Fizika fanini o’qitishning innovatsion ta’lim klasteri
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
document
Fizika fanini o’qitishning innovatsion ta’lim klasteri Jamiyatning hozirgi holati ichki dunyoga va yakka shaxsning noyob imkoniyatlariga e’tiborning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Shu munosabat bilan, insonning ichki imkoniyatlarini, uning qobiliyat darajasini, bolalikdan boshlab aniqlash va rivojlantirish muammosi birinchi o’ringa chiqadi. Iqtidorli bolalar bizning mulkimiz. Qobiliyatli bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash ta’lim muassasasin- ing dolzarb vazifasidir. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorlig- ini yuksaltirish, turli fan yo’nalishlaridagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini, bilim samaradorligini oshirish, hozirgi zamon fan va texnikasini o’rganishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirish, ularni ijodkorlikka undash, nazariy bil- imlarini amaliyotda qo’llash malakasini hosil qilishda o’qitish jarayonida zamonaviy ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish natijasida mustaqil fikrlovchi, ijodkor, barkamol shaxsni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni fidoiylik bilan amalga oshirish lozim. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri doirasida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika insti- tuti aniq fanlar fakulteti fizika kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha dasturiga ko’ra Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi o’rta umum ta’lim maktablarida fizka fani yo’nalishida muammo va kamchiliklar o’rganildi va unda asosiy muammo va kamchiliklar quyidagilar ekanligi aniqlandi. • Toshkent viloyatidagi o’rta umum ta’lim maktablarida fizika fanidan yetarli darajada pedagog kadrlar yetishmasligi • O’rta umumta’lim maktablarida fizka o’quv laboratoriya jihozlarining yetishmasligi • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash tizimining mavjud emasligi • O’quvchilarda fizika faniga bo’lgan qiziqishning pastligi • Fizika fanidan oxirgi 5 yil mobaynida respublika miqyosida ijobiy ko’rsatkichga erishilmaganligi Ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq davlat peda- gogika instituti Aniq fanlar fakultetining Fizika kafedrasi hamda Chirchiq shahridagi 11-sonli hamda 15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablari o’rtasida ushbu innovatsion ta’lim klasteri bo’yicha shart- noma imzolangan bo’lib,ikki tomonlama tuzilgan shartnomadan ko’zlangan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va qobiliyatli o’quvchilarni iqtidorini rivojlantirish, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish va ilm fanga qiziqishini oshirishni ko’zda tutadi. Rasm 1: Fizika kafedrasi o’qtuvchilarining yuqori sinf o’quvchilari bilan seminar dars mashg’uloti 1
Ushbu maqsadda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetining Fizika kafedrasi professor-o’qituvchilari Eshmatov Abror hamda Begzatova Shahnozalar yuqoridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida Fizika fanidan darslar tashkil etib qobilyatli o’quvchilarni aniqlash hamda ularni fan olimpiadalariga tayyorlash bo’yicha faoliyat olib bormoqdalar.Loyiha guruhining ish rejasida belgilangan bandga ko’ra o’rta maktablarda fizika fani va uni o’qitish samaradorligini oshirish,viloyat miqyosida fizika fanidan yuqori ko’rsatkichlarga erishish maqsadida o’rta maktab o’quvchilariga qo’shimcha darslar tashkil qilindi. Bundan tashqari o’quvchilarning fanga qiziqishini yanada oshirish maqsadida qiziqarli o’quv laboratoriya mashg’ulotlari tashkil etildi. Bundan tashqari o’rta maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professor o’qituvchilari tomonidan o’rta maktablar o’qituvchilariga fizika fanidan namunaviy darslar va uslubiy ko’rsatmalar berib kelinmoqda.Ushbu seminar mashg’ulotlardan ko’zlangan maqsad umumiy o’rta ta’lim maktablarida pedagog o’qituvchilar- ning dars mahorati va yangi pedagogik ta’lim metodlari yordamida dars jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Rasm 2: Umumta’lim maktablari pedagoglari bilan o’quv seminar mashg’ulotlar Iqtidorli o’quvchilarni bilimini nazorat qilish va ularni baholash maqsadida muntazam test sinovlari tashkil etilib kelinmoqda.Test sinovlarida yuqori natijaga erishgan o’quvchilar bilan alohida o’quv kurslari tashkil etilib tuman, viloyat va Respublika fan olimpiadalariga qatnashish uchun tayyorgar- lik ishlari olib borilmoqda. Ushbu innovatsion klasteridan ko’zlangan maqsad: • Maktab o’quvchilari orasida viloyat va Respublika fan olimpiadalarida yuqori natijalarga er- ishish
• oliy ta’lim muassasalarini fizika fani yo’nalishi bo’yicha bilimli,zukko va qobiliyatli o’quvchilar bilan ta’minlash. Ushbu ko’zlangangan natijalarga erishish maqsadida loyiha guruhi tomonidan amaliy ishlar davom etmoqda.
2 Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling