Fizika fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Yarimo’tkazgichlarda elektr toki
Download 333.4 Kb.
|
YARIMO’TKAZGICHLARDA ELEKTR TOKI
Aktseptor energetik sathlar
YAna faraz qilaylik, kremniy kristall panjarasidagi bir qism kremniy atomlari o‘rnini 3 valentli Bor (V) atomlari egallagan bo‘lsin. 4 ta qo‘shni atomlar bilan kovalent bog‘lanishni hosil qilish uchun bor atomiga bitta elektron etishmaydi. Bu etishmaydigan elektronni qo‘shni kremniy atomlaridan olishi mumkin. Bu holda ham qo‘shimcha elektronni olish uchun taxminan ea 0,01 eV energiya zarur bo‘ladi. To‘ldirilmagan bog‘lanish kovakni eslatadi va kremniyning valent sohasida bo‘sh vakant holatni hosil qiladi. 4 – rasmda bor kirishma atomiga ega bo‘lgan kremniyning sohaviy tuzilishi tasvirlangan. Valent sohasi shipining yaqinida ea 0,01 eV masofada bor atomining elektronlar egallamagan energetik sathi joylashgan. Nisbatan yuqori bo‘lmagan temperaturalarda valent sohasidagi elektronlar bu energetik sathlarga o‘tib, bor atomlari bilan bog‘lanish hosil qiladi va kristall panjarada harakat qilish ehtimolligini yo‘qotadilar, elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok eta olmaydilar. Musbat zaryad tashuvchilar faqat valent sohasida hosil bo‘lgan kovaklardan iborat bo‘ladi. YArim o‘tkazgichning valent sohasidan elektronlarni tortib oluvchi kirishmalar – aktseptorlar, ularning energetik sathlari – aktseptor sathlar deb ataladi. Aktseptorlarga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar kovakli yarim o‘tkazgichlar yoki r – tipli yarim o‘tkazgichlar deb ataladi. Download 333.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling