Qattiq jismlarda diffuziya
Diffuziya qattiq jismlarda ham sodir bo‘ladi. Qattiq jismlar diffuziyasi juda sekin bo‘ladigan
jarayondir. Masalan, doskaga biror narsa yozsak va uni ancha vaqt davomida tozalamasdan
qoldirsak, keyin doskani tozalash qiyin bo‘ladi. Chunki bo‘rning zarralari doska
yuzasiga singib qoladi.
Maqsad: diffuziya hodisasini issiq va sovuq suvlarda taqqoslash.
Bizga kerak
|
Ishni bajarish tartibi
|
2 ta shaffof stakan,
▸ pipetka,
▸ sovuq suv,
▸ issiq suv,
▸ oziq-ovqat bo‘yoqlari
|
1. Ikkita shaffof stakan oling.
2. Birinchi stakanga sovuq, ikkinchisiga issiq suv quying.
3. Har bir stakanga pipetka yordamida bir necha tomchi oziqovqat
bo‘yog‘ini tomizing.
4. Stakanlardagi suvda ranglarning tarqalishini kuzating.
Ikkala stakandagi hodisani taqqoslang.
|
1. Qaysi stakandagi suvda bo‘yoq tez tarqaldi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
2. Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda diffuziyaning tarqalish tezligi turlicha bo‘ladi. Nima uchun
T irik organizmlar hayotida diffuziya hodisasi muhim rol
o‘ynaydi. Zavod, fabrika (masalan, sement zavodi, kimyo
zavodlari, g‘isht pechlari va boshqa)lar, transport vositalaridan
tarqaladigan turli xil zararli gazlar va tutunlar diffuziya
hodisasi tufayli havoga aralashib ketadi. Natijada havo
ifloslanadi va bu salbiy oqibatlarga olib keladi. Nafas olganda
ushbu zararli gazlar inson salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
1. Kundalik hayotdan diffuziya hodisasiga misollar keltiring va ularni izohlang.
2. Qahvani tayyorlash diffuziya hodisasiga qanday bog‘liq?
Do'stlaringiz bilan baham: |