Fizika fanidan namoyish eksprimentlaridan muammoli foydalanishning turlicha usullari.”


Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar


Download 52.87 Kb.
bet5/6
Sana12.03.2023
Hajmi52.87 Kb.
#1263051
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islomov Xurshid 020-74 talabasi

3.Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar.
Namoyish tajribalarining sifati o’qituvchining eksperimental mahoratiga va namoyishni bekamu-ko’st tayyorlaganiga bog’liq. Ma’ruzada bir yoki ko’pi bilan ikki minut davomida namoyish qilinadigan tajribani tayyorlash uchun tajribali o’qituvchi ham ba’zan soatlab ishlashga to’g’ri keladi. Ma’lumki A.S Popov qobiliyatli o’qituvchi bo’lgan va u ma’ruzalarida namoyish tajribalaridan keng foydalanar edi. Akademik M. A. Shatelen Popovning namoyish tajribalarini tayyorlash haqida quyidagicha yozadi: ‘’U ma’ruzaviy namoyishlarga alohida ahamiyat berar edi, u bu namoyishlarning o’zi loyihalarida, ularni amalga oshirish yo’llarini o’zlari o’ylab topar edi va ma’ruzadan oldin assisentlar bilan birga soatlab namoyish tajribalarini tayyorlar edi. Namoyish muvaffaqiyatli chiqar edi va ularning ko’pchiligi boshqa oliy yurtlarining kafedralariga joriy qilinardi. Ayrim namoyish tajribalari , masalan katta induktivlikka ega bo’lgan zanjirda oqayotgan tokning sekin oshib borishini namoyish qilish tajribasi, ‘’Popov tajribalari deb ataladigan klassik tajribalar bo’lib qoldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’qituvchi tajribani birinchi marta qo’yish va namoyish qilish uchun ko’p vaqt sarf etiladi. Tajriba mayda – chuydalargacha yaxshi ishlab chiqqach, takrorlab chiqish uchun ko’p vaqt sarf etiladi. O’qituvchilarning ish tajribasi shuni ko’rsatdiki, fizika kabinetida namoyish tajribalarining tafsiloti yoziladigan maxsus jurnal tutilishi kerak. Jurnalda har bir namoyish tajribasining takroran namoyish qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar yozilib qo’yilishi kerak. Tajribani qo’yishda ko’zga tashlanmaydigan, biroq uning yaxshi chiqishiga katta ta’sir ko’rsatadigan tomonlarga alohida e’tibor berish kerak bo’ladi. Har bir namoyish tajribasida o’ziga xos maxfiy tomonlari bo’lib ular jurnalga albatta qayd etilishi kerak. Yosh o’qituvchilar ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida darsga namoyish qilinadigan tajribalarni takror-takror bajarib ko’rsatsa albatta ularga foydali bo’ladi. Shunday tayyorgarlik ko’rish ularda qimmatli malakani shakllantiradi va darsda namoyish tajribalarning muvaffaqiyatli chiqishini kafolatlaydi.


Download 52.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling