5. Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari:
- ta‘lim-tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirishning zarurligini
tushunishning paydo bo‗lishi va o‗zida paydo bo‗lgan g‗oyalar asosida ta‘lim-
tarbiyadagi muammo yechimini rivojlantirish va loyihalashtirish hamda tajriba-
sinov ishlari modellarini yaratishga kirishish;
- shakllana boshlagan g‗oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish
ishlarini qo‗yilgan maqsadlar bo‗yicha aniq modellashtirish, yangicha tafakkur va
tajriba rejalari qabul qilinib, qo‗llab-quvvatlanadi, natijada aniq yangi g‗oya paydo
bo‗lib, uning rivojlanishi uchun muhit va sinov-tajriba maydonchalaridagi ishlar
natijalari bo‗yicha axborot muhiti yaratiladi va joriy etish ko‗lami aniqlanadi;
- qo‗llanishi kerak bo‗lgan pedagogik innovatsiyaning me‘yoriy hujjatlari
tayyorlanadi va DTS talablariga tegishli tuzatishlar kiritiladi, keng joriy etishga
tavsiyalar beriladi va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |