Fizikadan laboratoriya ishini bajarishda yangi va


Download 435.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.08.2023
Hajmi435.84 Kb.
#1667218
1   2   3   4
Bog'liq
fizikadan-laboratoriya-ishini-bajarishda-yangi-va-noan-anaviy-uslublardan-foydalanish

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Fizikadan laboratoriya bajarish loyihasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan 
quyidagi topshiriqlar tizimi belgilab chiqildi: 
1. 
Dastur, darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, gurux o‘quvchilarining 
umumiy tavsifnomasi bilan tanishish. 
2. 
O‘quvchi faoliyatida laboratoriya ishini bajarishning asosiy vazifalari 
majmuasi: o‘qitish, ta’limiy, tarbyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni 
belgilash. 
3. 
O‘quvchi faoliyatida laboratoriya ishini bajarishning asosiy bosqichlarini 
ketma-ket va izchillikda joylashtirish. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
444 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
4. 
O‘quvchi faoliyatida laboratoriya ishini bajarishning har bir bosqichi 
mazmunini aniqlash. 
5. 
O‘quvchi faoliyatida har bir bosqich uchun interfaol uslublarni
shuningdek, laboratoriya ishini bajarish texnologiyasi va vositalarini tanlash. 
6. 
O‘quvchi faoliyatida laboratoriya ishini bajarishning har bir bosqichi 
uchun yetakchi: umumsinf, kichik guruh va induvidual shaklini tanlash. 
7. 
O‘quvchi faoliyati jarayonida bo‘sh va puxta o‘zlashtiruvchi o‘quvchi 
uchun tabaqalangan laboratoriya ishini tanlash. 
8. 
Tegishli gurux o‘quvchilari uchun vaqt me’yorlariga muvofiq uy vazifasi 
hajmi va mazmunini tanlash. 
Mazkur topshiriqlar tizimining bajarilishida ayrim o‘quvchi laboratoriya ishini 
bajarishning asosiy bosqichlarini ketma-ket va izchil joylashtirishga qiynalgan bo‘lsa, 
ba’zilari laboratoriya ishini bajarishning har bir bosqichidagi asosiy o‘rinlarni ajratib 
berishga, boshqalari esa zamonaviy texnologiyalar va uslublarni tanlashda yoki 
kuchli o‘quvchi uchun tabaqalangan laboratoriya ishlarini tanlashda qiyinchilikka 
duch kelganliklari ta’kidlab o‘tildi. Shu bois pedagogik tajriba-sinov jarayonida 
tajriba guruhlarida laboratoriya ishini bajarish uslublari va texnologiyalarini optimal 
tanlash bo‘yicha trening tashkil etildi. Mazkur treningda respondentlar uchun uslubiy 
qo‘llanma ishlab chiqildi. 
Fizikadan laboratoriya ishini to‘liq bajargan o‘quvchini rag‘batlantirish 
maqsadga muvofiq. Ayrim hollarda muammoli izlanish uslubidan foydalanib
laboratoriya ishini bajarishda o‘quvchi ba’zi qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki 
ayrim o‘quvchida laboratoriya ishini bajarishda o‘yinlar va o‘quv munozaralarni 
tashkil qilish mahorati ham yetarli darajada shakllanmagan.
Darsda laboratoriya ishini bajarish jarayonining 3 ta funksiyasi bajariladi: ta’lim 
berish, tarbiyalash va rivojlantirish. Buni laboratoriya ishini bajarish davomida 
amalga oshirishda interfaol uslublardan foydalanib dars o‘tish yaqindan yordam 
beradi. Bajarilayotgan laboratoriya ishini bajarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchiga 
o‘zaro ta’sir harakati orqali yo‘naltirish, interfaol uslublarni qo‘llash, laboratoriya 
ishini bajarishning asosi bo‘lib, bunda o‘quvchi tayyor bilimlarni bermasdan, balki 
ularni mustaqil izlanishga undaydi. 
Laboratoriya ishini bajarishda interfaol uslublarni qo‘llashda o‘qituvchi 
quyidagilarni bilishi lozim: 
 
interfaol uslublarning mazmun-mohiyatini; 
 
laboratoriya ishini bajarish maqsadini amalga oshirishda interfaol 
uslublarning o‘rni va rolini; 



Download 435.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling