Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish”


Download 172 Kb.
bet1/12
Sana23.12.2022
Hajmi172 Kb.
#1045740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Низомиддинова Gulnoza kurs ishi fao\'m.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi
3-курс 15.309-guruh talabasi
Nizomiddinova Gulnozaning
“Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi”
fanidan
Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish” mavzusidagi


K U R S I SH I


Ilmiy rahbar: Fizika kafedrasi o’qituvchisi: O. Dehqonova


Farg’ona 2018


MUNDARIJA:
Kirish:……………………………………………………………………………..…3
Asosiy qism:…………………………………………………………………….…...8
I bob. FIZIKA O’QITISHDA O’QUV EKSPERIMENTLARINING AHAMIYATI…………………………………………………...……..…..8


    1. Fizika o’qitishda o’quv tajribalarining roli va tutgan o’rni………………..…….8

1.2 O’quv tajribalari sistemasi………………………………………………..…....14
II-bob. LABORATORIYA ISHLARI VA NAMOYISH TAJRIBALARINING AHAMIYATI…………………..………..…….17

    1. Laboratoriya ishlarining ahamiyati va turlari……………………………..……17

    2. Fizika o’qitishda namoyish tajribalarining ahamiyati……………………….....19

III-bob. NAMOYISH TAJRIBALARI TEXNIKASI VA METODIKASI………………………………………………………..…22

    1. Namoyish tajribalarini tanlash va o’quvchilarni tajribani o’zlashtirishga tayyorlash………………………….…………………………………………....22

    2. Ma’ruzada namoyish qilinadigan tajribalarga qo’yiladigan didaktik talablar…25

    3. Namoyish tajribalarini tayyorlash……………….……………………………..29

Xulosa…………………………………………………….……………………...32
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….…………………….33

KIRISH
Jismoniy va ma`naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlari-mizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir !
Shavkat Mirziyoyev
Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob – uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Davlat ta’lim standartlari talabalariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun yangi texnika vositalaridan foydalanish lozim bo`ladi. O`qitiladigan fanlar saviyasi kadrlar saviyasiga juda kata ta’sir etadi. Darhaqiqat, Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat…
Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
O'zbekiston Respublikamizning o'ziga xos taraqqiyot strategiyasi — “o'zbek modeli” mustaqil o'tgan yillar mobaynida biz erishgan barcha muvaffaqiyatlar, keng ko'lamli islohotlar, aholi farovonligini ta'minlash, xalqimiz genofondini sog'lomlashtirish, yuksak ma'naviyatli, har tomonlama barkamol avlodlarni tarbiyalash maqsadimizning asosiy tayanchiga aylandi. Qolaversa, jahonning taraqqiy topgan mamlakatlari qatoridan joy olishdagi sa'y-harakatlarimiz bosh mezoni bo'lib, dunyo jamoatchiligida katta qiziqish hamda zo'r havas uyg'otmoqda. Ma'lumki, har yurtning kuch-qudrati, erishgan muvaffaqiyatlari zamiridagi buyuk mohiyat, avvalo, shu zamin aholisining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, yuksak ma'naviyati bilan o'lchanadi, qadr topadi.1-Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolimizning ilk yillaridanoq yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik bugun biz erishgan barcha yutuq va marralar debochasi, deyish mumkin. Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilindi. Bu jarayon ta'lim sohasi bilan aloqador barcha jabhalarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz bo'yicha xalq ta'limi tizimida 9765 ta maktab, 4962 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari, 299 ta musiqa va san'at maktablari, 445 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 27 ta mehribonlik uylari, 16 ta pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, 5 ta pedagogika institutlari faoliyat ko'rsatmoqda.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste`dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e`tibor berishga bog'liq bo'ladi.
Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha “Harakatlar strategiyasi” ham bu borada istisno bo'lmadi. Unda alohida bo'lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag'ishlangan. U O'zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.
Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o'zi tomonidan belgilab qo'yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo'naltirish va bandligini ta`minlash, ularning tashabbuslarini rag'batlantirish shular jumlasidan.

Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling