Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Hozirgi o‘qituvchilar
uchun ko‘p tarqalib borayotgan Android OT da ishlaydigan zamonaviy dars jadvali
dasturining mavjud emasligi tadqiqot ishimizning yangiligi hisoblanadi.
Yaratilgan dasturimiz orqali ushbu sohaga qiziquvchi oliy o‘quv yurtlarini
bitirayotgan pedagog yoshlar va muallimlar Android OT da ishlaydigan qo‘l
telefonlariga o‘rnatib bemalol ishlatishlari mumkin.
Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. Ushbu yaratilgan dars
jadvalimiz barcha o‘qituvchilarimiz uchun juda qulay ma‘lumot manba bo‘la oladi.
Android OT uchun yaratilgan dasturlarni Google korporatsiyasining Play Market
loyihasida joylashtirish orqali esa dasturning foydaliligi va foydalanuvchilar
talabiga qarab iqtisodiy jihatdan foyda ko‘rish mumkin. Bu esa ishimizning
iqtisodiy samaradorligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |