Fizika test
Download 21.46 Kb.
|
fizika test10
Fizika test. 1.Qayiqda turgan odam uning tumshug`idan quyrug`iga o`tdi. Agar odamning massasi 56kg, qayiqning massasi esa 130 kg bo`lsa, uzunligi 4m bo`lgan qayiq qanday masofaga siljiydi?(m) A.2 B.1 C.1,2 D.aniqlab bo`lmaydi. 2.45m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metal sharcha yerga elastik urulib, 5m balandlikka ko`tarildi. Yerga urulish vaqtidagi sharcha impulsining o`zgarishini toping(kg*m/s). (m=5kg). A.100 B.200 C.250 D.125. 3. 4kg massali jism tashqi kuch ta`sirida o`z tezligini 3m/s dan 10 m/s gacha oshirdi. Kuch impulsini toping. A.28 B.56 C.12 D.32. 4.Harakat tenglamasi x=2t+4t2-3 bo`lgan jism harakatlana boshlaganidan 4s o`tganidagi impulse 102(kg*m/s) ga teng. Jismning massasini toping. A.2kg B.3kg C.4kg D.5kg 5.Uzunligi 12m bo`lgan 2t massasali sim yog`ochning bir uchidan ko`tarib, uni yerga nisbatan 300 li holatga keltirish uchun qancha ish bajarish kerak? A.60kJ B.120kJ C.30kJ D.90kJ 6.Quyidagi holatlarning qaysi birida jismning kinetik energiyasi o`zgarmasdan faqat impulsi o`zgaradi? A.to`g`ri chiziqli tekis harakatda B.Gorizontal holatda to`g`ri chiziqli tekis o`zgaruvchan harakatda C.Jismning erkin tushishida D.Tekis aylanma harakatda. 7.Yengil mashina va yuk mashinalar mos ravishda 90km/h va 72km/h tezlikda harakatlanishyapti. Agar yengil mashinaning massasi 2000kg bo`lib, yuk mashinasining impulsi yengil mashina impulsidan 4marta katta bo`lsa, yuk mashinasining massasini toping? A.8000kg B.3200kg C.12000 D.10000kg 8.30 m balandlikdan 5m/s boshlang`ich tezlik bilan vertical pastga otilgan jismning tezligi yerdan qanday balandlikda 3 marta ortadi?(m) A.10 B.15 C.20 D.25. 9.Jism yuqoriga 40m/s tezlik bilan tik otildi. Qanday balandlikda jismning kinetic energiyasi 3marta kamayadi? A.20 B.53,3 C.35 D.80. 10.200 m balandlikda uchayotgan 20kg massasali toshning to`la mexanik energiyasi 49kJ bo`lsa, uning tezligini toping? A.20m/s B.27m/s C.30m/s D.70m/s 11.5kg massali yukni 370 qiya tekislikda yuqoriga 3m/s tezlikda tortib chiqarish uchun qancha kuch kerak? (Yuk va tekislik orasidagi ishqalaninsh koeffitsiyenti 0,2 , sin370=0,6 cos370=0,8). A.38 B.22 C.60 D.40 12.Jism gorizontal yo`nalishda 20m/s tezlik bilan otilgandan so`ng 3s o`tgach uning normal tezlanishini toping? A.10 B.30 C.5,5 D.6,5. 13. Massasasi 500gr bo`lgan tosh yuqoriga tik otilganda 15m balandlikkacha ko`tarildi. Tosh qanday eng katta kinetik energiyaga ega bo`ladi? A.75 B.100 C.60 D.55 14.3m uzunlikdagi ipga sharcha osilgan sharcha osilish nuqtasi balandligi qadar ko`tarilishi uchun unga eng kamida qanday gorizontal tezlik berish kerak(m/s)? A.7,7 B.5,5 C.4 D.3 15.Massasi 2kg va 4 kg bo`lgan noelastik sharlar bir-biriga tomon mos ravishda 1 va 0,5m/s tezlik bilan harkatlanmoqda. To`qnashuvdan keyin sistema kinetik energiyasining o`zgarishini toping?(J) A.0 B.1,5 C.3 D.6. 16.Jismning potensial energiyasi deb nimaga aytiladi? Jismning potensial energiyasi deb, uning… A.Ilgarilanma harakati B.Fazodagi vaziyati C.Zarralarning betartib harakati D.Mexanik harakati 17.Stolda yotgan 5kg massali g`o`lani 1m masofaga surish uchun 8J ish bajarildi. G`o`la bilan stol orasidagi koeffitsiyentini toping. A.0,5 B.0,34 C.0,25 D.0,16 18.Massasi 5kg bo`lgan jism qiyalik burchagi 450 bo`lgan qiya tekislikda tinch turibdi.μ=0,4 bo`lsa, jism va sirt orasidagi ishqalanish kuchini toping(N) A.25 B.14 C.35 D.16. 19.Zambarakdan gorizontga burchak ostida yuqoriga 600m/s tezlik bilan otilgan snaryad 15s uchgan. U qanday balandlikka ko`tarilgan(m)? A.200 B.300 C.225 D.281,25. 20.Jismning vazni(og`irligi) deb nimaga aytiladi? Jismning vazni deb, yerga tortilish kuchi tufayli… A.Tayanch yoki osmaga … B.Faqat tayanchga … C.Yonida turgan jismga D.Faqat osmaga 21.Liftga 3kg massali jism osilgan prujinali tarozi o`rnatilgan. Agar lift yuqoriga 5m/s2 tezlanish bilan harakat qilayotgan bo`lsa, tarozi necha Nyutonni ko`rsatadi? A.32 B.15 C.45 D.30. 22.O`zgarmas 200m/s tezlik bilan uchib ketayotgan samolyot vertikal tekislikda “Nesterov sirtmog`I” nomli doiraviy figura yasaydi. Sirtmoq radiusi 800m. Uchuvchining sirtmoqning eng yuqori nuqtasidagi yuklanishini aniqlang. A.Yuklanish bo`lmaydi B.4 C.5 D.6. 23.Erkin tushayotgan jismning boshlang`ich tezligi 10m/s bo`lsa, uning 2s dan keying tezligi necha m/s bo`ladi? A.30 B.10 C.20 D.15. 24.Jism 25m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. U 20m balandlikdan yuqoriga necha sekund bo`ladi? A.1,5 B.5 C.2,5 D.3 25.Chana muz ustida 5N gorizontal kuch ta`sirida tekis harakatlanmoqda. Agar muz bilan chana orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,02 ga teng bo`lsa, chananing massasi qanday(kg)? A.2,5 B.37 C.16 D.25 26.Jism qiya tekislikdan sirpanib tushmoqda. Ishqalanish koeffitsiyenti μ ning qaysi qiymatida jism tekis harakat qiladi? 1)μ>tgα 2)μ 27.Avtomobil tormozlanish vaqtini 3marta qisqartirish uchun uning tezligini qanday o`zgartirish kerak? A.3 marta kamaytirish B.9 marta kamaytirish C.3 marta orttirish D.9 marta orttirish 28.Uzunligi 8m, massasi 60kg bo`lgan balka 2ta tayanch ustida turibdi. O`ng tayanch balkaning o`ng uchidan 2m chap tayanch esa balkaning chap uchidan 3m masofada joylashgan. Chap tayanchdagi reaksiya kuchini toping. A.400 B.300 C.400 D.150. 29.Richagning kichik yelkasiga 450N kuch katta yelkasiga 30N kuch ta`sir qiladi. Kichik yelkaning uzunligi 3sm. Katta yelkaning uzunligini toping. A.45 B.50 C.17 D.23. 30.Uzunligi 4m va massasi 75 kg bo`lgan bir jinsli sterjen yerda yotibdi. Uni vertikal qilib qo`yish uchun qancha ish bajarish lozim?(kJ). A.3 B.1,5 C.4,5 D.6. Download 21.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling