Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Download 0.55 Mb.
bet2/14
Sana16.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1094779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Isroilova Hilola Kurs ishi KMYM 19-33

XULOSA....................................................................................................................

30

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .................................................................

31


Reja:
Kirish.
I.Kimyo kursida eritmalar mavzusining yoritilishi.
1.1. Eritma haqida umumiy tushuncha
1.2. Eritma konsentratsiyalari
1.3. Moddaning eruvchanligi
II. Eritma konsentratsiyalarini ifodalash usullariga oid masalalar yechish metodikasi
2.1. Eritma konsentratsiyalarini ifodalash usullariga oid masalalar yechish metodikasi
2.2. Molyal konsentratsiya va foiz konsentratsiya orasidagi bog'liqlikga oid masalalar yechish metodikasi


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish,
chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish,
uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.”
Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda.
Sh.M.Mirziyoyev
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda fan va texnika rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimida ham bir qator o’zgarishlar bo’lib kelmoqda. Aynan kimyo fani boshqa fanlardan farqli ravishda biroz murakkab hisoblanadi[1-16], chunki bu fanni chuqur o’rganish uchun ham nazariy, ham mental tasavvur bo’lishi zarur. Kimyo darsida nazariy materiallarni o’rganish bilan birga doimo parallel ravishda turli xil usulda hisoblanadigan masalalar yechib boriladi [3-12 b] . Kimyo kursi faqatgina nazariy emas balki amaliy ko’nikma hamda masalalar yechishni o’rganishni talab qiladi. Kimyo kursida eng muhim bo’limlardan sanalgan eritmalar mavzusini o’rganish jarayonida olingan bilimlarni masalalar yechish yordamida ham mustahkamlash maqsadga muvofiq, bunda “oddiydan murakkabga” tamoyili qo’llaniladi. Odatda kimyoga doir masalalarni to’g’ri bajara olish uchun birinchi navbatda nazariy bilim:
kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, kimyoviy jarayon, moddalarning xossalari hamda kimyoviy tenglama va formulalar haqida bilimga ega bo’lish talab etiladi [3-2].
Kimyoga doir masalalarni muntazam ravishda yechib borish olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi “Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta`lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PQ-4805-sonli qarorida kimyo va biologiya fanlari bo’yicha ta`lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o’qitishning tizimini joriy etishda, malakali o’qituvchi – murabbiylarni jalb etish, ta’lim va ilm fanni ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida:
-Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o’rinlarda - Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo’yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o’qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

  • respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o’rinlarda - tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish;

  • respublika tuman (shahar) larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o’rinlarda-ixtisoslashtirilgan maktablar) ni tashkil etish;

  • tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o’qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish;

  • ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo’lga qo’yish yuzasidan kimyo va biologiya yo’nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish.

-tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish;
-2020/2021 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar uchun tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tabiiy fanlar yo‘nalishidagi variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini bosqichma-bosqich o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytirish choralarini ko‘rish kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan.[1]
Xususan, Yurtimizda Kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Bu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Ushbu konsepsiya xalq ta’limi tizimida kimyo fanini o‘qitishni
rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Bunda:
-ta’lim sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;
-kimyo fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
-kimyo fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish;
-kimyo fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
-kimyo fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish;
-kimyo fanining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan
kimyoviy savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish;
-kimyo fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va
vositalarini keng joriy etish;
-o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda
kimyo fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy
usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
-kimyo fani bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, kundalik
hayotiy jarayonlarda duch kelgan muammolarni hal qilishda foydalana
olishga yo‘naltirish;
-kimyo ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish;
-kimyo fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
-davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarga
asoslangan baholash mezonlarini joriy etish belgilangan.[2]
QuyidagiElementlarning oksidlanish darajasi. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish mavzusini qulay usul asosida o‘qitish metodikasi” mavzusida olib borilgan izlanishlar bu mavzuni ularga mukammal tushunishlari uchun xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling