Fizika-matematika fakulteti
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sql tilini oqitishda usulbiy xususiyatlar taxlili
yuksakligi xislati;
- talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha yetkaza olish xislati; 25
- talabaning innovatsion faoliyatda ilg„or bo„lish xislati; - talaba shaxsining g„ayrat-shijoatlik xislati; - yetakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega bo„la olishlik mahorati.
Bu qayd etilgan pedagogik innovatsiyani ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligini amalga oshirish orqali ta‘lim tizimida sezilarli sifat o‗zgarishlariga va yuqori samaradorlikka erishiladi. Albatta bu zaruriy ketma- ketlikni amalga oshirish borasida keng miqyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi mumkin. Ta‘lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qo‗llash yaqin o‗ttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogik texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Guliston davlat universitetida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi bo‗yicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, universitetda ―Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi ― tashkil etilgan. Uning tarkibida quyidagi bo‗limlar mavjud: - innovatsion uslublar ishlab chiqish, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosidagi ilg‗or pedpgogik texnologiyalarni va ijodkor o‗qituvchilar ish tajribalarini o‗rganish, ularni to‗plash va ommalashtirish bo‗limi; - iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‗limi; - pedagogik innovatsiyalar asosidagi o‗quv-uslubiy qo‗llanmalarni tayyorlash va nashr qildirish bo‗limi va shu kabilar. Demak, pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, ko‗p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat bo‗lib, uning yordamida ta‘lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin hamda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashni kafolatlaydi.
26
Quyidagi jadvalda ta‘lim-tarbiya jarayoni yo‗nalishida an‘anaviy va innovatsion yondashuvlarning mohiyati keltirilgan. 1-jadval
Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling