KLASSIK MEXANIKANING FIZIK ASOSLARI
1.1. Umumiy tushunchalar
Fizika (grekcha ,,physis” – tabiat) qonunlari barcha
tabiatshunoslik bo‘limlarining asosi hisoblanadi. Demak fizika,
modda (jism) va maydonlarning umumiy xususiyatlari va harakat
qonunlarini o‘rganuvchi fandir.
Inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan barcha
jismlar, maydonlar, moddalar materiya deyiladi. Materiyaning har
qanday o‘zgarishi harakat deyiladi. Harakat materiyaning ajralmas
xossasi va mavjudlik shartidir. Jismlarning va jismlardagi
moddalarning bir-biriga nisbatan siljishi mexanik harakat deyiladi.
O‘lchamlari nisbatan katta, tezliklari yorug‘lik tezligidan juda
kichik bo‘lgan harakatlarni o‘rganuvchi mexanika klassik
mexanika deyiladi. Klassik mexanikaga G. Galiley va I. Nyuton
qonunlari asos qilib olingan. Mexanikani o‘rganishda ikkita fizik
modeldan foydalanamiz: moddiy nuqta va absolyut qattiq jism.
Qattiq jismning o‘lchamlari uning bosib o‘tgan yo‘lidan yoki u
ta’sirlashadigan boshqa jismgacha bo‘lgan masofadan juda kichik
bo‘lsa, uni moddiy nuqta deb ataymiz. Ya’ni tekshirilayotgan
jarayonda shakli va o‘lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo‘lgan
jism moddiy nuqta deyiladi. Harakat davomida jismning shakli va
o‘lchamlari o‘zgarmaydi (deformatsiyalanmaydi)gan jism ideal
Do'stlaringiz bilan baham: |