Fizika” ta’lim yo’nalishi 2-bosqichi F2 guruh talabasi Jabborov Shuxratbek


IKKI DIELEKTRIK CHEGARASIDA YORUG’LIKNING QAYTISH VA SINISH VAQTIDA QUTBLANISHI


Download 402.3 Kb.
bet11/15
Sana05.01.2023
Hajmi402.3 Kb.
#1079363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI JABBOROV optika

IKKI DIELEKTRIK CHEGARASIDA YORUG’LIKNING QAYTISH VA SINISH VAQTIDA QUTBLANISHI


Tabiiy yorug'lik ikki dielektrik chegarasidan qaytish vaqtida qisman qutblanadi(7.27- rasm).
Qaytgan nur tushish tekisligiga perpendikular bo‘lgan tebranishlar, singan nurda esa unga parallel tebranishlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Agar tushish burchagi
tg iB = n, (7.35)
shartni qanoatlantirsa, qaytgan nur to‘la yassi qutblangan bo‘ladi (7.28-rasm). (7.35) munosabat Bryuster qonunini ifodalaydi. Bu yerda tushish burchagi Bryuster burchagi yoki to‘la qutblanish burchagi, ikki muhitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi.

7.27-rasm 7.28-rasm


7.26-rasm. Nurning plastinkalardan o’tishi vaqtida qutblanishi
Bryuster qonunini bajarishda singan nur qisman qutblangan bo‘lib, uning qutblanish darajasi eng kattadir (7.35) va sinish qonunidan foydalanib, qaytgan nur to‘la qutblanganda, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 900 ga teng ekanini ko’rsatish qiyin emas.
Shunday qilib, ikki dielektrik chegarasi yoki dielektrik bilan vakuum chegarasi qutblagich (polyarizator)dir.
Qutblagich sifatida shisha plastinkalar dastasi ishlatiladi. Tushish burchagidan va Bryuster qonunining bajarilishidan qat’iy nazar, sinuvchi nurning qutblanish darajasi 7.26-rasmda sxematik ravishda ko‘rsatilganidek, plastinkalardan o'tgan sari ortib boradi.
Ba’zi shaffof kristallar ikki karra nur sindirish xossasiga ega: kristallga nur tushganda nur ikkilanadi. Nurlarning biri uchun sinish qonunlari bajariladi, shuning uchun bu nurga oddiy nur deyiladi, ikkinchisi uchun bajarilmaydi va unga ajoyib (oddiymas) nur deyiladi.
Kristall sirtiga yorug'lik normal tushgan vaqtda ikki karra (qo‘sh) sinish 7.27- rasmda ko‘rsatilgan: oddiy nur (o) sinish qonuniga muvofiq sinmasdan o’tadi, oddiymas nur (e) sinadi.



Download 402.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling