Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi
Download 0.58 Mb.
|
Isroilova Hilola Kurs ishi KMYM 19-33 30-betdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molyal konsentratsiya.
- Molyar qism.
- I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi.
Eritmaning titri.
Eritmaning 1 millilitr (sm3) da erigan moddaning gramm miqdorini ko`rsatuvchi qiymatga eritmaning titri deyiladi. Yuqoridagi qoidaga ko`ra, xlorid kislota (HCl) eritmasining titri 0,00365 g/ml teng deylik. Bu eritmaning 1 ml da 0,00365 g. HCl erigan degan ma`noni anglatadi. Umuman, eritmaning titri bilan molyar va normal konsentratsiyalari o`rtasida quyidagicha bog`lanish bor: Molyal konsentratsiya. Molyal konsentratsiya odatda kam ishlatiladigan konsentratsiya turidir. Molyal konsentratsiya deb, 1000 g. erituvchida erigan moddaning "mol" lar soniga aytiladi formula bilan hisoblanadi. Agar 1000 gr. erituvchida 1 mol modda erigan bo`lsa, bu eritma 1 molyalli deyiladi. Molyar qism. Ko`pchilik hollarda eritmalar konsentratsiyasi molyar qism orqali ifodalandi. Umuman, eritmadagi erigan modda va erituvchining miqdori 1 mol deb olinsa, shu1 molning qanday hissasi erigan moddaga va qanday qismi erituvchiga to`g`ri kelishini ko`rsatuvchi miqdorga molyar qism deyiladi. Shunga ko`ra, erituvchining molyar qismi: ; erigan moddaning molyar qismi esa, holida ifodalanadi. Bunda n1- erituvchining " mol" lar soni, n2- erigan moddaning "mol" lar soni va ular quyidagicha ifodalanadi: Har qanday eritma uchun N1 + N2 = 1 ga teng. Bu formulalardan tegishli hisoblashlarda foydalaniladi. I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi. 1.3. Moddaning eruvchanligi Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi. Moddalarning eruvchanligi shu moddaning va erituvchining tabiatiga, temperaturaga bog`liq. Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100 g. erituvchida erigan moddaning gramm miqdoriga aytiladi. Odatda buni moddalarning "eruvchanlik koeffitsienti" deyiladi.Kengroq ma`noda moddalarning eruvchanligi sifatida ayni sharoitda to`yingan eritmaning konsentratsiyasini qabul qilsa ham bo`ladi. Shunga muvofiq, eruvchanlik miqdoran erigan modda massasining to`yingan eritma massasiga nisbatini ifodalovchi foiz qiymatga tengdir. Ba`zan 1 litr to`yingan eritmadagi erigan moddaning "mol" lar soni ham moddaning eruvchanligi deyiladi. Ko`pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning suvda eruvchanligi quyidagicha harakterlanadi: agar 100 g suvda 10 g. va undan ko`p miqdordagi modda erisa - yaxshi eruvchan; agar 10 g. dan 0,01 gacha erisa -kam (yomon) eriydigan; agar 0,01 g. dan kam erisa - amalda erimaydigan modda deyiladi.Moddalarning eruvchanligi ularning tabiatiga bog`liq. Qutbli moddalar qutbli erituvchida (spirt - suvda, ammiak - suvda, vodorod xlorid - suvda) yaxshi eriydi: qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda (iod - xloroformda, eg - benzolda, naftalin - benzolda) yaxshi eriydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling