1.1.Yorug’likning sochilishi.
Yorugʻlikning sochilishi -muhitda tarqalayotgan yorugʻlik dastasining mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlarda ogʻishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri Yo. sta sabab boʻladi. Bunda yorugʻlikning intensivligi, spektri va qutblanishi oʻzgaradi. Yorug’likning sochilishi asosida molekulalar, suyukliklar va h. k.ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning kombinatsion sochilishi va b. xillari mavjud.
Yorug’likning sochilishi hodisasidan fizika, kimyo va texnikaning turli sohalarida, turlituman tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Yorug’likning sochilishi spektri yordamida moddalarning atom va molekulyar harakteristikalari, ularning elastiklik, relaksatsion va b. doimiylari aniqlanadi. Zarralarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlashning koʻpgina usullari Yorug’likning sochilishi hodisasiga asoslangan. Lazer spektroskopiya asosida yorugʻlikning majburiy sochilish jarayoni yotadi va undan lazerlarsa keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |