Fizikadan masalalar yechish texnologiyalari 1-mavzu. Nuqta kinematikasi, Qattiq jism kinematikasiga doir masalalar yechish
Download 1.49 Mb.
|
Физикадан масалалар ечиш технологиялари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yadro kuchlari
- Atom energiyalarining bog’lanish energiyasi
- Uran yadrosining bo’linishi
- Zanjir yadro reaksiyasi
2-ilova 1. Atom yadrolarining bog’lanish energiyasi deganda nimani tushunasiz? 2. Yadro reaktsiyalari vaqtida energiya chiqishi deganda nimani tushunasiz? 3. Elementar zarralar deb qanday zarralarga aytiladi? 3-ilova Atom yadrolarining umumiy xarakteristikasi Kimyoviy element atomining yadrosi musbat zaryadlangan proton va elektr zaryadga ega bo’lmagan neytronlardan iborat. Proton va neytronlarni nuklonlar deb ataladi. —elementning belgilanishi. X—kimyoviy element simvoli, Z—yadrodagi protonlar soni bo’lib, elementlar davriy sistemasidagi tartib raqamiga teng. Yadroning massa soni yadrodagi protonlar va neytronlar soniga teng: Bu yerda: N—yadrodagi neytronlar soni. Izotoplar Yadrodagi protonlar soni bir xil, neytronlar soni har xil bo’lgan elementlar izotoplar deyiladi. Masalan vodorod gazining odiy, deyteriy, tritiy izotoplari quyidagicha: Yadro kuchlari Yadrodagi protonlar va neytronlar orasidagi kuchlarga yadro kuchlari deyiladi. Yadro kuchlari quyidagi xossalarga ega: a)tortishish xossasiga ega; b)juda qisqa masofada ta’sirlashadi; v)zaryadi bor yo’qligiga qaramaydi ya’ni yadro kuchlari poton-proton, proton-neytron, neytron-neytron orasida bir xil bo’ladi. Atom energiyalarining bog’lanish energiyasi Yadroni alohida nuklonlarga (ya’ni proton va neytronlarga) ajratib yuborish uchun kerak bo’lgan energiyaga bog’lanish energiyasi deyiladi. [J] — bog’lanish energiyasi [kg] — massa defekti Myad—yadro massasi; N—neytronlar soni; Z—protonlar soni; Tomchi modeli teng bo’ladi. Yadro reaksiyalari Atom zarrachalarining bir-biri bilan yoki elementar zarrachalar bilan o’zaro ta’siri natijasida boo’qa yadrolarga aylanishi bilan boradigan reaksiya yadro reaksisi deyiladi. Yadro va zarrachalarning reaksiyadan oldingi va keyingi energiyalari farqiga yadro reaksiyasining energetik farqi deyiladi. Yadro reaksiyalariga misollar:
Uran yadrosining bo’linishi Og’ir yadrolarning neytron yutish yo’li bilan ikki bo’lakka ajraladigan yadro reaksiyasiga yadroning bo’linishi deyiladi (130-rasm). 1939-yilda Gan, Shtrassman, Meytner 1-bor uran 235 ni neytronlar bilan bombardimon qilib amalga oshirgan. —200 MeV energiya ajraladi. 130-rasm Zanjir yadro reaksiyasi Reaksiya borish natijasida yana shunday ketma-ket reaksiyalar sodir bo’lsa, unga zanjir rekasiya deyiladi. Yadro reaktori. Yadroning bo’linish reaksiyasi boshqariladigan qurilmaga yadro reaktori deyiladi. Yadro reaktorining asosiy elementlari quyidagilar: 1) Yadro yoqilg’isi (); 2) Neytronlarni sekinlatgach (og’ir suv, grafit); 3) Issiqlikni tashuvchi (suv, suyuq natriy) 4) Reaksiyani boshqaruvchi qurilma; 5) Himoya (beton, temir qobiq). 4-ilova deyteriy yadrosining bog’lanish energiyasini hisoblang.
[7]dan 134, 136, 138, 140, 142, 144, 146 masalalarni birin ketin yechtiradi 5-ilova Mustaqil ish uchun vazifa: [7]dan. 135, 137, 139, 141, 143, 145, 147, 149, 151, 153 Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling