10-masala
Bir jinsli og‘ir metall sterjen buklandi va bir uchidan erkin osib qo‘yildi. Agar bukilish burchagi 90o bo‘lsa, sterjenning osilgan uchi vertikal bilan qanday burchak tashkil qiladi? (Javobi: tgα = 1/3).
11-masala
Daryo suvi uning qaysi joyida tez oqadi: suvning sirtqi qismidami yoki ma’lum bir chuqurlikdami; daryoning o‘rtasidami yoki qirg‘oqqa yaqin joyidami? Chuqurda
12-masala
Suv keltirish tarmog‘i teshilib, undan tepaga suv otilib chiqa boshladi. Agar tirqish yuzasi 4 mm2, suvning otilib chiqish balandligi 80 sm bo‘lsa, bir sutkada qancha suv isrof bo‘ladi? (Javobi: 1380 l).
Yechilishi
13-masala
Suv osti kemasi 100 m chuqurlikda suzmoqda. O‘quv mashqi vaqtida unda kichik tirqish ochildi. Agar tirqishning diametri 2 sm bo‘lsa unga suv qanday tezlik bilan kiradi? Tirqish orqali bir soatda qancha suv kiradi? Kema ichidagi bosim atmosfera bosimiga teng. (Javobi: 44,3 m/s; 50 m3).
14. O‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan suv quvuridagi suv sarfi 60 l/min. Agar quvurdan chiqqan suv yuzasi 1,5 sm2 bo‘lsa, 2 m balandlikda suv yuzasi qanchaga teng bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |