Fizika Moddiy nuqta koordinatasi (-2; -1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi


Download 77.61 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi77.61 Kb.
#237308
Bog'liq
Fizika (blok test, kinematika) 08.06.2018


Fizika
1. Moddiy nuqta koordinatasi (-2; -1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (2; 2) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Nuqtaning ko’chish uzunligini toping?

A) 5 B) 4 C) 3 D) 2



2. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi va ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan (s) keyin uchrashadi?

A) 12 B) 6 C) 4 D) 2,25



3. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamalari va ko’rinishga ega. Ular koordinata o’qining qayerida (m) uchrashadi?

A) 10 B) 14 C) 4 D) 12



4. Daryo oqimining tezligi 1 m/s. Suvga nisbatan tezligi 3 m/s bo’’lgan shamol oqimga qarshi yo’nalishda esmoqda. Kater oqim bo’ylab unga nsbatan 2 m/s tezlik bilan suzmoqda. Shamolning katerga nisbatan tezligini (m/s) toping.

A) 4 B) 5 C) 3 D) 6



5. Havo shari vertikal ravishda 200 m balandlikka ko’tarildi. Keyin shimolga 400 m, janubga 300 m uchdi. So’ngra vertikal ravishda yerga tushdi. Uning ko’chishini (m) toping.

A) 100 B) 1100 C) 400 D) 700



6. Tezligi 90 km/h bo’lgan 9-avtobus 31-avtobusni quvib yetmoqda. Agar 9-avtobus haydovchisi 31-avtobusni o’zi tomon 5 m/s tezlik bilan yaqinlashib kelayotganini ko’rsa, 31-avtobusning haqiqiy tezligi qanday (km/h) bo’lgan?

A) 20 B) 72 C) 60 D) 54



7. Ikkita jismning harakat tenglamalari (m) va (m) ko’rinishga ega. Ikkinchi jism tezlik modulining birinchi jism tezlik moduliga nisbatini toping.

A) 7 B) -7 C) -3 D) 3



8. Oqim tezligi 1 m/s bo’lgan daryoda oqim yo’nalishida harakatlanayotgan birinchi katerning turg’un suvdagi tezligi 4 m/s. Oqimga perpendikulyar harakatlanayotgan ikkinchi katerning birinchi katerga nisbatan tezligi 5 m/s bo’lsa, 2-katerning turg’un suvdagi tezligini (m/s) aniqlang.

A) 5 B) 4 C) 3 D) 2,65



9. Turg’un suvdagi tezligi 5 m/s bo’lgan kater oqim tezligi 3 m/s bo’lgan daryoni eng qisqa yo’l bilan kesib o’tishi uchun ketgan vaqtni (s) toping. Daryo kengligi 60 m.

A) 7,5 B) 20 C) 12 D) 15



10. Avtomobil υ=10 m/s tezlik bilan sharq tomonga harakatlanganda avtomobil ustidagi bayroqcha qaysi tomonga hilpiraydi?

A) sharq tomonga B) shimol tomonga

C) g’arb tomonga D) bayroqcha hilpiramaydi

11. Ikki stansiya orasidagi 22,5 km masofani poyezd 25 minutda o‘tadi. Poyezdning tezligi topilsin (m/s).

A) 15 B) 25 С) 30 D) 22.5



12. To’g’ri chiziqli tekis harakat deb, ..… harakatga aytiladi.

A) teng vaqtlar oralig’ida tezliklari birxil o’zgaradigan

B) teng vaqtlar oralig’ida bir xil masofalarni bosib o’tadigan

C) har xil vaqt oraliqlarida birxil masofalarni bosib o’tadigan

D) bir xil vaqt oraliqlarida teligi bir xil kamayadigan

13. Qayiq oqim bo’ylab 3,5 m/s tezlik bilan, oqimga qarshi esa 2 m/s tezlik bilan suzadi. Shu qayiq ko’lda qanday tezlik bilan suzgan bo’lar edi (m/s)?

A) 1        B) 1,5          C) 2,75          D) 5,5



14. 5 m/s bilan esayotgan shamolga qarshi 90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning shamolga nisbatan tezligi necha m/s ga teng?

A)25 m/s      B) 20 m/s      C) 30 m/s      D) 5 m/s



15. Tezlik deb, …….. ga aytiladi. Nuqtalar o’rniga qaysi javob bo’lishi kerak?

A) birlik vaqt ichida bosib o’tilgan ko’chishga teng bo’lgan kattalik

B) birlik vaqt ichida bosib o’tilgan yo’lga teng bo’lgan kattalik

C) trayektoriya uzunligi

D) o’zgarmas kattalik

16. Sayyoh sharq tomon 4 km, so’ng simol tomon 3 km yurdi. Sayyoh bosib o’tgan yo’lining ko’chishiga nisbatini toping.



A) 1.4 B) 2.8 C)1.5 D) 0.2











Download 77.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling