Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Download 343.29 Kb.
bet2/14
Sana08.02.2023
Hajmi343.29 Kb.
#1178155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
masala kurs ishi Hanifa

Kurs ishining maqsadi: Mazkur kurs ishida ko‘zda tutilgan asosiy maqsad O’quvchilar uglevodlar mavusini qulay usullar asosida tushintirgan holda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik:
- Uglevodlar mavzusini yoritish;
-Uglevodlarga oid masalalar yechish metodikasini ishlab chiqish.
Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajm 34 -betni tashkil qiladi.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Kimyoviy masalalarni yechish kimyo fanini ilmiy nazariy bilim asoslarni egallashning muhim omilidir. U yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirishda, ularning nazariy bilim va tushunchalarini mustahkamlashda hamda bu bilimlarni amalda tadbiq etishda muhim rol o’ynaydi. Masalalar yechish o’quvchi va talabalarda mehnatsevarlik, qat’iylik, mas’uliyatni his etish, mustaqillik, mantiqan fikrlash, iroda va xarakter hamda qo’yilgan maqsadga yetishga erishish kabi xislatlarni tarbiyalaydi.
I-bob.Uglevodlarning umumiy tasnifi
1.1.Monosaxaridlar
Kartoshka tarkibida nima bor? Suvdan tashqari, kartoshka og‘irligining katta qismini ozroq yog‘, oqsil... va judayam koʻp uglevodlar (oʻrtacha kattalikdagi kartoshkada 37 gramm) tashkil qiladi.
Uglevodlarning baʼzilari shakar shaklida boʻladi. Bular kartoshka va uni tanovul qilgan insonni energiya bilan taʼminlaydi. Kartoshka uglevodlarining baʼzilari, shuningdek, kartoshkaning hujayra devorlariga struktura beruvchi sellyuloza polimerlari tola shaklida boʻladi. Uglevodlarning aksariyati kraxmal koʻrinishida boʻlsa-da, glyukoza molekulalari bogʻlangan uzun zanjirlar energiya manbasi boʻlib xizmat qiladi. Biz fri, chips, qoʻrda yoki boshqa turli usullarda pishirilgan kartoshkani tanovul qilganimizda oshqozon-ichak traktidagi fermentlar uzun glyukoza zanjirlarida ishga kirishib, ularni tanamiz hujayralari uchun kichikroq shakarlarga parchalaydi.
Uglevodlar atamasini 1844-yilda rus kimyogari Karl Genrixovich Shmidt tomonidan kiritilgan. Uglevodlar degan nom, bu sinf birikmalarining ko`pini kimyoviy tarkibi Cn(H2O)m umumiy formula bilan ifodalanganligidan kelib chiqqan bo`lib, uglerod va suvdan tashkil topgan degan ma`noni bildiradi.
Uglevodlarni keyinchalik tekshirish bu nomning aniq emasligini ko`rsatadi.Birinchidan bu umumiy formulaga to`g`ri kelmaydigan uglevodlar topildi. Ikkinchidan, tarkibi umumiy formulaga to`g`ri kelsa ham bunday xususiyatlari jihatdan farq qiladigan birikmalar topildi.
Uglevodlar – kimyoviy tarkibida poligidroksil bo`lgan tabiiy va sintetik birikmalarning keng guruhi. Tarkibida aldegid(aldozalar deyiladi) yoki keton guruhi(ketozalar deyiladi) bo`ladi.
Uglevodlar tabiatda asosan fotosintez natijasida tabiiy holda hosil bo`ladi. Odam organizmida asosan uglevodlar boshqa organik birikmalar sintez qilishda va energiya manbai sifatida ishlatiladi.
Uglevodlar tabiatda juda keng tarqalgan. Bu birikmalar uglerod,vodorod va kisloroddan iborat. Ularning tarkibi Cn(H2O)m umumiy
formula bilan ifodalanadi. Uglevodlarning ba’zi vakillari ksiloza
C5H10O5, glukoza C6H12O6, saxaroza C12H22O11 va kraxmal
(C6H10O5)n yuqoridagi umumiy formulaga muvofiq keladi, lekin
ba’zilarining tarkibi (metilpentozalar C6H12O5, metilgeksozalar
C7H14O6 dezoksi qandlar) farq qiladi. Murakkab uglevodlar
(selluloza — kletchatka) o‘simlikka chidamlilik va qattiqlik beradi,
inson uchun kiyim-kechak (paxta), qurilish materiallari va oziqovqat sifatida (kraxmal, saxaroza) ishlatiladi.

Download 343.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling