Kalitlarga cheklanish.
Ilovali yaxlitlikni ta‘minlash tashqi kalit yoki ajdod kalit maydonlari
qiymatlariga cheklanishlar o‗rnatishni talab qiladi. Ajdod kalit tarkiblangan bo‗lib,
tashqi kalit har bir qiymati bitta satrga mos kelishi ta‘minlangan bo‗lishi kerak. Bu
kalit unikal bo‗lib, bo‗sh (NULL) qiymatlarga ega bo‗lmasligi kerak. Shuning
uchun ajdod kalit maydonlari PRIMARY KEY cheklanishiga ega bo‗lishi yoki
NOT NULL cheklanishi bilan birga UNIQUE deb e‘lon qilinishi kerak.
Tashqi kalit ajdod kalitda majud qiymatlarga yoki bo‗sh (NULL) qiymatga
ega bo‗lishi mumkin. Boshqa qiymat kiritishga urinish rad etiladi. Tashqi kalitga
NOT NULL deb e‘lon qilish mumkin, lekin bu maqsadga muvofiq emas. Masalan,
siz qaysi sotuvchi mos kelishini bilmasdan oldin buyurtmachini kiritmoqchisiz. Bu
xolda NULL qiymatdan foydalanib, keyinchalik uni konkret qiymatga almashtirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |