“Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Internet saytlari 1. http: //www. Pharmi.uz 2. http: //www. Ziyonet.uz O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI Ro’yxatga olindi “Tasdiqlayman” №___________________ O’quv ishlari bo’yicha 2016 y. «___» ________ prorektor f.f.n., S.U.Aliyev ____________________“_ ___” ______2016 yil “METROLOGIYА VA STANDARTIZASIYА ” FANINING I Sh Ch I O’QUV D A S T U R I Bilim sohasi: 500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot Ta’lim sohasi: 510000 Sog’liqni saqlash Ta’lim yo’nalishi: 5320500 Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya) Toshkent – 2015 Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Inog’omov S Yo. Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dosenti, k.f.d. Taqrizchilar: S. Amirov – TTYMI Elektrotexnika asoslari kafedrasining mudiri, t.f.d., prof F.X. Tuxtaev - Biotexnologiya kafedrasining mudiri, f. f. n., dosent. Fanning ishchi o’quv dasturi Fizika,matematika va axborot texnologiyalari kafedrasining 2015 yil ―------‖---------------------dagi -------- - sonli yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri _______________ S.Yo.Inog’omov Sanoat farmatsiyasi ilmiy kengashi 2016 yil ― ------ ‖ --------------------- dagi -------- - sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy kengashi raisi dotsent X.Sh.Ilxomov ―___‖ _______ 2016yil Ishchi dastur MUKning 2016 yil ― ------ ‖ --------------------- dagi -------- - sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlandi. MUK raisi f.f.n. S.U. Aliyev ―___‖ ___________2016 yil KIRISh Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – biotexnolog hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis - biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu o’lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo’lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13- noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. Fanning maqsad va vazifalari Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir. Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi: Talabalar ―Metrologiya va standartizasiya‖ fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim: - o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish. - o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish. - Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal bilib olish - Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish - Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish. - Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash - o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak. Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart. O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish soќalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak. Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak. Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi Metrologiya fani o’lchashlarning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. Metrologiya fani fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi. Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun ―Metrologiya asoslari‖ fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi. «Metrologiya va standartizasiya» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z- o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar. O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. «Metrologiya va standartizasiya» fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, ―Excel‖ elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. ―Internet‖ tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. «Metrologiya va standartizasiya» fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: MA’RUZA MAShG’ULOTLARI 1 – Mavzu: O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar. O’lchash xatoliklari va ularni baholash O’lchashlar. O’lchash turlari. O’lchash vositalari, ularning elementlari va parametrlari. Xatoliklarning statistik xarakteristikasi. O’lchov vositalari strukturasi. Texnik o’lchashlarda o’lchash sistemalari xatoliklarini baholash. O’lchov vositalarining statik va dinamik xarakteristikalari. O’lchov asboblarining ishonchliligi. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 2 – Mavzu: Temperaturani o’lchash. Temperatura va temperatura shkalalari haqida asosiy ma’lumotlar. Temperatura o’lchash asboblarining klassifikasiyasi. Kengayish termometrlari. Monometrik termometrlar. Termoelektr termometrlar. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari. Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma’lumotlar. Qarshilik termometrlarining tuzilishi va ulanish usullari. Logometrlar. Nurlanish pirometrlari. Temperaturani maxsus o’lchash uchun termometrlar. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash Asosiy ma’lumotlar va klassiffikasiyasi. Qalqovichli zichlik o’lchash asboblari. Vaznli zichlik o’lchagichlar. Gidrostatik zichlik o’lchagichlar. Radioizotopli zichlik o’lchagichlar. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari. Deformasion, yukporshenli va elektr bosim o’lchash asboblari va ularni qo’llanilishi. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 6 – Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining balandligini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchash Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Ko’rsatish oynasi. Suyuqlik sathini o’lchashning usullari. Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash. Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 8 – Mavzu: Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Eritmalarni analiz qilishning konduktometrik, potensiometrik, optik, avtomatik titrlash va radioizotop usullari va qo’llanilishi. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 9 – Mavzu: Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Kapillyar vizkozimetrlar. Sharikli vizkozimetrlar. Rotasion vizkozimetrlar. Tebranishli vizkozimetrlar. Adabiyotlar: A1;A2; A3; Q2; Q3 Q4. 10 – Mavzu: Elektrik kattaliklarni o’lchash O’lchash mexanizmlari va ko’rsatuvchi asboblar. Magnitoelektrik mexanizmlar va asboblar. Elektromagnit mexanizmlar va asboblar.Elektrodinamik mexanizmlar va asboblar. Elektrostatik asboblar.Vibrasion asboblar. Logometrlar. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5. 11 – Mavzu: Tok va kuchlanishni o’lchash. Qarshiliklarni o’lchash O’lchash usullari. Galvanometrlar. Galvanometr-larning vazifasi va xarakteristikalari. Quvvatni o’lchash.Elektr energiyasini hisobga olish. Qarshiliklarni o’lchashning har xil usullari. Ommetr va AVOmetr. Induktivlik va sig’imni o’lchash. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5. 12 – Mavzu: Solishtirish asboblari. Qayd qiluvchi asboblar Yakka o’zgarmas tok ko’priklari. Qo’shaloq o’zgarmas tok ko’priklari. O’zgarmas tok potensiometrlari. O’zgaruvchan tok potensiometrlari. Yarim avtomat va avtomat ko’priklar va potensiometrlar. Vazifasi vaklassifikasiyasi. O’zi yozar asboblar. Elektromexanik ossiglograflar. Elektron ossiglograflar. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5. 13 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish Rostlanuvchi qarshiliklar. Nagruzka transformatorlari va avtotransformatorlar. Faza ko’rsatkichlar va faza rostlagichlari. Ta’minlash manbalari. Tekshirish ustanovkalari. Izolyasiyani sinash ustanovkasi. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5. 14 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari Tekshirishning tartibi va vazifasi. Tekshirish usullari va qoidalari. Ampermetr,voltmetr, vatmetr, ommetr va megommetrlarni tekshirish. Ko’priklar, potensiometrlar va qarshilik magazinlarini tekshirish. Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q2; Q3 Q4; Q5. «Metrologiya va standartizasiya» fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining kalendar tematik rejasi T/r Ma’ruzalar mavzulari soat 1 1 – Mavzu: O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar. O’lchash xatoliklari va ularni baholash 2 2 2 – Mavzu: Temperaturani o’lchash. 2 3 3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari. 2 4 4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash 2 5 5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari 2 6 6 – Mavzu: Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining balandligini o’lchash. 2 7 7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash 2 8 8 – Mavzu: Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish 2 9 9 – Mavzu: Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash 2 10 10 – Mavzu: Elektrik kattaliklarni o’lchash 2 11 11 – Mavzu: Tok va kuchlanishni o’lchash. Qarshiliklarni o’lchash 2 12 12 – Mavzu: Solishtirish asboblari. Qayd qiluvchi asboblar 2 13 13 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish 2 14 14 – Mavzu: Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari 2 Jami 28 Laboratoriya mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari Mavzu: Kirish. O’lchash vositalari bilan tanishish.O’lchashlar xaqida umumiy tushunchalar. O’lchash xatoliklarini aniqlash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu:Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu:Qarshiliklarni ommetr yordamida o’lchash Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligini aniqlash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: O’tkazgich va yarim o’tkazgichlarni qarshiligini temperaturaga bog’liqligini o’rganish. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: Bir fazali induksion schyotchikni ishonchlash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni o’lchash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: Raqamli va elektron voltmetr, ampermetrlarni o’rganish va qo’llash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: O’lchash asboblarini o’lchash chegaralarini kengaytirish Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: O’zgarmas tokda qarshiliklarni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar va ularni o’rganish Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: Fotoelektr o’zgartkichlarni tekshirish Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Mavzu: Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida xaroratni o’lchash. Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash. Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Adabiyotlar: A3; A4; Q5; Q6. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling