Fizika” ta’lim yo’nalishi 2-bosqichi F2 guruh talabasi Jabborov Shuxratbek


Qutblagichlar, analizatorlar, kompensatorlar


Download 402.3 Kb.
bet14/15
Sana05.01.2023
Hajmi402.3 Kb.
#1079363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI JABBOROV optika

Qutblagichlar, analizatorlar, kompensatorlar.Ba'zi bir kristallarda, hususan turmalinda, oddiy va g‘ayrioddiy to‘lqinlarning yutish koeffitsientlari keskin farq qiladilar. Bu esa kristall plastinkaning qalinligi 1 mm atrofida bo‘lganda to‘lqinlarning bittasining to‘liq yutilishiga, ikkinchisining esa, chiziqli qutblangan, to‘lqinning chiqishiga olib keladi. Shunday qilib, turmalin plastinkasi ixtiyoriy qutblanishli yorug‘likdan yassi qutblangan komponentini ajratadi, ya'ni yorug‘lik qutblagichi singari ishlaydi. Keskin anizotropik yutilishga ega bo‘lgan polimer moddiylar (masalan, yod bilan to‘ydirilgan polivinil spirt) mavjud va ular polyaroidlarda yorug‘lik dastasidan berilgan yo‘nalishda qutblanishning yassi qutblangan komponentini ajratuvchi qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Oddiy va g‘ayrioddiy to‘lqinlar uchun anizotrop kristalldagi sindirish ko‘rsatkichlari orasida farqni, to‘la ichki qaytish effekti hisobiga, bu to‘lqinlarni bo‘lish uchun ishlatish mumkin, bunda ham yassi qutblangan yorug‘lik olinadi. Bu prinsipga ko‘plab har xil qutblanish prizmalari (Glan prizmasi, Nikol prizmasi va shunga o‘xshashlar) ishi asoslangan.
Qutblagichni ishlata turib yassi qutblangan yorug‘lik to‘lqinining yo‘nalishini
aniqlash va chiziqli qutblanish faktini tasdiqlash mumkin. Buning uchun
qutblagichni yorug‘lik dastasi o‘qiga nisbatan aylantiradilar va o‘tgan
yorug‘likning intensivligining o‘zgarishlarini kuzatadilar. Agarda qutblagichning
qandaydir bir holatida yorug‘lik to‘liq u bilan tutilsa, boshlang‘ich yorug‘lik
dastasi yassi qutblangan bo‘ladi. Bunda qutblanish yo‘nalishi berilgan holatga
qutblagich o‘tkazish (o‘qi) yo‘nalishiga ortogonaldir. Bunga o‘xshash
eksperimentlarda qutblagich analizator funksiyasini bajaradi. Oddiy to‘lqin "o",
g‘ayrioddiy to‘lqinlar "e" harfi bilan belgilanadi.


Xulosa
Shunday qilib biz, geometric optika, yorug’likning qaytishi va sinish qonunlari, nafaqat fizik olamda balki xayotimizda ham keng axamiyatga ega. Ko’pchilik optikaviy xodisalarni optikaviy asboblarning ishlashini, yorug’lik xaqida tushuncha asosida bo’lib chiqishi mumkin.


Download 402.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling