| Quyidagi birliklarni XBS birliklariga aylantiring. Quyidagi birliklarni XBS birliklariga aylantiring. Ko’pchilik masalalarda tezlikning km/h birligi ishlatiladi, lekin bizda tezlikning XBS da birligi m/s qabul qilingan. 1. km/h dan m/s ga o’tkazish uchun 3,6 ga bo’lamiz. Masalan: 54 km/h=(54:3,6) m/s=15 m/s. 2. m/s dan km/h ga o’tkazish uchun 3,6 ga ko’paytiramiz. Masalan: 25 m/s=(25*3,6) km/soat=90 km/h.
4,5 sm2= m2
78 sm3= m3
2 mm2 = m2
3 mm3= m3
9,9 mkm2= m2
8,5 km2= m2
|
1,34 km3= m3
5,6 GHz= Hz
6,3 THz= Hz
100 nm= m
86 pC= C
8,9 gr/sm3= kg/m3
|
1,2 C/sm2= C/m2
5 litr/s= m3/s
1 litr= m3
1 dm3= m3
3,5 dm2= m2
55 dm= m
| 90 km /h necha m / s ? - 90 km /h necha m / s ?
- 72 km /h necha m / s ?
- 54 km /h necha m / s ?
- 3,6 km /h necha m / s ?
- 1440 km/h necha m / s ?
- 1 km /h necha m / s ?
- 0,108 km/h necha m / s ?
- 129,6 km/h necha m / s ?
- 10 m/s necha km / h ?
- 12 m/s necha km / h ?
- 30 m/s necha km / h ?
- 1 m/s necha km / h ?
- 250 m/s necha km / h ?
- 20 m/s necha km / min ?
- 16 m/s necha km/min?
- 70 m/s necha km / min ?
To’g’ri chiziqli tekis harakat To’g’ri chiziqli tekis harakat Tezlik formulasi : Bu erda s-yo’l, t-vaqt. To’g’ri chiziqli tekis harakatning harakat tenglamasi x=x0+vt. x0-boshlang’ich koordinata (sanoq jismiga nisbatan jism qaerda turganligi). 1. Piyoda kishi to'g'ri chiziqli tekis harakatlanib 30 m masofani t = 20 s vaqtda bosib o'tdi. Piyodaning tezligini toping (m / s).
Berilgan:
|
SI
|
Formula
|
Hisoblash
|
S=30 m
t=20 s
| |
V=s/t
|
V=32/20=1.6 m/s
|
V=?
| | |
J: 1.6 m/s
| Masalalar Masalalar - 40 km/soat tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan Ural velosipedi 2 soat da qancha masofani bosib o'tadi (km) ?
- 60 km / soat tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan Damas avtomobili 3,6 soat da qancha masofani bosib o'tadi (km)?
- 56 km/soat tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan Matiz avtomobili 12 min da qancha masofani bosib o'tadi (km) ?
- 3 km/min tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan piyoda 0,6 min da qancha masofani bosib o'tadi (km) ?
- 300m/min tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sportchi 600 s da qancha masofani bosib o'tadi (km)?
- 3 mm/ min tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan zarracha 2 sutka da qancha masofani bosib o'tadi (m) ?
- 6sm/soat tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan hasharot 120sutka da qancha masofani bosib o'tadi (m)?
- v = 2 m / s tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan piyoda S = 60m masofani qancha vaqtda bosib o'tadi (s) ?
- 30m/s tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan Spark avtomobili 1800m masofani qancha vaqtda bosib o'tadi (min)?
- 180km/soat tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakatlanayotgan BMW X6 avtomobili 270 km masofani qancha vaqtda bosib o'tadi (soat) ?
O’ZGARUVCHAN HARAKAT O’ZGARUVCHAN HARAKAT Tezlanish: Yo’l formulasi: Yuqoridagi formulalarda + bo’lsa tezlanuvchan harakat uchun,- bo’lsa sekinlanuvchan harakat uchun. 2. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakatlanib t= 4 s da tezligini ϑ=5 m/s dan ϑ=17 m/s gacha oshirdi. Uning tezlanishini toping(m/s2).
Berilgan:
|
SI
|
Formula
|
Hisoblash
|
t=4 s
ϑ0=5 m/s
ϑ=17 m/s
| | | |
a=?
| | |
J: 3 m/s2
| Murakkabroq masalalar Murakkabroq masalalar
Do'stlaringiz bilan baham: |